O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə73/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Nafas chiqarish mexanizmi
Nafas olish paytida nafas muskullari bir qancha kuchlarni: 1) yuqoriga koʼtariladigan koʼkrak qafasining ogʼirligini; 2) qobirgʼa togʼaylarining elastik qarshiligini; 3) diafragma gumbazi pastga tushganda pastga itariladigan qorin devorlarining qarshiligini va qorin boʼshligʼidagi organlar qarshiligini yengadi. Nafas olish fazasi tugab, nafas muskullari boʼshashgach xozirgina aytilgan kuchlar taʼsirida qobirgʼalar pastga toʼshadi va diafragma gumbazi picha koʼtariladi. Shuning natijasida koʼkrak qafasining hajmi kichrayadi. Shunday qilib, nafas chiqarish akti (ekspiratsiya) odatda passiv ravishda, muskullar ishtirokidan tashqari roʼy beradi.
Tez-tez nafas chiqarish paytida boya aytilgan kuchlarga (boʼlar koʼkrak qafasining hajmini kichraytiradi) qobirgʼalararo ichki qiyshiq muskullarning, orqadagi ichki tishli muskullarning va qorin muskullarining qisqarishi qoʼshiladi.
Qovurgʼalararo ichki muskullar qobirgʼalararo tashqi muskullarning tolalariga qarama-qarshi yoʼnalgan, yaʼni oldindan va yuqoridan orqaga va pastga yoʼnalgan tolalardan tuzilgan. Shuning uchun bu muskullar qisqarganda qobirgʼalar pastga toʼshadi.
Qorin muskullari qisqarganda qorin boʼshligʼidagi organlar va diafragma gumbazi yuqoriga koʼtariladi.
Plevra boʼshligʼidagi manfiy bosim
Koʼkrak boʼshligʼidagi manfiy bosimning vujudga kelish mexanizmini oʼzgartirilgan Donders modelida ravshan bilib olish mumkin.
Xayvonning koʼkrak qafasi sigʼadigan shisha idish tanlab va ichiga shu xayvon oʼpkasini oʼrnashtirgach xavosi tortib olinsa, oʼpka idishning deyarli butun hajmini egallaydi. Аyni vaqtda idish devori bilan oʼpka orasidagi yoriqsimon boʼshliq mavjud bosim atmosfera bosimidan picha past boʼladi. Buning sababi shuki, yozilgan elastik oʼpka toʼqimasi siqilishga intiladi. Elastik oʼpka toʼqimasining siqilish kuchi – oʼpka toʼqimasining elastik tortish kuchi – atmosfera bosimiga qarshi taʼsir etadi.
Oʼpkaning elastik tortish kuchi ikki faktordan: 1) al’veolalar devorida bir talay elastik tolalar borligidan; 2) al’veolalar devorining yuza tarangligidan kelib chiqadi.
Oʼpkaning elastik tortish kuchidan 2/3 qismi al’veolalar devorining yuza tarangligiga bogʼliq ekanligini Neyergard 1929-yildayoq koʼrsatib berdi. Oʼpkaning elastik toʼqimasi elastin fermenti bilan parchalangandan soʼng oʼpka oʼzining elastiklik xossalarini saqlab qolishini koʼrsatuvchi yangi maʼlumotlar Neyergard maʼlumotiga mos keladi.
Turli al’veolalarda yuza taranglik kuchlari turlicha boʼlgani uchun, ulardan bir qismi nafas chiqarish paytida boshqa al’veolalarning choʼzilgan xolicha turishi hisobiga bujmayishi, puchayishi mumkin. Biroq al’veolaning ichki yuzasini suvda erimaydigan, yupqa monomolekulyar, surfaktant (surface – yuza, satx degan ingliz soʼzidan olingan) deb atalgan modda qoplaganligi uchun bu xodisa roʼy bermaydi. Surfaktant yuza tarangligi kam boʼlib, al’veolalarning butunlay bujmayishiga tusqinlik qiladi va ularning kattaligini bir xilda saqlab turadi. Yangi tugʼilgan bolalarda surfaktant boʼlmasa oʼpka yozilmay qoladi (atelektaz). Surfaktant al’fa-letsitindir. U al’veolyar epiteliy xujayralarining mitoxondriyalarida hosil boʼladi, deb faraz qilishadi. Аdashgan nervning ikkalasi qirqib tashlangach surfaktant ishlanishi tuxtaydi.
Yangi tugʼilgan bolaning plevra boʼshligʼidagi bosim nafas chiqarish paytida atmosfera bosimiga teng ekanligi va nafas olish paytidagina manfiy boʼlib qolishi shu bosimni oʼlchab aniqlandi.
Plevra boʼshligʼida manfiy bosimning paydo boʼlishiga sabab shuki, yangi tugʼilgan bolaning koʼkrak qafasi oʼpkasiga qaraganda tezroq usadi, shu sababli oʼpka toʼqimasi doim (xatto nafas chiqarish paytida xam) choʼzilib turadi. Plevra boʼshligʼida manfiy bosim hosil boʼlishida plevra varaklarining suruvchanligi xam axamiyatli. Shuning uchun plevra boʼshligʼiga kiritilgan gaz biroz vaqtdan keyin soʼrilib ketadi va plevra boʼshligʼiga yana manfiy bosim vujudga keladi. Shunday qilib, plevra boʼshligʼida manfiy bosimni aktiv ravishda saqlab turuvchi mexanizm bor.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin