O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə208/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Nazorat savollari.
1. Endokrin sistemasi organizm uchun qanday axamiyati bor?
2. Nima uchun endokrin bezlari yoki ichki sekresiya bezlari deyilishini tushuntiring.
3. Gormon deganda nimani tushuniladi?
4. Gormonlarning umumiy biologik xususiyatlarini ayting.
5. Organizmda qaysi bezlar ichki sekresiya bezlariga kiradi?
6. Gormonlarni guruxlarga ajrating.
7. Gormonlarning ta'sir ko`rsatish mexnizmini tushuntirib bering.
8. Gormonlarning asosiy vazifalari qanday?
9. Gipofiz bezini ichki sekresiya faoliyatini aytib bering.
10. Buyrak usti bezi po`stloq qavatining ichki sekresiya faoliyatini tushuntiring.
11. Buyrak usti bezi mag`z qavati gormonlarini ayting.
12. Qalqonsimon bez faoliyati xaqida gapiring.
III SEMESTR
MАSHGʼULOT № 1. MАVZU: NAFAS FIZIOLOGIYASI. QONDA GAZLARNI TASHILISHI. NAFAS MEXANIZMI. GAZLAR TRANSPORTI.
MАVZUNI OʼRGАNISH DАVOMIYLIGI
MАSHGʼULOT MАQSАDI.
- oʼpkada va toʼqimalarda gaz almashinuvini asosiy printsiplarini, qon bilan O2 va CO2 birikish va tashilish mexanizmlarini oʼzlashtirish;
- nafas oladigan va chiqaradigan havoda gazlarni partsial bosimlarini hisoblashni oʼrganish;
- chiqariladigan havoda CO2ni miqdori koʼpligiga ishonch hosil qilish;
- qonning kislorod sigʼimini hisoblash usulni oʼzlashtirish;
- pnevmogrammani har xil berilgan topshiriq sharoitlarida va nafas reflekslarida oʼzgarishini kuzatish.
PEDАGOGIK VАZIFАLАR
Talaba quyidagi savollarni bilishi kerak:
1. Аlьveoler havo organizmning ichki gaz muhitini sifatidaligini
2. Havo bilan qon orasida gaz almashinuvini mexanizmini.
3. Kislorodni qon bilan tashilishini.
4. CO2ni qon bilan tashilishini
5. Qonda gazlarni saqlanishini.
6. Nafas muskullarini boshqarish faoliyatini.
7. Nafas funktsiyalarini tashqi muhitni oʼzgargan sharoitlarida (atmosfera bosimi oshganda, pasayganda, mushaklar ishlaganda) oʼziga xosligini.
8. Gipoksiya turlarini.
OʼQUV FАOLIYATINING NАTIJАLАRI
Talaba bajara olishi kerak:
1. Chiqarilgan havoni CO2ga sifatiy analizini.
2. Pnevmografiyani.
3. Himoya nafas reflekslarini yozilishini.
4. Pulьsoksimetriyani.
5. Nafas olganda koʼkrak ekskursiyasini aniqlashni.
OʼQITISHNING USULI VА TEXNIKАSI
- testlash
- situatsion (vaziyat) masalalar
- logik masalalar
- Biopac apparatida kompьyuter xonasida analiz qilinishi bilan ishlash
- «Аsalari uyasi» ish oʼyini

MАSHGʼULOT MАZMUNI.


NАZАRIY QISM.
Oʼpkada gazlar almashinuvi. Gazlar diffuziyasi. Аlveolalar tashqi yuzasining koʼpchilik qismi kichik qon aylanishi doirasi kapilyarlari bilan birlashgan. Kapillyarlar bilan qoplangan yuzasi oʼrtacha 100 m2 ni tashkil qiladi. Oʼpka alveolalari va qon tomir orasida aerogematik toʼsiq-oʼpka membranasi boʼlib u endoteliy hujayralaridan, ikkita asosiy membranadan, alveolalar epiteliysidan va surfaktan qavatidan iborat. Bu membrananing qalinligi 0,3-2,0 mkm ga teng.
Oʼpkada gazlar almashinuvi kislorodning alveolalardan qonga (bir kunda oʼrtacha 500 l), karbonat angidridning esa qondan alveolalarga (bir kunda oʼrtacha 430 l) diffuziya yoʼli bilan oʼtishi uchun aerogematik toʼsiqning ikki tomonida alveolalarning havodagi partsial bosimi va qondagi gazlar tarangligi farqi boʼlishi kerak.
Gazlar aralashmasidagi har bir gazning oʼziga toʼgʼri kelgan atmosfera bosimining qismi shu gazning partsial bosimi deyiladi. Gazlar aralashmasining umumiy bosimini va uning % hisobidagi tarkibini aniqlasak, gazlar aralashmasidagi har qanday gazning partsial bosimini hisoblash mumkin. Masalan atmosfera havosining bosimi 760 mm sim. ust. boʼlganda kislorodni 21 % deb olsak, yaʼni (100% - 760 mm sim ust, 21%- mm sim ust) 159 mm sim. ust. tashkil etadi. Аlveolalar havodagi gazlarning partsial bosimini hisoblaganda, havo tana haroratida boʼlganda atmosfera bosimining 47 mm sim ust ga teng boʼlgan qismi suv bugʼlariga toʼgʼri keladi. Qolgan 713 mm kislorod karbonat angidridi va azotga toʼgʼri keladi. Kislorodning alveolyar havodagi miqdori 14% boʼlganda:
yaʼni 100 mm sim. ust.ga teng boʼladi.
Karbonat angidridining alveolyar havodagi miqdori 5,5% boʼlganda, uning partsial bosimi 39,2 (40) mm sim ust ga teng.
Qonda gazlar erkin erigan va kimyoviy birikkan holda boʼladi. Gazlar diffuziyasida faqat erigan gazlar ishtirok etadilar.
Gazlarning eruvchanligi quyidagi omillarga bogʼliq: 1. Suyuqlik tarkibiga; 2. Suyuqlik ustidagi bosimga; 3.Suyuqlik haroratiga; 4. Eruvchi gaz tabiatiga.
Muayyan gaz erigan suyuqlik bilan tutashganda gazning partsial bosimi past boʼlsa, gazning bir qismi eritmadan chiqib ketadi va eritmada gazning miqdori kamayadi. Gazning bosimi yuqori boʼlsa, suyuqlikda koʼproq gaz eriydi. Gazlarning suyuqlikda erishi yoki aksi dinamik muvozanat namoyon boʼlguncha davom etadi.
Oʼpka aerogematik toʼsigʼining oʼtkazuvchanligini koʼrsatuvchi kattalik bu oʼpkaning diffuzial hususiyati hisoblanadi. Oʼpkaning diffuzial hususiyati deb membrananing har ikkala tomonida gazlar bosim farqi 1 mm sim. ust.ga teng boʼlganda 1 minut davomida ml hisobida oʼtgan gazlar miqdoriga aytiladi. Odam oʼpkasining diffuzion qobiliyati kislorod uchun 25 ml/min ga teng. Karbonat angidiridi uchun diffuzion qobiliyat shu gazning oʼta eruvchanligi hisobiga 20-25 barobar yuqori.
Kislorodning diffuziyasi bosimlar farqi hisobiga amalga oshadi. Аlveolalarda O2 ning partsial bosimi 100 mm sim ust.ga va vena qonida uning tarangligi esa 40 mm sim ust ga teng. Bosimlar farqi 60 mm sim ust.ga teng. Shu farq yoʼnalishi boʼyicha kislorod alveoladan venoz qonga oʼtadi. Vena qonda karbonat angidridi gazining tarangligi 46 mm sim ust.ga teng, alveolalarda esa 40 mm sim ust ga teng. Bosimlar farqi 6 mm sim ust.boʼlib, u karbonat angidridning qondan alveolaga diffuziyasini taʼminlaydi. Karbonat angidridining alveolyar membranada eruvchanligi yuqori (24) boʼlganligi uchun bosimlar farqi oz boʼlsa ham diffuziyalanib boʼladi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin