O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə210/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Nafasning boshqarilishi. Nafasni boshqaruvchi mexanizmlar nafas sistemasining turli qismlarida hamda markaziy nerv sistemasining turli boʼlimlarida joylashgan tuzilmalar ishtirokida amalga oshirilib, organizmning kislorodga boʼlgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan jarayondir.
Oʼpka orqali nafas olishning asosiy fiziologik ahamiyati arterial qonda gazlarning optimal miqdorini ushlab turishga qaratilganligidadir.
Tashqi nafasning boshqarilishi reflektor yoʼllar bilan amalga oshirilib, oʼpka toʼqimalari va qon tomirlarning refleksogen sohalarida joylashgan maxsus retseptorlar qoʼzgalishi hisobiga amalga oshiriladi. Nafasni boshqaruvchi markaziy mexanizmlar orqa miya nerv elementlarida, uzunchoq miyada va MNT ning yuqori qismlarida joylashgan.
Miya oʼzagining nafas neyronlari orqa miya motoneyronlariga va nafas muskullariga ritmik ravishda signallar yuborib turadi. Nafas markazi. Uzunchoq miyaning nafas ritmini taʼminlovchi hususiy yadrolari toʼplami nafas markazi deyiladi.
Nafas markazlari fiziologik sharoitda qondagi O2 va N+ lar qontsentratsiyasi haqidagi axborotni periferik va markaziy xemoretseptor-lardan oladi. Xemoretseptorlardan kelayotgan afferent signallar nafas markaziga kelayotgan boshqa afferent taʼsirlar bilan hamkorlikda ishlaydi, lekin oxir oqibat nafasning gumoral boshqarilishi neyrogen boshqarilishidan ustunlik qiladi. Masalan, inson uzoq vaqt nafasni ixtiyoriy ushlab turolmaydi, chunki bu paytda gipoksiya va giperkapniya kuchayib ketadi natijada nafas olishga majbur boʼladi.
Nafas markazi ikkita asosiy funktsiyani bajaradi: birinchisi motor yoki harakat funktsiyasi, nafas muskullarining qisqarishi bilan namoyon boʼladi va ikkinchisi gomeostatik-ichki muhitdagi O2 va SO2 qontsentratsiyasiga bogʼliq holda nafas oʼzgarishi kelib chiqadi.
Nafas markazining harakat funktsiyasi MNT ning boshqa funktsiyalari bilan hamkorlikda nafasni organizmdagi metabolitik ehtiyojiga moslab turadi.
Nafas markazining gomeostatik funktsiyasi gazlarning (O2, SO2) va rNning qondagi va miya suyuqligidagi fiziologik miqdorini taʼminlab turadi. Tana harorati, gazlar tarkibi oʼzgargan muhitdagi, masalan, ortgan va pasaygan barametrik bosimda, nafasni taʼminlaydi.
Uzunchoq miyaning dorsomedial va ventrolateral sohalarida joylashgan quyidagi nafas neyronlari tiplari aniqlangan: 1) erta inspirator neyronlari, nafas olishning boshlanishida maksimal qoʼzgʼaladi; 2) kechikuvchi inspirator neyronlar, nafas olish oxirida maksimal qoʼzgʼaladi; 3) toʼliq inspirator neyronlar, inspiratsiyaning barcha vaqtida qoʼzgʼaladi. Uzunchoq miyaning katta qismini egallab turgan neyronlar ekspirator va inspirator neyronlardan iboratdir. Bu gurux neyronlar qobirgʼalararo va qorin muskullariga pastga tushuvchi tarmoqlarni beradi. Orqa miyaning insprator neyronlari asosan II-VI koʼkrak, ekspirator neyronlari esa VIII-X koʼkrak segmentlarida yigʼilgan.
Ventral gurux neyronlarining kaudal qismi faqat ekspirator neyronlardan iborat. Barcha ekspirator neyronlardan orqa miyaga aksonlar boradi. Bulardan 40 % ichki qobirgʼalararo muskullarni, 60% esa qorin muskullarini innervatsiya qiladi.
Nafas markazi neyronlari uch guruxga boʼlinadi: 1) yuqori nafas yoʼllarini innervatsiya qiluvchi, nafas yoʼllarida havo harakatini boshqaruvchi neyronlar. 2) Orqa miya motoneyronlari bilan sinaptik bogʼlar hosil qilib, nafas olish va chiqarish muskullari ishlarini boshqaruvchi neyronlar. 3) Nafas markazini boshqa markaz neyronlari bilan bogʼlovchi propriobulbar neyronlar. Nafas ritmini boshqarishda ishtirok etadi.
Varoliev koʼprigi sohasida nafas neyronlarining ikki yadrosi joylashgan: medial parabraxial va Shatr (Kelliker) yadrosi. Аgar hayvonlarda miya oʼzagi Varoliev koʼprigi ostidan kesib qoʼyilsa, nafas harakatlari saqlanib qoladi. Faqat ajralgan holda yuqoridan keluvchi impulslardan mahrum boʼlgan markaz, primitiv (oddiy) nafas olishni taʼminlaydi xolos. Uzoq nafas chiqarish, qisqa uzilib turuvchi nafas olish bilan almashinib turadi. Uzluksiz ketma-ket nafas olish va chiqarishni bir-biri bilan almashinib ritmik ishlashi uchun Varoliev koʼprigi neyronlari ishtirok etishi shart. Varoliev koʼprigining oldingi qismida pnevmatoksik markaz nuqtasi aniqlangan. Bu markazni yemirish nafas olish va chiqarish jarayonini uzayishiga, taʼsirlash esa nafas sikllarini avvalgidek sodir boʼlishiga olib keladi.
Varoliev koʼprigi markazlari adashgan nervni ikki tomonlama kesish bilan birgalikda shikastlansa, hayvonlarda nafasni nafas olish bosqichida toʼxtashiga olib keladi yoki bu inspirator apneyzis deb ataladi. Inspirator apneyzis kam, qisqa vaqtli va tez takrorlanuvchi nafas chiqarish bilan almashib turadi.
Uzunchoq miyadagi nafas markazining neyronlariga ritmik avtomatiya xos. Nafas markziga keluvchi afferent impulslar toʼxtatib qoʼyilgandan keyin ham biopotentsiallarning ritmik oʼzgarishlari roʼy berishi ularni elektr asboblar bilan qayd qilish mumkinligi nafas markazida avtomatiya borligini koʼrsatadi.
Nafas markazining oʼzidagi modda almashinuv jarayonlari va uni karbonat angidridga nisbatan yuksak sezgirligi nafas markazining avtomatik ravishda qoʼzgʼalishiga sabab boʼladi. Oʼpka retseptorlari, tomirlarning refleksogen sohalari, nafas muskullari, skelet muskullarining retseptorlari, shuningdek markaziy nerv sistemasining yuqoriroqdagi qismlaridan keladigan impulslari, nihoyat gumoral taʼsirlar nafas markazining avtomatiyasini boshqarib turadi.
Nafas markazining avtomatiyasi yurak muskullari avtomatiyasidan farq qiladi. Birinchidan, nafas markazi boshqa markazlar bilan aloqada boʼlishi shart. Ikkinchidan, bu markazga retseptorlardan, ayniqsa xemoretseptorlardan afferent impulslar kelib turishi kerak.
Nafasning reflektor boshqarilishi. Nafas markazi neyronlari nafas yoʼli, oʼpka alveolasi va qon tomir refleksogen sohalaridagi mexanoretseptorlar bilan bogʼlanganligi tufayli reflektor boshqarilish amalga oshiriladi. Odam oʼpkasida quyidagi mexanoretseptorlar mavjud: 1. Irritant yoki nafas yoʼli shilliq qavatida joylashgan tez moslashuvchi retseptorlar; 2. Oʼpka choʼzilganda qoʼzgʼaladigan retseptorlar; 3. J-retseptorlar.
Gering - Breyer refleksi. Nafas markazining doimiy ishlashi va nafas davrlarining ritmik almashinib turishi uchun adashgan nervning afferent tolalaridan kelib turuvchi impulslar katta ahamiyatga ega.
Nafas olish va chiqarishning chuqurligi koʼp jixatdan shularga bogʼliq. 1868 yilda Gering va Breyerlar oʼpkaning hajmi oʼzgarganda kuchli va doimiy nafas reflekslari kelib chiqishini aniqlagan. Oʼpka hajmining oʼzgarishi uchta reflektor effektni keltirib chiqaradi: 1. Nafas olganda oʼpkaning choʼzilishi inspiratsiyani toʼxtatib qoʼyishi mumkin (inspirator tormozlovchi refleks). 2. Nafas chiqarganda oʼpkaning choʼzilishi nafas chiqarish davrini uzaytirib, keyingi nafas olish davri boshlanishini sekinlashtiradi (ekspirator yengillashtiruvchi refleks). 3. Oʼpkaning kuchli darajada choʼzilishi qisqa vaqtda (0,1-0,5 s) inspirator muskullarini kuchli qoʼzgʼatadi va xoʼrsinish kelib chiqadi (XED ning paradoksal effekti).
Nafas markazi faoliyati oʼpka hajmining oʼzgarishi bilan uzviy bogʼlangan. Gering Breyer refleksi nafas markazi bilan nafas aʼzolari orasidagi hajm qaytar bogʼlanishni taʼminlaydi.
Gering va Breyer refleksi nafas chuqurligi va miqdorini nazorat qiladi.
Katta yoshli odamda tinch turganda Gering va Breyer refleksi unchalik ahamiyatga ega emas. Аgar adashgan nervlar vaqtincha mahalliy anestetiklar bilan blokada qilib qoʼyilsa, nafas chastotasi va chuqurligiga sezilarli taʼsir etmaydi. Gering va Breyer refleksi chaqaloqlarda yaxshi rivojlangan.
Nafas boshqarilishida xemoretseptorlarning ahamiyati. Tashqi nafasning asosiy vazifasi arterial qon gazlar tarkibini meʼyorda ushlab turish, kislorod va karbonat angidridi gazlari tarangligini taʼminlashdan iborat. Odam qonida kislorod va karbonat angidridning tarangligi ham bir xilda saqlanadi. Bu oʼpka ventilyatsiyasining metabolitik jarayonlarga proportsional ravishda kuchaygani hisobiga sodir boʼladi. Nafas olayotgan havoda SO2 miqdorining ortishi va O2 miqdorining yetishmasligi, nafas hajm tezligini orttiradi, natijada alveolyar havoda va arterial qonda SO2 va O2 tarangligi deyarli oʼzgarmaydi.
Nafas boshqarilishida qondagi gazlar tarkibining ahamiyatini 1890 yilda L.Frederik ikki hayvonning qon tomirlarini chalkashtirib ulash usuli yordamida oʼtkazgan tajribasida isbotlab berdi. Narkoz berilgan ikki itning uyqu arteriyalari va boʼyinturuq venalarini alohida qirqib kesishtirib ulagan. Tomirlar shunday ulanib, boʼyindagi boshqa tomirlar qisib qoʼyilgach, birinchi itning boshi oʼz tanasidan kelayotgan qon bilan taʼminlanmagan, balki ikkinchi itning tanasidan kelayotgan qon bilan taʼminlangan, ikkinchi itning boshi esa birinchi itning tanasidan qon olib turgan. Аgarda shu itlardan birining traxeyasi qisib qoʼyilsa, biroz vaqt oʼtgandan soʼng, uning nafasi toʼxtab qoladi (apnoe), ikkinchi it esa tez-tez nafas olib xalloslaydi (dispnoe). Bunga sabab, birinchi itning traxeyasi qisilganda uning tanasidagi qonda SO2 koʼpayadi (giperkapiya) va O2 miqdori kamayadi (gipoksemiya). Qon birinchi itning tanasidan ikkinchi itning boshiga boradi va uning nafas markazini qoʼzgʼatadi. Shu sababli ikkinchi itda nafas kuchayadi (giperventilyatsiya), natijada ikkinchi it tanasidagi tomirlarida SO2 tarangligi pasayadi, O2 tarangligi esa ortadi.
Shu ikkinchi it tanasidan kislorodga boy va karbonat angidridi kam qon birinchi itning boshiga kelib, unda nafas olishni toʼxtatib qoʼyadi. SO2, vodorod ionlari va gipoksiya nafas markazi neyronlariga taʼsir etib nafas faoliyatining kuchayishiga sabab boʼladi.
Bu omillar taʼsirida nafas markazi faoliyati kuchayadi. Nafas faoliyatini boshqaruvchi xemoretseptorlar ikki guruxga boʼlinadi: periferik (arterial) va markaziy (medulyar).
Periferik xemoretseptorlar. Аrterial qonda gaz tarkibi oʼzgarishini (gipoksemiya, giperkapniya va atsidoz) sezuvchi retseptorlar ikki joyda joylashgan: aorta ravogʼi va uyqu arteriyasi boʼlinadigan joyda (korotid sinusida).
Qonda O2 miqdorining kamayishi arterial xemoretseptorlarni taʼsirlab, oʼpka ventilyatsiyasini reflektor tarzida kuchaytiradi. Bu retseptorlar doimiy qoʼzgʼalgan holatda boʼlib, sof O2 dan nafas olganda pasayadi. Qonda O2 ning tarangligi meʼyoridagiga nisbatan pasaysa ham aorta ravogʼi karotid sinusi xemoretseptorlaridan boradigan afferent impulslar borishini kuchaytiradi.
Bundan tashqari, arterial qonda SO2 tarangligini va vodorod ionlari qontsentratsiyasining ortishi aorta ravogʼi va karotid tanachalaridan boruvchi afferent impulslarni oshiradi. Gipoksiya vaqtida xemoretseptorlarni SO2 ga sezgirligi pasayadi. Tomirlardagi xemoretseptorlar qonning gaz tarkibi oʼzgarishiga oʼta sezgir. Ularning sezgirlik darajasi arterial qonda O2 va SO2 tarangligining oʼzgarishi, xatto nafas olish, chiqarish, chuqur va kam nafas olishga bogʼliq.
Xemoretseptorlarning sezgirligi nerv tizimi tomonidan nazorat qilib turiladi. Parasimpatik nerv sistemasi afferent tolalarini taʼsirlash ularning sezgirligini pasaytiradi, simpatik tolalarni taʼsirlash esa kuchaytiradi.
Markaziy xemoretseptorlar. Markaziy xemoretseptorlarning joylashgan nuqtasi oxirigacha aniqlanmagan. Uzunchoq miyaning ventral yuzasida joylashgan neyronlar yigʼindisi toʼqimalararo suyuqlikda CO2 tarangligiga va vodorod ionlari miqdori oʼzgarishiga taʼsirchan.
Markaziy xemoretseptorlar mavjudligini oddiy yoʼl bilan isbotlash mumkin: agar tajribada hayvonlarning arterial va sinokaroti nervlari kesib qoʼyilsa, ular nafas markazining gipoksiyaga sezgirligi yoʼqoladi, lekin giperkapniya va atsidozga sezgirligi toʼliq saqlanib qoladi. Miya oʼzagi uzunchoq miyaning yuqorisidan kesib qoʼyilsa, yuqoridagi xarakterdagi reaktsiya kuzatilmaydi. Markaziy xemoretseptorlar miya moddasida 0,2 mm qalinlikda joylashgan. Ikkita retseptor maydon farq qilinadi va ular oʼrtasida alohida maydon bor. Oʼrtadagi maydon N+ ionlari miqdorini sezmaydi. Аgar shu maydon buzilsa, ikki yon tomondagi maydonlar sezgirligi yoʼqoladi.
Markaziy xemoretseptorlar periferik xemoretseptorlarga nisbatan nafas markaziga kuchliroq taʼsir koʼrsatadi. Oʼpka ventilyatsiyasini sezilarli oʼzgartiradi. Orqa miya suyuqligi faol reaktsiyasining (Rh) 0,01 ga pasayishi oʼpka ventilyatsiyasini 4 l/min ga oshiradi.
Geperkapniya va atsidoz markaziy xemoretseptorlar faoliyatini kuchaytiradi, gipokapniya va alkaloz tormozlaydi. Аrterial qonda SO2 tarangligi oʼzgarishini markaziy xemoretseptorlar (20-30 sek) periferik xemoretsetorlarga (3-5sek) nisbatan sekinroq sezadi.
Nafas boshqarilishida bosh miya yarim sharlari poʼstlogʼining ahamiyati. Nafasni boshqarishda uzunchoq miya markazlaridan tashqari MNT ning boshqa qismlari ham qatnashadi. Аyniqsa bosh miya katta yarim sharlari poʼstlogʼi alohida ahamiyatga ega. Ular tashqi muhit oʼzgarishlari va organizmning hayot faoliyati, shuningdek ehtiyojiga qarab nafasni moslashtiradi.
Nafas harakatlarining ritmik va chuqurligining ixtiyoriy ravishda oʼzgartirilishi, shuningdek nafasning 40-60 sek va undan ortiq vaqt ushlab turilishi, bosh miya yarim sharlari poʼstlogʼining nafasni boshqarishda ishtirok etishini isbotlovchi misol boʼla oladi.
Inson va hayvonlarda bosh miya yarim sharlari poʼstlogʼining ayrim sohalari taʼsirlanganda oʼpka ventilyatsiyasi kuchayganligi, ayrim sohalari taʼsirlanganda esa oʼpka ventsilyatsiyasi pasayganligi kuzatiladi. Limbik soha taʼsirlanganda oʼpka ventilyatsiyasi keskin pasayganligi kuzatiladi. Bosh miya yarim sharlari poʼstlogʼida nafas faoliyatiga taʼsir etuvchi alohida sohalar yoʼq. Nafasga bogʼliq oʼzgarishlarni uning turli sohalarini taʼsirlash yoʼli bilan hosil qilish mumkin. Somatosensor va orbital sohalar taʼsirlanganda sezilarli oʼzgarishlar namoyon boʼladi. Аgar hayvonlarning bosh miya yarim sharlari poʼstlogʼi olib tashlansa va 1-2 min davomida bir necha qadam qilishga toʼgʼri kelsa, u holda hayvonda rivojlangan, uzoq davom etadigan nafas yetishmovchiligini kuzatish mumkin, yaʼni tez-tez va kuchaygan nafas. Shundan koʼrinib turibdiki, MNS ning yuqori qismlari ishtirokisiz nafas faoliyati tashqi muhit oʼzgarishlariga va organizmga qoʼyilgan talabga moslasha olmas ekan.
YaNGI PEDАGOGIK TEXNOLOGIYaLАR.
“Nafas fiziologiyasi” mavzusi boʼyicha amaliy mashgʼulotda
“Аsalari uyasi” ish oʼyinini oʼtkazish usuli.
Ish uchun zarur:
1. Аloxida varaqlarda chop etilgan topshiriq variantlari va vaziyat masalalari toʼplami.
2. Xar bir kichik guruxdagi talabalar soniga qarab qurʼa tashlash uchun sonlar.
3. Toza kogʼoz varaqlari, ruchkalar.
Ishning borish tartibi:
1. Guruxdagi barcha talabalar qurʼa tashlash yuli bilan xar birida 4 talabadan boʼlgan 3 kichik guruxga boʼlinadi.
2. Xar bir kichik gurux aloxida stol atrofiga oʼtiradi, qogʼoz varagʼi va ruchka tayyorlaydi.
3. Varaqda sana, gurux soni, fakulьtet, mazkur kichik gurux ishtirokchi-talabalarining ismi, familiyasi va ish oʼyinining nomi yoziladi.
4. Kichik guruxlar ishtirokchilaridan biri qonvertdan topshirik variantini oladi va bu topshirik barcha kichik guruxlar uchun kullaniladi.
5. Xar bir kichik gurux talabalaridan biri varakka topshirikni kuchirib oladilar.
6. Kichik guruxning xamma talabalari birgalikda topshirikni muxokama kiladilar, sung ulardan birortasi uning yechimini yozadi.
7. Topshirik yechimiga 15 dakika vakt ajratiladi.
8. Ukituvchi ishning borishini kuzatib boradi.
9. Vakt tugagandan sung ishlar ukituvchiga topshiriladi.
10. Oʼyinning barcha ishtirokchilari natijalarni muxokama qiladilar, eng toʼgʼri boʼlgan yechimni tanlaydilar va unga maksimal ball qoʼyiladi.
11. Muxokamaga 15 daqiqa ajratiladi.
12. Talabalar javob uchun ballni mashgʼulotning nazariy qismi uchun ajratilgan reytingdan oladilar.
13. Eng toʼgʼri javob bergan kichik gurux mashgʼulotning nazariy qismi uchun ajratilgan maksimal balldan – 100%ni, 2-oʼrin olgan kichik gurux reytingning 85,9%ni, 3-kichik gurux reytingning 70,9%ni oladi.
14. Javob varaqlarida oʼqituvchi ballarni va oʼzining imzosini qoʼyadi.
15. Talabalar tomonidan olingan ball mashgʼulotning joriy baxosini qoʼyishda eʼtiborga olinadi.
16. Jaridaning paskti boʼsh qismida ish oʼyinining oʼtkazilganligi xaqida belgilanadi va gurux sardori imzo qoʼyadi.
17. Talabalarning ishlari oʼqituvchida saqlanadi.
Ish oʼyinini oʼtkazish uchun
kompleks savollar
1. Аlьveolyar xavo va qon oʼrtasidagi gaz almashinuvi mexanizmi.
2. Qonda gazlarning tashilishi.
3. Qonda gazlarning miqdori, aniqlash usullari.
4. Nafas mushaklari faoliyatining nerv boshqarilishi.
5. Nafasni boshqarishda adashgan nervning roli (Gering-Breyer refleksi).
6. Nafasning gumoral boshqarilishi.
7. Oʼzgargan tashqi muxit sharoitlarida (kompleks va koʼtarilgan atmosfera bosimida, mushak ishi vaqtida) nafas funktsiyasining oʼziga xosligi.

Logik masalalar.


1. Qaysi atmosfera bosimida qoʼshimcha kislorod boʼlmasa odamning nafas olishini iloji boʼlmaydi? Nima uchun?
2. Qon bilan O2 va SO2 bogʼlanish jarayonlari orasida qanday bogʼlanish bor?
3. Yuqori togʼ sharoitida yashaydigan odamlardan orgainzmning gaz muhitini doimiyligini saqlab turish qanday yoʼllar bilan amalga oshadi?
4. Qisqa vaqt davom etadigan mushak ishida qonda gaz tarkibini davomiyligini saqlab turish qanday yoʼllar bilan amalga oshadi?
АMАLIY QISM.
АMАLIY IShLАR.
- chiqariladigan xavoning SO2 ga sifatiy analizi
- pnevmografiya (Biopac)
- nafasning ximoya reflekslarini qayd etish
- nafas olganda koʼkrak qafasini ekskursiyasini oʼlchash
- pulьsoksimetriya
- “Аsalari uyasi” ish oʼyinini oʼtkazish
Metodik tavsiyanomalar:
Oʼpka bilan qon oʼrtasida uzluksiz gaz almashinuvi uchun alveolalar havoning tarkibini nisbiy doimiyligini ahamiyatini analiz qilib chiqing.
Ikkinchi ishda nafas tipiga (koʼkrak, qorin, aralash) eʼtibor bering. Tekshiriluvchining har xil holatlarida nafas chastotasi va maromini aniqlang.
Pnevmogrammani quyidagi holatlarda yozib oling.
1. Tinch nafas olganda
2. Chuqur nafas olganda
3. Jismoniy ishdan keyin
4. Gapirib turganda, oʼqiganda, deklamatsiya vaqtida.
5. Yoʼtalganda
6. Chuqur nafas chiqargandan keyin, olgandan keyin, nafasni ixtiyoriy toʼxtatib turgandan keyin (Shtange sinovi)
Jismoniy ishdan keyin nafas chastotasini tiklanish davrini aniqlang. Ixtiyoriy nafasni toʼxtatishni har xil davomiyligini sababini tushuntiring. Nima uchun ixtiyoriy nafas toʼxtatish toʼxtab, nafas olish boshlanadi, uni muhokama qiling. Giperventilyatsiya va ixtiyoriy nafasni toʼxtatib turishdan – gipoventilyatsiyadan keyin reflektor apnoeni mexanizmini muhokama qiling.
BILIMLАR, KOʼNIKMАLАR VА QILА
BILMOQNI NАZORАT TURLАRI
- ogʼzaki;
- testlash;
- amaliy ishlarni bajarilishini va bayonnomalarni tekshirish nazorat qilish;
- vaziyatli va logik masalalarni yechish;
- ish oʼyinlarining natijasi;
- TMIni bajarishni nazorat qilish.
NАZORАT SАVOLLАRI.
1. Karboangidraza qaerda saqlanadi?
2. Tinch holatda nafas hajmi nechaga teng?
3. Gipoksiya nima?
4. Gipoksemiya nima?
5. Kislorodning transportida qonning qaysi tarkibiy elementlari qatnashadi?
6.Karbonat angidridning transportida qonning qaysi tarkibiy elementlari qatnashadi?
7. Oksigemoglobinni dissotsiatsiyasini egri chizigʼi nimani aks etadi?
8. Nafas markazlarining strukturalari qaerda joylashgan?
9. Nafasni toʼxtatgandan soʼng nima uchun giperpnoe sodir boʼladi?
10. Giperkapniya nafasga qanday taʼsir qiladi?
11. Gipokapniya nafasga qanday taʼsir qiladi?
12. Pereferik xemoretseptorlar nimaga sezgir?
13. Markaziy xemoretseptorlar nimaga sezgir?
14. Аpnoe nima?
15. Giperkapniya nima?
16. Gipoksemik gipoksiya qachon sodir boʼladi?
17. Аnemik gipoksiya qachon sodir boʼladi?
18. Gistotoksik gipoksiya qachon sodir boʼladi?
19. Аlьveolyar havoning tarkibi?
20. Qonning kislorod sigʼimi nima?
21. Gemoglabinning kislorod bilan birikmasi qanday ataladi?



Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin