MАVZU: QON АYLАNISH TIZIMINI TEKSHIRISH USULLАRI VENАLАRDА QONNING HАRАKАTI. MАVZUNI OʼRGАNISH DАVOMIYLIGI MАShGʼULOT MАQSАDI:
- kapilyarlar boʼylab qon harakati asosiy qonuniyatlarini va qon bilan toʼqima orasidagi modda almashinuvi mexanizmlarining asosiy printsiplarini oʼzlashtirish;
- mikro va makrotsirqoʼlyatsiyani nisbatini tushunish, mikroskop tagida baqani har xil tomirlarida qon harakati xarekterini solishtirish;
- teri termometriyasiga asoslanib yuza arteriyalar tonusini baholash usuli bilan tanishish;
- odamda pletizmografiya va flebogʼrafiya usuli printsiplarini oʼzlashtirish;
- venalarda qon oqimiga taʼsir qiluvchi faktorlarni muhoqama qilish;
- klapan apparatining ahamiyatini tajribada kuzatish.
PEDАGOGIK VАZIFАLАR
Maqsadlar:
Talaba quyidagi savollarni bilishi kerak:
1. Kapilyarlardagi qon oqimi va uning oʼiga hosligini qon orasida va toʼqima orasida modda almashinuvining mexanizmlarini asosiy printsiplari.
2. Venalarda qon harakatini taʼminlovchi faktorlar.
3. Venoz bosim, uni oʼlchash usullari.
4. Vena pulьsi va uni taʼminlovchi faktorlar.
5. Qon depolari va ularning ahamiyati.
6. Limfaning funktsiyalari.
OʼQUV FАOLIYaTINING NАTIJАLАRI
Talaba bajara olishi kerak:
1. Odamda venoz bosimni oʼlchash.
2. Venalardagi klapanlar ahamiyatini kuzatishni.
3. Odam tirnogʼida kapilyaroskopiyani.
5. Korotkov usulida АB oʼlchash (Biopac), (MM foydalanish)
6. Venalarda qonning xarakati, venalar klapanlarining rolini kuzatish (MM foydalanish)
OʼQITIShNING USULI VА TEXNIKАSI
- Biopac apparatida kompьyuter xonasida analiz qilinishi bilan ishlash
- «Virtual fiziologiya» MM dasturi
- «Аmaliyot fiziologiya»MM dasturi
- «Аrterial bosim» videofilьmi
MАShGʼULOT MАZMUNI.
NАZАRIY QISM.
Mikrotsirqoʼlyatsiya. Kapillyarlar eng koʼp va eng yupqa qon tomirlar hisoblanadi Ular hujayralararo boʼshliqda joylashgan. Ularning diametri 4,5 dan 30 mkm gacha, uzunligi esa 0,5-1,1 mm gacha boʼladi. Turli toʼqimalarda ularning soni bir hil emas. Moddalar almashinuvi yuqori boʼlgan aʼzolarda moddalar almashinuvi past aʼzolarga nisbatan ularning soni 1m2 ga nisbatan olganda koʼp. Masalan yurak musqoʼllarida skelet musqoʼllariga nisbatan ikki barobar koʼp. Bosh miya qoʼlrang moddasida oq moddasiga nisbatan koʼp.
Kapilyarllarning umumiy soni odamda 10 mld, umumiy uzunligi esa 100000 km ga teng. Bu esa yer sharini ekvator boʼylab 3 marotaba aylanib chiqish uchun yetarli.
Ikki turdagi ishlovchi kapillyarlar tafovoʼt qilinadi. Magistral kapillyarlar arteriola va venulalar orasida qisqa toʼtashgan. Boshqalari kapillyarlar turi birinchilaridan yon shoxlar oladi (yon shox kapillyarlar) va venulalarda tugʼaydi.
Funktsional jixatdan esa uch tipdagi kapillyarlar farqlanadi: somatik, vistseral va sinusoid.
Somatik kapillyarlar devorlari endoteliy va bazal qavatlari uzluksiz joylashgan. Ular yirik oqsil moleqoʼlalarini oʼtkazmaydi. Suv va unda erigan mineral moddalarni oson oʼtkazadi. Bu tipdagi kapillyarlar: terida, skelet va silliq musqoʼllarda bosh miya yarim sharlarining poʼstlogʼida uchraydi.
Vistseral tipdagi kapillyarlar devorida «darchalari» boʼlib, shira chiqaruvchi va koʼp miqdorda suv va unda erigan moddalarni soʼruvchi yoki makromoleqoʼlalarni tez transport qiluvchi (buyrak, hazm kanali, endoqrin bezlar) aʼzolarda boʼladi.
Sinusoid tipidagi kapillyarlar: boʼshligʼining kattaligi, endotelial qavatning uzunlikligi, qisman bazal qavatini yoʼq boʼlishi bilan farqlanadi. Bu kapillyarlar suyaq koʼmigi, jigar, taloqda koʼp. Ularning devorlari orqali mikromoleqoʼlalar va shaklli elementlar oson oʼtadi.
Kapillyarlarning asosiy vazifasi transkapillyar almashinuv jarayonlarini amalga oshirish, hujayralarni plastik va energetik maxsulotlar bilan taʼminlash va metabolizm mahsulotlarini chiqarib tashlashdan iborat. Bu jarayonlarni amalga oshirish uchun baʼzi sharoitlar: kapillyarlarda qon oqish tezligi, gidrostatik va onkotik bosim kattaligi, kapillyarlar devorining oʼtkazuvchanligi, toʼqimani xajm birligida perfuziyalanishi, kapillyarlar miqdori.
Bir sutka davomida kapillyarlar toʼri orqali 8000-9000 l qon oʼtadi. Undan kapillyarlar devorlari orqali 20 l suyuqlik filtrlanadi, 18 l esa qayta qonga soʼriladi. Limfa tomirlari orqali 2 l suyuqlik oqib oʼtadi.
Kapillyarlarning xayotiy protsesslardagi axamiyati shuki, qon va toʼqimalar orasida modda almashinuvi kapillyarlar devori orqali sodir boʼladi. Kapillyarlar devori faqat bir qavat endoteliy xujayralaridan iborat, qondagi erigan moddalar shu xujayralar orqali diffuziyalanadi. Qon aylanish katta doirasidagi jami kapillyarlar bir necha milliarddan oshadi, shuning uchun kapillyarlar soxasida qon yoʼli ancha kengaygandir.
Ishlab turgan barcha kapillyarlar koʼndalang kesimining yigindisi aorta koʼndalang kesimidan 600-800 baravar ortik. Kapillyarlarda qon oqish tezligi aortada qon oqish tezligidan 600-800 baravar kam boʼlib, 0,3-0,5 mm/sek ni tashkil qilishi xam shuni koʼrsatadi. Eritrotsitlarning kapillyarlarda siljishini bevosita mikroskopda kuzatib, bu tezlikni oʼlchash mumkin.
Xar bir ayrim kapillyarning buyi 0,3-0,7 mm, diametri taxminan 8 mk.
Xisoblarga koʼra, musqoʼl kapillyarlaridagi 1 ml qon kapillyar endoteliy-sining 0,5 m2 yuzasiga tegib oʼtadi. Qon kapillyarning yupka devoriga tegib turadigan yuza shunday katta boʼlganidan bu yerda sodir boʼluvchi modda almashinuviga, jumladan qon bilan toʼqima orasidagi gaz almashinuviga yordam beradi.
Kapillyarlardagi qon bosimi bevosita oʼlchangan: binoqulyar lupa bilan kuzatib turib, kapillyardagi qon oqimiga tesqari yoʼnalishda ingichka kanyulya kiritib, uni fiziologik eritma toʼldirilgan byuretkaga ulashgan. Byuretkadagi bosimni istagancha oʼzgartirish va oʼlchash mumkin. Kanyulyaga kirgan eritrotsit kapillyar tomonga kanyulya tomonga xam siljimay, bir joyda turgan takdirda byuretkadagi bosim kapillyardagi bosimga teng boʼladi.
Yurak bilan bir xil balandlikda turgan kapillyardagi bosim uning arterial oxirida taxminan 25-30 mm, venoz oxirida esa 8-12 mm.
Kapillyarlar bilan toʼqimaaro suyuqliklar orasidagi eritmalar
almashinuvining mexanizmlari
Аlmashinuv mexanizmlarida ikki tomonlama diffuziya mexanizmi juda muxim rolni bajaradi. Kapillyarlardan va kapillyarlarga kiradigan moleqoʼlalar soni taxminan deyarli bir xil. Diffuziya tezligi organizmning umumiy almashinuv yuzasidan 60 l/minoʼtiga yaqin, yoki 85.000 l. 1 sutkada.
Kapillyarlar devoridan mayda moleqoʼlalar, O2 va SO2 erkin oʼtadilar. Katta moleqoʼlalar penatsitoz orqali oʼtadilar. Аlmashinuvni taʼminlaydigan II mexanizm nazariyasiga binoan kapillyar arterial tomonidan filьtrlangan reabsorbtsiyalangan suyuqliklar xajmi orasida dinamik muvozanat saqlanadi. Bu muvozanat buzilganda tomirlar ichidagi suyuqlik xajmi bilan xujayralararo suyuqliklar xajmi qaytadan taqsimlanadi. Bu xolat yurak va qon tomirlar sistemasi funktsiyalariga taʼsir etishi mumkin.
Kapillyarlarda filьtratsiya va reabsorbtsiya tezligini intensivligi koʼyidagi parametrlarga bogʼlik.
1. Kapillyarlardagi gidrostatik bosimga Rgk
2. Toʼqimalarni gidrostatik bosimiga Rgt
3. Kapillyarlarda plazmaning onkotik bosimiga Roq
4. Toʼqima suyuqligini onkotik bosimiga Rot
RGK va ROT taʼsirida suyuqlik kapillyarlardan toʼqimaga chiqadi.
RGT ROQ taʼsirida suyuqlik toʼqimalardan kapillyarlarga kiradi venoz tomonda.
Shunday qilib 11 filьtrlangan suyuqlikni mikdorini koʼyidagi formula orqali aniklash mumkin.
V=(RGK + ROT – RGT – ROQ) . K
Аgarda V musbat boʼlsa filьtratsiya xodisasi ruy beradi, agarda manfiy boʼlsa – reabsorbtsiya. Filьtratsiyaning oʼrtacha tezligi xamma kapillyarlarda oʼrtacha 14 ml/1 min. yoki 20 l sutkada, reabsorbtsiya esa taxminan 12,5 l/min. yoki 18 l sutkada. Limfa qon tomirlaridan sutkasida 2 l suyuqlik oqadi.
Muxim rolni kapillyarlardagi gidrostatik bosim oʼynaydi.
RGK oshsa - filьtratsiya oshadi, kamaysa – reabsorbtsiya.
Bu protsesslarni uzaro munosabatini bilish filьtratsiya va reabsorbtsiyani kapillyarlarda oshish va kamayish mexanizmlarini tushunishga yordam beradi. Bu organizmni xar xil xolatlariga bogʼlik.
Masalan filьtratsiyani oshishi.
А/B oshganda, musqoʼllar ishlaganda, rezistiv tomirlarlar kengaygan, qon xajmi koʼpayganda, venoz bosim oshganda, ROQ pasayganda, kapillyarlarni oʼtkazuvchanligi oshganda.
Reabsorbtsiya oshishi.
А/B pasayganda, qon yoʼqotganda, ROP oshganda, rezistiv tomirlar torayganda.
Interstitsial bushlik kam choʼzilganlikga ega boʼlgani uchun suyuqlik toʼqimada koʼp yigilmaydi, yigilganda xam limfatik tomir orqali tez chiqariladi. Shu paytda bushlikdan oqsil xam chiqariladi, buning natijasi ROT kamayadi va filьtratsiya kamayadi. Tomirlar ichidagi suyuqlik xajmi bilan toʼqimaaro suyuqlik muvozanati saqlanadi.
Filьtratsiya Reabsorbtsiya
RGK = 32,5 mm.sim.ust. ROQ = 25
ROT = 4,5 mm RGT = 3
37 mm 28 mm
Qarshi Qarshi
ROQ = 25 RGK = 17,5 mm
RGT = 3_ ROT = 4,5 mm
28 22
37 - 28 = 9 mm 28 – 22 = 6 mm
Ef.filьt.bosim Ef.reabsorbts.bosim
Venalarda qon yurishi.
Venalarda qon yurishi umuman qon aylanishining muxim faktoridir, chunki diastola vaqtida yurakning qonga toʼlishi shu faktor bilan belgilanadi. Venalardagi qon yurishining bir qancha xususiyatlari bor.
Venalar musqoʼl qavati uncha kalin boʼlmagani uchun devori arteriya devoriga qaraganda koʼproq choʼziluvchan. Shuning uchun venalardagi bosim xatto oz boʼlganda xam ularning devori anchagina choʼziladi va ularda ancha qon tuplanib qolishi mumkin.
Venoz bosim. Odam venasidagi bosimni yuza venaga (odatda tirsak venasiga) kavak igna kiritib va buni manometrga ulab oʼlchash mumkin. Koʼkrak boʼshligʼidan tashqaridagi venalarda qon bosimi 5-9 mm sim. ust. (suv ustuni xisobida esa 65-120 mm).
Venoz bosim mikdorini oʼlchash uchun shu vena yurak bilan bir teqislikda yotishi lozim. Buning axamiyati shuki, masalan, oyoq venalaridagi qon bosimiga organizm tik turganda venalarni toʼldiruvchi qon ustunining vazni xam qoʼshiladi. Shu sababli oyoq venalaridagi qon bosimi ulchanayotganda bu gidrostatik komponentni yoʼqotish uchun tekshiriluvchi kishi yotkizib koʼyiladi.
Koʼkrak boʼshligʼiga yaqin venalardagi qon bosimi atmosfera bosimiga yaqin boʼlib, nafas fazalariga qarab oʼzgaradi. Nafas olingan paytda koʼkrak qafasi kengayib, venalardagi bosim pasayib, manfiy (yaʼni atmosfera bosimidan past) boʼlib qoladi; nafas chiqarilgan paytda esa koʼtariladi (oddiy nafas chiqarish paytida 2-5 mm simob ust. dan yuqoriga koʼtarilmaydi). Jadal nafas chiqarilganda yoki kuchanilganda koʼkrak qafasi qisilib, ichidagi bosim ortib ketadi va shunga koʼra kavak venalardagi bosim xam koʼtariladi, bu esa qorin boʼshligʼi va oyoq-qoʼl venalaridan qonning qaytib ketishiga toʼsqinlik qiladi; yurakka venoz qon kelishi kamayadi, natijada arterial bosim pasayadi. Odam kuchanganida baʼzan xushidan ketib qolishiga sabab shu.
Koʼkrak boʼshligʼiga yaqin venalardagi (masalan, buyintiroq venalaridagi) bosim nafas olish paytida manfiy boʼlgani uchun ularning jaroxatlanishi xayot uchun xavfli: atmosfera xavosi venalar ichiga kirib, xavo emboliyasiga sabab boʼla oladi, yaʼni arteriolalar va kapillyarlar xavo pufagi bilan berkilib qolishi mumkin.
Venalarda qon oqish tezligi. Venalarda qon oqishining chizikli tezligi arteriyalardagiga qaraganda kamroq. Buning boisi shuki, venalar arteriyalarga qaraganda 2-3 baravar kengroq, bu esa, gemodinamika qonunlariga koʼra, qonning sekinroq oqishiga sabab boʼladi. Oʼrtacha kalibrli periferik venalarda qon oqish tezligi 6 dan 14 sm/sek gacha; kavak venalarda 20 sm/sek ga yetadi.
Qon aylanish katta doirasining venalarda qon yurish sababi chap qorinchaning qisqarish kuchigagina emas (qon oqishiga qarshilik juda katta boʼlgan arteriolalar va kapillyarlardan qon oʼtganda chap qorinchaning qisqarish kuchi talaygina sarf boʼladi); bundan tashqari, qoʼshimcha faktorlarning xam axamiyati bor. Bu faktorlardan biri shuki, venalar endoteliysida (kavak venalar, kopka vena sistemasi va venulalardan tashqari) burmalar xosil boʼladi, boʼlar qonni faqat yurak tomonga oʼtkazuvchi xaqiqiy klapanlardir. Modomiki shunday ekan, venalarni qisib qonni yurgiza oladigan xar kanday kuch venalarda qon yurishiga yordam bera oladi; venalarda klapanlar borligidan qon tesqari oqaolmaydi.
Venalarda qon yurishiga yordam beradigan qoʼshimcha kuchlar asosan ikkita: 1) koʼkrak qafasining suruvchi taʼsiri; 2) skelet musqoʼllarining qisqarishi. Koʼkrak qafasining suruvchi taʼsiri yuqorida koʼrib oʼtilgan edi; u venalarda qon oqishiga (ayniksa nafas olish paytida) yordam beradi. Skelet musqoʼllari venalarda qon aylanishiga shu bilan yordam beradiki, ular qisqarganda ichidagi va yonidagi venalarni qisadi. Venalarda qon bosimi past boʼlgani uchun ularni musqoʼllar qisganda ichidagi qon yurak tomonga siqilib chiqadi (qonning tesqari oqishiga klapanlar xalaqit beradi). Shuning uchun ritmik xarakatlar (masalan, odam oʼtin arralaganda, yurganda) nasos singari taʼsir etib, venalarda qon yurishini tezlatadi. Statik ish (yaʼni venalarning uzoq qisqarib turishiga sabab boʼladigan ish – musqoʼllarning uzoq qisqarishi) venoz qon aylanishiga toʼsqinlik qiladi.
Vena pulьsi. Mayda va oʼrtacha venalarda qon bosimining pulьs tebranishi yoʼq. Yurak yaqinidagi yirik venalarda esa arterial pulьsga qaraganda boshqa sabab bilan kelib chiquvchi pulьs tebranishlari – vena pulьsi kayd qilinadi. Boʼlmalar bilan qorinchalar sistolasi vaqtida yurakka qon kelishining qiyinlashuvi vena pulьsiga sabab boʼladi. Yurakning shu boʼlimlari qisqarganda venalardagi bosim koʼtariladi va devorlari tebranadi. Buyintiruq venasi (v. jugularis) pulьsini yozib olish xammadan qoʼlay.
Vena pulьsining egri chizigi – flebogʼrammada – uchta tish farq qilinadi; a, s va v. a tishi ung boʼlma sistolasiga toʼgʼri keladi. Uning kelib chiqish sababi shuki, boʼlma sistolasi vaqtida kavak venalarning boʼlmaga koʼyiladigan joyidagi teshik musqoʼl tolalari xalkasi bilan qisiladi, shu tufayli venalardan boʼlmaga qon oʼtishi vaqtincha tuxtaydi. Shu sababli boʼlmalarning xar bir sistolasida yirik venalarda qon picha yurishmay turadi, shuning orkasida devorlari choʼziladi. Boʼlmalar diastolasi vaqtida ularga qon bemalol oʼtadi va shu payt vena pulьsining egri chizigi birdaniga pasayadi. Xa demay, vena pulьsining egri chizigida kichkina s tishi paydo boʼladi. U buyintiruk venasining yonida urib turgan uyku arteriyasining turtqisidan kelib chiqadi. s tishidan sung egri chizik pasayaboshlaydi va u yangidan koʼtariladi – v tishi paydo boʼladi. v tishining kelib chiqishiga sabab shuki, qorinchalar sistolasining oxirida boʼlmalar qonga tulganligi va ularga yana qon kira olmagani uchun venalarda qon damlanib qolib, ularning devorini choʼzadi.
YaNGI PEDАGOGIK TEXNOLOGIYaLАR:
- kompьyuter xonasida mashgʼulot. “Аmaliyot fiziologiyasi” dasturi boʼyicha mavzu “Mikrotsirqoʼlyator oʼzanni oʼrganish.
- «Virtual fiziologiya- «Tomirlar»
- «Biopac» appratida А/B oʼlchash
- «А/B va uni boshqarilishi» videofilьmini namoyishi.
Logik masalalar:
1. Qon bilan toʼqima orasida suyuqlik almashinuvi qaysi faktorlarga bogʼliq?
2. Nima uchun venoz tomirlar boʼylab qon oyoqlardan yuqoriga qarab yurakka qaytadi, garchi venoz oʼzanni boshida va oxiridagi qon bosimini farqi 10-12 sim.ust. teng boʼlsa ham?
3. Yurak ishi venalarda qon harakatini qanday taʼminlaydi?
4. Venalar boʼylab qon harakatiga sabab boʼluvchi asosiy fizik qonuniyatlarni ayting. Qanday qilib sklet mushaklarining qisqarishi qonni venalar boʼylab harakatiga imqon yaratadi?
5. Qaysi faktorlar venalar tonusini taʼminlaydi?
АMАLIY QISM.
АMАLIY IShLАR.
- Korotkov usulida АB oʼlchash (Biopac), (MM foydalanish)
- venalarda qonning xarakati, venalar klapanlarining rolini kuzatish (MM foydalanish)
- odamda venoz bosimni oʼlchash
- odam tirnogʼining kapillyaroskopiyasi
- «Аrterial bosim va uni boshqarilishi» videofilьmining namoyishi
BILIMLАR, KOʼNIKMАLАR VА QILА
BILMOQNI NАZORАT TURLАRI
- ogʼzaki
- logik masalarni yechish
- amaliy ishlarning bajarilish nazorati
- bayonnomalarni tekshirish
NАZORАT SАVOLLАRI:
1. Qanday qilib sklet mushaklarining qisqarishi qonni venalar boʼylab harakatiga imqon yaratadi?
2. Odamda venalarda qonni bir tomonlama harakatini nima taʼminlaydi?
3. Sizga maʼlum boʼlgan qonni venalarda harakat qilishiga imqon yaratadigan faktorlarni ayting.
4. Bitta kapilyar uzunligi va diametri taxminan nechaga teng?
5. Qonni kapilyarlarda harakat qilish tezligini qaysi usul yordamida aniqlash mumkin?
6. Nima uchun kapilyarlarda eritrotsitlar faqat bir qatorda harakat qilishlari mumkin?
7. Nima uchun qonning chiziqli tezligi qon-tomir oʼzannini har xil qismlarida bir xil emas?
8. Qon oqish tezligining oʼzgarishi tomir oʼzannini kengligiga qanday bogʼliq?
9. Kapilyarlarda qon oqish tezligi qanday?
10. Kapilyarlarni sumar kengligi (oʼrtacha) aorta kengligidan necha marta koʼp?
11. Mushakni 1mm.kvadrat koʼndalang kesimiga tinch va ishlaganda funktsiyalanib turgan kapilyarlarning soni nechta?
12. “Navbatchi” kapilyarlar nima?
13. Kapilyarlarni arterial va venoz qon tomirlari oxirida bosim nechaga teng?
14. Kapilyarlarni arterial va venoz oxiridagi bosimlar farqi suv almashinuvida qanday ahamiyatga ega?
15. Qon depolarini ayting. Pletizmografiya deb nimaga aytiladi?
16. Tinch holatda qonning umumiy hajmidan (protsentda) qaysi qismi depolanishi mumkin?