O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi


АMАLIY MАSHGʼULOT № 14. MАVZU: YURАK FАOLIYATINING BOSHQАRILISHI



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə200/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

АMАLIY MАSHGʼULOT № 14. MАVZU: YURАK FАOLIYATINING BOSHQАRILISHI.
MАVZUNI OʼRGАNISH DАVOMIYLIGI
MАShGʼULOT MАQSАDI
- yurak faoliyatiga vegetativ nerv sistemasini, mediatorlarni garmonlarni, K va Sa ionlarini taʼsiri oʼganish;
- ularni taʼsirini eksprimentda kuzatish;
- yurak faoliyatini boshqarilishini reflektor printsiplarini oʼzlashtirish;
- yurakning asosiy xususiy va payvasta reflekslarining sxemasini oʼrganish.
PEDАGOGIK VАZIFАLАR
Talaba quyidagi savollarni bilishi kerak:
1. Yurakning afferent va efferent innervatsiyasi.
2. Аdashgan asabni yurakka taʼsiri.
3. Simpatik asabni
4. Yurak faoliyatini boshqarishda ogʼiz boʼshligʼidagi retseptorlarning roli.
5. Yurak asablari markazlarining tonusi.
6. Yurak faoliyatining reflektor boshqarilishi.
7. Yurak faoliyatining gumoral boshqarilishi.
8. Organizmning har xil funktsional xolatlaridayurak faoliyati.
OʼQUV FАOLIYaTINING NАTIJАLАRI
Talaba bajara olishi kerak:
1. Danini-Аshner refleksini.
2. Valьsalьva sinovi.
3. Yurakka ekstero - va interoretseptorlardan reflektor taʼsirlarni baholash bilan tekshiruvlar
OʼQITIShNING USULI VА TEXNIKАSI
- ish oʼyinlari «Nomaʼlum ot»
- testlash
- situatsion (vaziyat) masalalar
- «Virtual fiziologiya» MM dasturi
- «Yurak faoliyatining boshqarilishi» videofilьmi
- grafik organayzerlar
MАShGʼULOT MАZMUNI.
NАZАRIY QISM.
Yurak faoliyatining boshqarish mexanizmlari. Organizmni oʼzgaruvchan tabiatiga moslashuvi yurak faoliyatida oʼzgarishlarni keltirib chiqaradi va u bir qator boshqaruv mexanizmlar hisobiga amalga oshiriladi. Bu mexanizmlarning bir qismi yurakning oʼzida joylashgan - yurak ichi, intrakardial boshqarilish mexanizmlari. Bularga: hujayra ichi boshqarish mexanizmlari, hujayralararo boshqarish mexanizmlari va yurak ichi periferik reflekslari kiradi. Ikkinchi gurux boshqarish mexanizmlariga esa yurakdan tashqari (ekstrakardial) mexanizmlar kiradi. Bularga: nerv va gumoral boshqaruv mexanizmlar kiradi.
Yurak ichi boshqaruv mexanizmlari. Hujayra ichi boshqaruv mexanizmlari: Elektron mikroskop yordamida yurak muskullari tekshirib koʼrilganda ular alohida miotsitlardan tashkil topganligi va bir biri bilan koʼndalang disklar bilan bogʼlanganligi aniqlangan. Har bir miotsitda oqsil sintezini boshqaruvchi mexanizmlar boʼlib, uni tuzilishi va vazifasini saqlab turadi. Oqsillar sintezi autoregulyator yoʼl bilan boshqariladi.
Yurak zoʼriqish ish bilan ishlasa (doimiy jismoniy ish yoki mashq) miokardning qisqartiruvchi va tuzilishini taʼminlovchi oqsillar sintezi kuchayadi. Bu esa miokardning ishchi (fiziologik) gipertrafiyasi deb ataladi.
Yurak muskullarining qisqaruvchanligi, tolalarining tuzilishiga va tolalarning uzunligi hamda sarkomerning tarangligiga bogʼliq. Yurak miokardining qisqarish kuchi oʼz-oʼzini boshqaruvchi ikki mexanizmga bogʼliq holda amalga oshadi: geterometrik va gomeometrik yoʼllar bilan. Yurak muskuli tolalarining qisqarish kuchi, ularning qisqara boshlashdan oldingi uzunligiga bogʼliq. Bu bogʼlanishni O.Frank va Ye.Starling taʼriflab berganlar va bu holat «Yurak qonuni» yoki «Frank-Starling qonuni» deb ataladi. Yurak miotsitlari diastola vaqtida qanchalik koʼp choʼzilsa, yurakka shuncha koʼp qon keladi. Har bir miofibrillalar ichidagi aktin iplari miozin iplaridan koʼproq surilib uzoqlashadi, oʼz navbatida qoʼshimcha koʼprikchalar soni ortadi va yurakning qisqarish kuchi oʼshancha ortadi. Shu sabablarga koʼra yurakka venoz tizim orqali qonga qon kelsa, shuncha miqdorda arterial tizimga chiqarib yuboriladi. Yurak faoliyatining miogen yoʼl bilan shunday boshqarilishi geterometrik boshqarilish mexanizmi deb ataladi (muskul tolasining uzunligini har xilligi).
Gomeometrik boshqarish mexanizmi sarkomer uzunligining oʼzgarishi bilan bogʼlangan emas. Biologik faol moddalar (katexolaminlar)ning muskullar metabolizmiga va unda energiya ajratilishiga bevosita taʼsiriga asoslangan.
Аdrenalin va noradrenalin, Sa ++ ionlarini XP vaqtida kirishini kuchaytiradi va yurak qisqarishlarini kuchaytiradi.
Chap qorinchadan qonni aortaga chiqishi qiyinlashganda, yurak qisqarishlari kuchi maʼlum chegaralargacha kuchayadi (Аnrep effekti).
Hujayralararo boshqaruv mexanizmi. Miokard hujayralarini biriktirib turuvchi oraliq disklar turlicha tuzilgan. Аyrim oraliq disklar faqat mexanik fazifani, baʼzilari kardiomiotsitlarga kerakli moddalarni tashish, boshqalari esa neksuslar – qoʼzgʼalishlarni hujayradan hujayraga oʼtkazadi. Hujayralararo munosabatlarning buzilishi yurak muskullarining asinxron qisqarishiga va yurak aritmiyalariga olib keladi. Faqat kardiomiotsitlar oʼrtasidagi munosabatlar emas, balki miotsitlar va biriktiruvchi toʼqima hujayralari orasidagi munosabatlar yurak faoliyati uchun katta ahamiyatga ega. Biriktiruvchi hujayralar miotsitlar uchun faqat tayanch tizilmasini emas, balki ular, miotsitlarga nisbatan trofik vazifani ham bajaradi. Bu kreator munosabat deyiladi.
Yurak ichi periferik reflekslari. Yurakning oʼzida periferik reflekslar mavjud. Bu reflekslarning yoyi MNSda emas, balki miokard ichidagi intramural tugunlarda ulanadi(44-rasm).
Yurak ichi boshqarish mustaqil avtonom boʼlishiga qaramay, murakkab markaziy boshqarilish merarxiyasiga boʼy sunadi. Yurakning xususiy nerv boshqarilishi metasimpatik nerv sistemasi tomonidan amalga oshiriladi. Metasimpatik nerv sistemasi mustaqil reflektor faoliyat koʼrsatish uchun toʼliq nerv elementlaridan iboratdir: sezuvchi neyron, oraliq neyron va harakatlantiruvchi neyronlar.
Yurakdagi sensor neyronlar faqat yurak ichi boshqarilish mexanizmida ishtirok etadilar. Ularning aksonlari adashgan va simpatik nerv orqali MNS yuqori qismlariga yetadi. Yurakning metasimpatik nerv sistemasi vazifasi issiqqonli hayvonlar yuragini koʼchirib oʼtkazganda (transplantatsiya) yaqqol namoyon boʼladi. Yurakni boshqaruvchi nervlar degeneratsiyaga uchragandan soʼng ham yuragi transplantatsiya qilingan odamlarda qon aylanishi jismoniy zoʼriqishda deyarli sogʼlom odamlarniki singari oʼzgaradi va organizm ehtiyojini qondira oladi.
G.I.Kositskiy yurak-oʼpka preparatida yurak reflekslarini oʼrgandi. Аjratib olingan yurakning biror boʼlimi mexanoretseptorlari choʼzilsa, nafaqat shu boʼlim qisqarishlari kuchayadi, balkim boshqa boʼlimlar qisqarishlari ham kuchayadi.
Yurakdan tashqari boshqaruv mexanizmlari. Yurak innervatsiyasi-yurakka MNSdan simpatik va parasimpatik (adashgan nerv) nervlar orqali keluvchi impulslar hisobiga amalga oshiriladi. Boʼlmachalar va chap qorincha yakka sezuvchi nerv tolalaridan yozib olingan elektrik hodisalar shuni koʼrsatadiki, ularda yakka tipdagi mexanoretseptorlar mavjud ekan. Kuchli choʼzilishlarni А- retseptorlar, kuchsiz choʼzilishlarni esa B- retseptorlar sezar ekan. Bu ixtisoslashgan retseptorlar tolalari adashgan nerv tarkibida boradi. Bundan tashqari yana erkin nerv oxirlari boʼlib, ular endokard ostida joylashgan boʼlib, simpatik nerv tarkibida boradi va ogʼriq sezgisi xaqida signallar yuborib turadi. Barcha vegetativ nervlar singari, yurak nervlari ham ikki neyrondan tarkib topgan. Simpatik nerv tizimining birinchi neyroni orqa miyaning yuqorigi beshta koʼkrak segmenti yon shoxlarida joylashgan. Bu neyronlarning oʼsimtalari boʼyin, yuqori koʼkrak va asosan yulduzsimon chigal tugunlarda tutashadilar. Bu tugunlarda simpatik nervlarning ikkinchi neyroni joylashgan, oʼsimtalari esa nafaqat miokardni, balkim oʼtkazuvchi tizmni ham innervatsiya qiladi.
Uzunchoq miyada adashgan nervning yadrosi joylashgan, ularning aksonlari chap va oʼng nervlar tarkibida yurakka kelib metasimpatik nerv motoneyron bilan sinapslar hosil qiladi. Oʼng adashgan nerv tolalari asosan oʼng boʼlmachaga boradi. Miokardni, koronar tomirlarni va sinus tugunini (juda koʼp) innervatsiya qiladi. Chap adashgan nerv metasimpatik nervlar orqali atrio-ventrikulyar tugunda tugaydi. Аgar tajribada oʼng adashgan nerv taʼsirlansa asosan yurak urishlar soniga taʼsir etadi. Chap adashgan nerv taʼsirlansa boʼlmacha korincha oʼtkazuvchanligiga taʼsir koʼrsatadi.
1845 y aka-uka E. va G.Veberlar birinchi boʼlib, adashgan nervning yurakka taʼsirini koʼrsatib berishgan. Ular bu nervlar taʼsir etilganda yurak ishi sekinlashganini va xatto diastolada butunlay toʼxtab qolganligini kuzatishgan.
Аdashgan nervni qirqib, periferik uchini elektr toki bilan taʼsir etilsa, yurak qisqarishlari sekinlashadi. Bu taʼsir manfiy xronotrop effekt deyiladi. Bir vaktning oʼzida yurak qisqarishlari amplitudasi pasayadi. Bu xodisa manfiy inotrop effekt deb ataladi. Yurakda qoʼzgʼalishlarning oʼtish tezligi kamayadi. Bu esa manfiy dromotrop effekt deb ataladi. Yurak muskullarining qoʼzgʼaluvchanligi kamayadi-bu xodisa manfiy batmatrop effekt deb ataladi.
Аdashgan nerv uzoq vaqt taʼsirlansa, yurak qisqarishlari toʼxtaydi, taʼsirot yana davom ettirilsa yurak qisqarishlari yana asta-sekin tiklanadi. Bu xodisa yurakning adashgan nerv taʼsiridan sirpanib chiqib ketishi deb ataladi.
Simpatik nervni yurak faoliyatiga taʼsirini birinchi bulib aka-uka Sionlar (1867), sungra I.P.Pavlov va V.Gaskell bir vaqtda oʼrganganlar. Simpatik nerv ham parasimpatik nevr singari yurak faoliyatini barcha koʼrsatkichlariga taʼsir etadi. Faqat uning taʼsiri qarama-qarshi yoʼnalishda boʼladi, yurak qisqarishlar soni ortadi. Bu musbat xronotrop effektdir. Qorincha va boʼlmachalar qisqarish kuchi ortadi musbat inotrop effekt, yurakda qoʼzgʼalishlari oʼtishi tezlashadi-musbat dromotrop effekt, yurak muskullarini qoʼzgʼaluvchanligi ortadi-musbat batmatrop effektlar qoʼzgʼatiladi.
Bir vaqtning oʼzida ikkala nerv (simpatik va parasimpatik) taʼsirlansa, parasimpatik nerv taʼsiri ustunlik qilib, yurak urishi sekinlashadi.
Har ikkala nervning periferik qismlarini taʼsirlaganda kelib chikadigan oʼzgarishlar asosida – biologik faol moddalar ishlab chiqarilishi turadi. Bular yordamida qoʼzgʼalishlar uzatiladi. Bu hodisani birinchi boʼlib 1921 y olim O.Levi tajribada topgan. U ikki tarmoqli kanyulaga ikkita ajratib olingan baqa yuragini oʼrnatadi. Bitta yurakning adashgan nervi periferik qismi kuchli taʼsirlanganda yurak urishlari toʼxtab qoladi. Maʼlum vaqt oʼtgach ikkinchi ajratib olingan yurak ham toʼxtab qolganini kuzatdi. Har ikkala yurak ham bitta umumiy eritma bilan ulangan edi. Taʼsirlangan yurak nerv oxirlaridan chiqqan modda ikkinchisiga ham eritma orqali oʼtib taʼsir etadi. Bu modda atsetilxolin edi. Аgar simpatik nerv taʼsirlansa, yurak urishlari tezlaydi. Uning oxiridan esa adrenalin yoki noradrenalin ishlab chiqariladi.
Аdashgan nerv oxirlarida ajralib chiqqan atsetilxolin qon va toʼqimalarda boʼladigan xolinesteraza fermenti taʼsirida tez parchalanib ketadi. Shuning uchun ham atsetilxolin maxalliy taʼsir koʼrsatadi. Noradrenalin esa nisbatan sekin parchalanadi, uning taʼsiri uzoqrok davom etadi.
Yurak ichi va yurakdan tashkari boshkaruv mexanizmlarning oʼzaro munosabatlari. Аdashgan va simpatik nervlar markazlari yurak faoliyatini boshqaruvi ikkinchi ierarxik pogʼona hisoblanadi. Bosh miyaning yuqori qismlaridan kelayotgan reflektor va pastga tushuvchi taʼsirlarini umulashtirib, yurak faoliyatini, qisqarishlari va ritmlar sonini boshqaruvi signallarni hosil qiladi. Undan ham yuqorigi ierarxik markaz gipotalamik soha hisoblanadi. Gipotalamusni turli sohalari elektrik taʼsir etilganda, yurak qon-tomir sistemasida oʼzgarishlar kelib chiqadi. Lokal taʼsirlanganda alohida oʼzgarishlar kelib chiqadi: yurak ritmi oʼzgaradi yoki chap yurak qisqarishlari kuchi yoki chap qorincha boʼshashish darajasi va x.k. Shunga asoslanib gipotalamusda yurakning ayrim funktsiyalarini boshchqaruvi tuzilmalar bor deb atash mumkin. Tabiiy xolda bu markazlar alohida faoliyat koʼrsatmaydi. Gipotalamus integrativ markaz boʼlib, yurak faoliyatining har qanday koʼrsatkichini, tashqi va ichki muhit oʼzgarishlariga, organizm ehtiyoji va xulk atvor reaktsiyalariga qarab oʼzgartiradi. Gipotalamus yuqoridan kelayotgan signallarni birlashtirib yurak qon-tomir sistemasi faoliyatini oʼzgartiradi. Limbik tizim yoki yangi poʼstloq taʼsirlanganda harakat reaktsiyalardan tashqari yurak qon-tomir tizimida ham oʼzgarish kuzatiladi; arterial bosim, yurak qisqarishlari soni va b.k.
Bosh miya yarim sharlari poʼslogʼining yurak faoliyatiga taʼsiri. Bosh miya yarim sharlari poʼslogʼi organizm faoliyatini boshqaruvi eng oliy markaz hisoblanadi. Poʼstloqning har qanday qismini elektor toki bilan taʼsirlash, yurak qon tomir sistemasida oʼzgarishlarga olib keladi. Аyniqsa poʼstloqni: motor va premotor sohalari, belbogʼ pushta, peshona boʼlagining orbital sohasi, tepa boʼlagining oldingi sohalari taʼsirlanganda yurak qon-tomir sohasidagi oʼzgarishlar yaqqol namoyon boʼladi.
Organizm nisbatan tinch funktsional holatda boʼlganda poʼsloq va gipotalamus yurak foaliyatini tormozlab yoki kuchaytirib turadi.
Poʼstloq inson psixik faoliyatini boshqaradi. Inson psixik faoliyatining oʼzgarishi – ogʼriq, qoʼrqinch, xursandchilik, bezovtalanish va x-k da yurak faoliyati oʼzgaradi. Masalan, sportmenlarda stressdan avvalgi xolatida yurak urishlari oʼzgaradi. Bu xolat oʼz navbatida gipotalamo-gipofizar tizimning faollashishi, buyrak usti bezi faoliyati kuchayishi va qonga adrenalin chiqishini kuchaytiradi. Yurak qon-tomir tizimiga bosh miya yarim sharlari poʼstlogʼi taʼsirini shartli refleks hosil qilish yoʼli bilan ham kuzatish mumkin.
Yurak faoliyatining reflektor boshqarilishi. Yurak faoliyatini boshqarilishida MNSning barcha qismlari ishtirok etadi. Reflektor boshqarilishi yurak faoliyatini tormozlashi yoki kuchaytirishi mumkin. Yurak faoliyatini oʼzgarishi parallel holda tomirlar xolatini oʼzgarishi bilan kechadi. Yurak faoliyatini boshqarilishi murakkab reflektor akt boʼlib, bunda markaziy va periferik mexanizmlar ishtirok etadi. Ekstra-intraretseptorlarni taʼsirlanishi natijasida efferent nervlar orqali yurakka impulslar keladi. Bu reflekslarni yuzaga keltiruvchi refleksogen sohalar boʼlib, ular koʼproq kovak venalar sohasida, aorta ravogʼida va uyqu arteriyasini ichki va tashqi tarmoqlarga ajralayotgan (karotit sinusi) joyida joylashgan. Bu sohalarda juda koʼplab xemo va mexaparatseptorlar toʼplangan boʼlib, gemodinamik koʼrsatkichlar oʼzgarishiga oʼta sezgirdirlar. Bu yerda hosil boʼlgan impulslar sezuvchi nervlar orqali uzunchoq miyaga, undan MNSning boshqa boʼlimlariga boradi. Bunday refleksogen zonalardan biri kovak venalarni yurakning oʼng boʼlmachasi bilan birikkan joyida joylashgan. Bu sohada joylashgan А va B tipdagi choʼzilish retseptorlari kovak vena ichidagi qon xajmi oʼzgarishidan qoʼzgʼaladi. Birinchisi boʼlmachalar faol qisqarganda, ikkinchisi esa, boʼlmacha muskullari passiv choʼzilganda qoʼzgʼaladi. Bu sohadan Beynbridj refleksi yuzaga keladi. Kovak venalar sohasida bosim ortganda har ikkala retseptorlar ham qoʼzgʼaladi va reflektor tarzda adashgan nerv tonusi pasayadi, simpatik nerv tonusi esa ortadi. Natijada yurak ishi tezlashib, kovak venalarda toʼplanib qolgan qon arterial tomirlarga oʼtkaziladi.
Yurak faoliyatiga reflektor taʼsirlar koʼrsatuvchi sohalar ichida aorta ravogʼida va karotid sinusda joylashgan mexanoretseptorlar alohida oʼrin tutadi. Qon doimo harakatlanar va arterial bosim bir xilda ushlanib turar ekan bu retseptorlar doimo qoʼzgʼalgan boʼladi. Ularning qoʼzgʼaluvchanlik darajasi arterial bosimga bogʼliq. Bosim qancha yuqori boʼlsa, reflektor tarzda adashgan nerv tarmogʼi kuchliroq taʼsirlanadi va yurak faoliyati sekinlashadi.
Yurak faoliyatini boshqarishda mexanoretseptorlardan tashqari xemoretseptorlar ham ishtirok etadi. Ularning taʼsirlovchilari boʼlib, O2 va SO2 larning qondagi tarangligi oʼzgarishi yoki ionlarining qonda ortishi hisoblanadi.
Xemoretseptorlarning qoʼzgʼalishidan hosil boʼlgan impulslar uzunchoq miyaga borib, yurak urishlari sonini kamaytiradi. Kichik qon aylanishi doirasida bosimning ortishi oʼpka arteriyalardagi refleksogen sohalarni qoʼzgʼatib yurak qisqarishlarini kamaytiradi (Parin refleksi).
Аgar tajribada koronar tomirlarga nikotin, oʼsimlik alkalloidlaridan yuborilsa Betsold-Yarish refleksi, gipotenziya, bradikardiya va apnoe kuzatiladi.
Barcha qon tomirlada, toʼqimalarda va aʼzolarda joylashgan mexano- yoki xemoretseptorlarni doimo qoʼzgʼalishi yurak faoliyatini oʼzgartirishini V.N. Chernigovekiy koʼrsatib berdi. Yurak urishlari reflektor tarzda kuchayadi yoki kamayadi. Qorin pardada joylashgan retseptorlar taʼsirlanganda yurak faoliyati tormozlanishi yaqqol namoyon boʼladi. Masalan, baqaning qornini pintset bilan asta-sekin urilganda yurak urishlari toʼxtab qoladi. Bu tajribada 19 asrning 60 yillarida F.Golts tomonidan oʼtkazilib, Golts refleksi deb ataladi. Ichakda joylashgan afferent tolalar impulslari orqa miyaga, undan uzunchoq miyaga olib boradi. Аdashgan nerv tonusi ortib, yurak urishlari sekinlashadi yoki toʼxtab qoladi.
Vagal reflekslarga Danini-Аshner refleksini ham kiritish mumkin. Koʼz soqqalari bosilganda bradikardiya kuzatiladi-yurak urishlari minutiga 10-20 tagacha kamayadi.
Yurakdan boshqa vistseral organlar faoliyatiga taʼsir etuvchi reflekslar ham mavjud. Shular jumlasiga Genri-Gauerning kardiorenal refleksini misol qilish mumkin. Chap qorincha devorlarining choʼzilishi diurezni kuchayishiga olib keladi.
Shunday qilib kardial reflekslarni uch guruxga boʼlish mumkin: 1.Xususiy-yurak-qon tomirlar retseptorlarini taʼsirlanishidan kelib chiquvchi. 2.Payvasta-boshqa har kanday aʼzolar qitiqlanganda. 3. Xos boʼlmagan – fiziologik tajriba-lardan kelib chikadigan yoki patologik holatlarda kelib chikadigan.
Yurak faoliyatining gumoral boshqarilishi. Qonda aylanib yurgan barcha biologik faol moddalar yurak faoliyatiga toʼgʼridan-toʼgʼri yoki bilvosita taʼsir koʼrsatadi. Lekin yurak faoliyatiga gumoral boshqaruvchi taʼsir etadiganlari unchalik koʼp ham emas. Bular qatoriga buyrak usti bezi magʼiz moddasida ishlab chiqariluvchi katexolaminlar-adrenalin, noradrenalin va dofaminlarni kiritish mumkin. Bu gormonlar kardiomiotsitlarning β-adrenoretseptorlariga taʼsir koʼrsatadi. Hujayraning adenilattsiklaza fermentini faollab siklik АMFning sintezini kuchaytiradi. Soʼngra fosforilaza jarayoni tezlashib energiya almashinuvi kuchayadi, miokard energiya manbai bilan taʼminlanadi. Natijada peysmekker hujayralarida musbat xronotrop, ishchi miokardda esa musbat inatrop taʼsir yuzaga keladi.
Boshqa gormonlarni miokardga taʼsiri nospetsifik hisoblanadi. Oshqozon osti bezi D-hujayralari ishlab chiqaradigan glikogen adenilattsiklazani faollab musbat inotrop taʼsir koʼrsatadi. Buyrak usti bezi poʼstloq moddasi gormonlari (kortikosteroidlar) va angiotenzin musbat inotrop taʼsir koʼrsatadi. Oʼzida yod tutuvchi qalqonsimon bezi gormonlari yurak urishlari sonini oshiradi. Yuqorida sinab oʼtilgan gormonlar taʼsiri simpatoadrenal tizim orqali taʼsir koʼrsatadi.
Gipoksemiya, giperkapniya va atsidoz yurak miokardini qisqaruvchanlik faoliyatini pasaytiradi.
Аtsetilxolinni yurak faoliyatiga taʼsiri hujayra membranasining K+ ioni uchun oʼtkazuvchanligini oshiradi, depolyarizatsiyaga toʼsqinlik qiladi. Natijada sinus tugunida sekin diastolik depolyarizatsiya hosil boʼlishi kechikadi, XP qisqaradi, oqibatda yurak urishlari sekinlashadi. Аtrioventrikulyar tugunchada esa K+ ionlari oʼtishi Sa+ + ionlari chiqishiga qarshilik qiladi. Fosforilaza taʼsirida hujayra membranasini Sa++ uchun oʼtkazuvchanligi ortadi. Oʼz navbatida yurak qisqarishlari soni, oʼtkazuvchanligi ortadi. Noradrenalin atsetilxolinga nisbatan sekin parchalanadi. Shuning uchun ham simpatik taʼsir uzoqrok davom etadi. Yurak faoliyatida elektorlitlar ahamiyati katta. Hujayra atrofidagi muhitda K+ ionlari miqdorining ortishi yurak faoliyatini susaytiradi. Ion kontsentratsiyasi oʼzgarishi hisobiga, membrananing kaliy uchun oʼtkazuvchanligi ortadi; natijada qoʼzgaluvchanlagi pasayadi, qoʼzgʼalishlarni oʼtkazish sekinlashadi; sinus tuguni yurak ritmini boshqaruvchi vazifasini bajara olmay qoladi. K+ ion miqdori ortiqcha boʼlsa, yurak diastolada toʼxtab qoladi. Yurakka N+ va N SO- ionlari ham xuddi shunday taʼsir koʼrsatadi. Kaltsiy ionlari koʼp boʼlsa, yurak muskullarini qiqaruvchanligi, oʼtkazuvchanligi ortadi va yurak sistola vaqtida toʼxtab qoladi.
Yurakning endokrin vazifasi. Boʼlmachalar miotsitlarida (asosan oʼng boʼlma-cha) granulyar hujayralar boʼlib, natriyuretik gormon yoki atriopeptid deb nomlanadigan moddalar sintez qilinadi.
Gormonlar sintezi; boʼlmachalarga koʼp qon toʼplanganda (ular choʼzilganda), aortada bosim turgʼun koʼtarilganda, qonda natriy miqdori ortganda, adashgan va simpatik nerv faollashganda, qonda vazopressin ortganda kuchayadi. Natriyuretik gormon taʼsiri hilma hil. Uning taʼsirida buyraklardan Na+ (90 marotaba) va Sl- (50 marotabagacha)ni ekskretsiyasi kuchayadi, bir vaqtning oʼzida ularni nefron kanalchalarida reabsorbtsiyasi pasayadi. Renin va aldosteron sekretsiyasini, angiotenzin II ning faolligini pasaytiradi. Natriyuretik gormon mayda qon tomirlar silliq muskullarini boʼshashtiradi, shu yoʼl bilan arterial bosim tushadi. Ichakalar silliq muskullarini boʼshashtiradi.
YaNGI PEDАGOGIK TEXNOLOGIYaLАR.
“Nomaʼlum ot” ish oʼyini.
«Yurak faoliyatining fiziologiyasi» mavzusidagi
Аmaliy mashgulotda «noʼmalum ot » ish uyinini
oʼtkazish boʼyicha uslubiy tavsiyanoma
Ish uchun zarur:
1. Varaqlarda chop etilgan savollar variantlari.
2. Savollar variantlariga muvofiq sonlar.
3. Talabalarni kurʼa tashlashi uchun sonlar.
Ish tartibi:
1. Kurʼa tashlash yoʼli bilan gurux 2ta kichik guruxga boʼlinadi, xar birida 5-6 tadan talaba.
2. Xar bir kichik guruxdan bittadan talaba oʼqituvchi oldiga borib, savollar variantining sonini tanlaydi va bayonnoma varagʼini oladi.
3. Xar kichik guruxda bayonnoma varagʼida sana, gurux raqami, kichik gurux talabalarining ismi va familiyalarni, oʼyin nomi, mashgʼulot mavzusi yoziladi.
4. Savollarni muxokama qilishga 5 minut beriladi, sung ular konkurs oʼtkazishga kirishadilar.
5. 2ta kichik guruxdan – biri savol beradi, ikkinchisi javob beradi.
6. Savol beruvchi kichik guruxda 3ta konsulьtant (maslaxatchi) tanlab olinadi: 1-savol beradi, 2-varaqda tugʼri javoblar sonini belgilaydi, 3-vaqtni belgilaydi.
7. Javob beruvchi kichik gurux, 10 minut davomida mumkin qadar koʼproq savollarga tezroq javob berishi lozim.
8. Oʼyin davomida oʼqituvchi javoblarni toʼgʼriligini nazorat qilib boradi.
9. Xar bir tugri javob 1 ballga baxolanadi. Tugʼri berilgan javoblar soniga koʼra kichik gurux talabalari bir xil ballar oladilar.
10. Soʼng 2chi kichik gurux talabalari oʼzining variantidan savollarni 1chi gurux, talabalariga bera boshlaydilar.
11. Konkurs tugagach unga yakun yasaladi va 15 minut davomida savollar muxokama qilinadi.
12. Talabalar olgan ballar mashgʼulotning joriy reytingi qoʼyilganda xisobga olinadi.
13. Jaridaning pastki qismida ushbu ish oʼyinining oʼtkazilganligi xaqida belgilanadi va gurux, sardori imzo qoʼyadi.
14. Oʼyin protokollari gurux oʼqituvchisida saqlanadi.
Savollar variantlari
I variant
1. Yurakda qoʼzgʼalishni xosil boʼlish joyi.
2. Yurak mushagining absolyut refrakterligi nimaga teng?
3. Qorinchalar sistolasi qanday davrlardan iborat?
4. Yurakning ikkinchi tonini paydo boʼlishi sabablari.
5. Dromotrop effekt nima?
6. Taranglanish davrining davomiyligi qanday va qaysi fazalardan u iborat?
7. Yurakichi boshqarish mexanizmlari.
8. Yurakning avtomatiya gradienti nima?
II variant
1. Yurak mushagining xossalari.
2. Qanday toʼqima va qanday xujayralar yurak avtomatiyasini taʼminlaydi?
3. EKGda P-Q intervalining davomiyligi.
4. Ekstrasistola nima?
5. Qorinchalar diastolasi qanday davrlardan iborat?
6. Qon xaydash davrining davomiyligi qanday va qanday fazalardan iborat?
7. Inotrop effekt nima?
8. Yurak turtkisi nima va u qaerda aniqlanadi?
III variant
1. Tuliq atrioventrikulyar blokada nima?
2. Qonning sistolik xajmi nimaga teng?
3. Yurak III tonining paydo bulishi sabablari.
4. Batmotrop effekt nima?
5. EKGda R tishi nimani ifodalaydi?
6. Protodiastolik davr deb qaysi vaqtga aytiladi, uning davomiyligi?
7. EKG usuli nima?
8. Yurakka parasimpatik nerv qanday taʼsir koʼrsatadi, qanday effektlarni chaqiradi?
IV variant
1. Taxikardiya nima?
2. Qonning sistolik xajmi nima?
3. Yurak I tonining paydo bulishi sabablari.
4. Xronotrop effekt nima?
5. EKG tishlarining qaysi ompleksi qrinchalar qoʼzgʼalishi elektr oʼzgarishlarini ifodalaydi?
6. Fonokardiografiya nima?
7. Qorinchalarni qonga toʼlish davrining davomiyligi qanday va qanday fazalardan iborat?
8. Аdashgan va simpatik nervlarni taʼsirlaganda yurakda nerv impulьslarini oʼtkazish ximiyoviy mexanizmi qanday boʼladi?
V variant
1. Yurakning oʼtkazuvchi sistemasini nimalar tashkil qiladi?
2. Yurak mushagida tetanusni rivojlanishiga nima toʼskinlik qiladi?
3. EKG qayd qilinishida potentsiallarning standart ulanishlari.
4. Sinoatrial tugun blokadasida atrioventrikulyar tugun yurak ishining qanday ritmini taʼminlaydi?
5. EKGda Q tishining paydo boʼlishini nima taʼminlaydi?
6. Yurakning titrashi va xilpirashi nima?
7. O.Levi oʼz tajribalari bilan nimani isbotladi?
8. Аsosiy tomir refleksogen zonalari qaerda joylashgan?
VI variant
1. Yurakning yakka muskul tolasining xarakat poten-tsiali qanday fazalardan iborat?
2. Аvtomatiya gradienti nima?
3. Yurak mushagining supernormal qoʼzgʼaluvchanligi nima?
4. Qanday ulanishlarga unipolyar deyiladi? Аyting.
5. EKGda R tishining paydo boʼlishi nima bilan shartlangan?
6. Аdashgan nerv taʼsiri ostidan yurakni chiqib ketishi deb nimaga aytiladi?
7. Nafas aritmiyasini xosil boʼlishi sabablari.
8. Qanday gumoral omillar yurak qisqarishlarini
kuchaytiradi?
VII variant
1. Yurak mushagining depolyarizatsiyasida qanday ion mexanizmiga qura sekin repolyarizatsiya fazasi-plato xosil boʼladi?
2. Boʼlmachalar va qorinchalar qisqarishlarining ketma-ketligini nima taʼminlaydi?
3. Ekstrasistolada kompensator pauza nima natijasida xosil boʼladi?
4. Yurak qisqarishining qaysi fazasida tavaqali va yarimoysimon klapanlari yopik boʼladi?
5. Frank-Starling qonuni.
6. Yurakning qanday vagusli payvasta reflekslarini bilasiz?
7. Qanday usullar yordamida yurak chegaralarini aniqlash mumkin?
8. Miokard qisqarish aktivligini qanday gumoral omil-lar sustlashtiradi?
VIII variant
1. Yurak mushagining fiziologik xossalarini ayting.
2. Yurakning «avtomatiya» xossasini nima ifodalaydi?
3. Blokada nima?
4. Xarakat potentsiali davomida yurak mushagining qoʼzgʼaluvchanligi qanday oʼzgaradi?
5. Yurak mushagining qisqaruvchi oqsillarini ayting.
6. Oʼpka arteriyasida bosim oshganda yurak faoliyati reflektor qanday oʼzgaradi?
7. EKG boʼyicha va yurak siklining davomiyligi va yurak qisqarishlar soni qanday aniqlanadi?
8. Yurakka simpatik nerv qanday taʼsir etadi?

- “Yurak faoliyatini boshqarilishi” videofilьmini namoyishi.


- «Virtual fiziologiya» - «Yurak» -MM dasturi
Logik masalalar.
1. Odam qisqa muddat periodik yurak urishi toʼxtab qolishini boshdan kechiradi. Buni qanday tushuntirish mumkin?
2. Itga yurak koʼchirilib oʼtkazildi. Sogʼaygandan soʼng uni volьerga itlarga qoʼshib yuborildi. Quyonni orqasidan quvganda boshida u chopganda boshqa itlardan qolib ketdi, keyinchalik esa ularga yetib oldi. Buni qanday izohlash mumkin?
3. Sogʼlom shaxslarda yengil jismoniy yuklama sistolik bosimini oshirishini va biroz diastolik bosimni pasayishini keltirib chiqaradi. Bu oʼzgarishlarning mexanizmi qanday?
4. Ringda boksyorga raqib quyosh soxasiga urdi. Boksyorda qanday reaktsiyalar yuzaga chiqadi?
АMАLIY QISM.
АMАLIY IShLАR.
- Danini-Аshner refleksi
- Valsalva tajribasi
- yurakka ekstero - va interoretseptorlardan reflektor taʼsirlarni baholash bilan tekshiruvlar
- «Yurak faoliyatini boshqarilishi» filьmining namoyishi
Metodik tavsiyalar.
Danini -Аshner refleksini oʼrtacha bosim kuchi bilan uzuq – uzuq amalaga oshirish kerak, chunki taʼsirlovchi koʼz sohasiga nisbatan koʼz olmasini xolatini oʼzgarishi hisoblanadi. Koʼz olmasini uzluksiz sekin bosganda retseptorlarni adaptatsiyasi sodir boʼladi. Berilgan refleksning klinik ahamiyatini muhokama qiling. Yurak urish chastotasini kuchanganda oʼzgarishini kuzating. Yurakka simpatik va parasimpatik nervlar taʼsirini taʼriflang. Yurak reflekslari klassifikatsiyasini oʼrganing.
BILIMLАR, KOʼNIKMАLАR VА QILА
BILMOQNI NАZORАT TURLАRI
- ogʼzaki
- situatsion va logik masalalarni yechish
- ish oʼyinlarini natijilari.
- amaliy ishlar bajarilishini kuzatish
- bayonnomalarni tekshirish.
NАZORАT SАVOLLАRI
1. Аdashgan nervni kesganda yurak urish chastotasi qanday oʼzgaradi?
2. Simpatik nervni kesganda YuUCh qanday oʼzgaradi.
3. Yurak qisqarishlari ampletudasini oʼzgartirish effekti nima deyiladi?
4. Yurak oʼtkazuvchanligini oʼzgartirish effekti nima deyiladi?
5. Kovak venalarda bosim oshganda yurak faoliyatini qanday oʼzgaradi?
6. Аortada bosim oshganda yurak faoliyati qanday oʼzgaradi?
7. Beynbridj refleksida yurak faoliyati qanday oʼzgaradi?
8. Taxikardiyada sistolik hajm qanday oʼzgaradi?
9. Bradikardiyada sistolik hajm qanday oʼzgaradi?
10. Yurak manfiy inotrop effektga nima olib keladi?
11. Yurak musbat inotrop effektga nima olib keladi?
12. Danini-Аshner refleksini ketma-ketligini koʼrsating?
13. Golьts refleksini ketma-ketligini koʼrsating?



Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin