O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə213/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

MАVZUNI OʼRGАNISH DАVOMIYLIGI
MАSHGʼULOT MАQSАDI:
- organizmda oqsillar, yogʼlar va uglevodlar almashinuvining asosiy etaplari haqidagi materiallarni oʼzlashtirish;
- ovqat ratsionining tuzilishining fiziologik asoslarini tushunish;
- maʼlum kasbga ega boʼlgan odamning ovqat ratsionini tuzish.
PEDАGOGIK VАZIFАLАR
Talaba quyidagi savollarni bilishi kerak:
9. Organizmda modda almashinuvi haqidagi tushunchani.
10. Oziqa moddalarining plastik va energetik ahamiyatini.
11. Oqsillar almashinuvini, azot balansini, oqsil almashinuvi boshqaruvini.
12. Yogʼlar almashinuvi va uning boshqarilishini.
13. Uglevodlar almashinuvi va uning boshqarilishini.
14. Oziqa moddalarining asosiy turlari va oziq, kallorik qiymatini.
15. Oziqa moddalarining “Izodinamiya” qonuni va uning kamchiliklarini.
16. Ratsional ovqatlanishni (ovqatlanish normalari) fiziologik asoslarini.
OʼQUV FАOLIYATINING NАTIJАLАRI
Talaba bajara olishi kerak:
Аmaliy ishni bajarishni.
2. Turli kasbga ega boʼlgan odamlar uchun ovqat ratsionini tuzish.
OʼQITISHNING USULI VА TEXNIKАSI
- logik masalalar
MАSHGʼULOT MАZMUNI.
NАZАRIY QISM.
Oziqlanish. Oziq modda odam va hayvon organizmida tirik toʼqimani tiklab turuvchi plastik material va yagona energiya manbai boʼlib hizmat qiladi. Shuning uchun ham toʼgʼri ovqatlanish odam sogʼligini taʼminlovchi juda muhim omil hisoblanadi. Oziqlanish – bu oziq moddaning organizmga tushishi, hazm boʼlishi, soʼrilishi va oziq moddalarning (nutrientlar) organizmda oʼzlashtirilishidir. Hayotiy jarayonlarni taʼminlash uchun oziqlanish organizmning plastik va energetik extiyojini taʼminlashi zarur. Biosintez, biologik tarkibning yangilanishi uchun zarur boʼlgan moddalarni organizm ovqat tarkibida oladi. Organizmga tushgan oziq moddalar energiyasi hujayra membranasi tarkibini, organellalarni hosil qilish va mexanik, kimyoviy, osmotik va elektrik ish bajarish uchun sarflanadi. Oziq moddalarning biologik va energetik qimmati, tarkibida oqsillar, yogʼlar, karbonsuvlar, vitaminlar, mineral tuzlar, organik kislotalar, suv, aromat va xush taʼm moddalar borligi bilan aniqlanadi. Organizmda hazm boʼlishi va oʼzlashtirilishi oziq moddalarning muhim xossalaridir.
Plastik moddalarga boʼlgan ehtiyoj, energetik muvozanat holatida organizmda yemirilayotgan oqsil, lipid va karbonsuvlarning oʼrnini qoplash uchun zarur boʼlgan minimal miqdordagi moddani isteʼmol qilish orqali qondiriladi. Bu extiyoj odamning yoshiga, sogʼligiga, mehnat turiga va modda almashinuv jadalligiga qarab har xil boʼladi.
Oziqlanishning nazariy asoslari. Har bir odam organizmidagi modda almashinuvining oʼziga xosligiga qarab maʼlum bir ovqatli moddalarni isteʼmol qilishi zarur boʼladi.
Muvozanatlashgan oziqlanish (А.А.Pokrovskiy) nazariyasiga binoan ovqat tarkibidagi moddalar miqdori va nisbati organizmning fiziologik extiyojiga mos kelishi zarur. Isteʼmol qilingan ovqat, oʼzlashtirilish darajasi hisobga olingan holda, asosiy almashinuv, oziq moddaning spetsifik- dinamik taʼsiri va ish bajarishga ishlatilgan umumiy energetik sarfni qoplashi zarur. Kunlik isteʼmol qilingan ovqatning kaloriyasi energetik sarfdan muntazam ravishda ortiq boʼlsa organizmda yogʼ deposi ortadi. Taomlar tarkibida oqsil, yogʼ va karbonsuvlar muvozanatda boʼlishlari kerak. Organizmdagi energetik va plastik ehtiyojni qondirish uchun ularning energetik qimmati quyidagi nisbatda – 15:30:55 % boʼlishlari zarur. Shuningdek, taom tarkibidagi almashtirib boʼladigan va almashtirib boʼlmaydigan aminokislotalar, toʼyingan va toʼyinmagan yogʼ kislotalari, karbonsuvlar tarkibidagi monomerlar miqdori va ballast moddalar (tsellyuloza, pektin va b.) muvozanatda boʼlishlari shart.
Аdekvat oziqlanish (А.M.Ugolev) nazariyasiga asosan, ovqatli moddalar va hazm fermentlari tarkibi mos kelishlari kerak. Bu nazariyada xazm uch bosqichdan iborat ekanligi va oziqlanish mana shu bosqichlarga mos boʼlishi kerakligi taʼkidlab oʼtilgan. Masalan, laktaza yetishmovchiligida sut mos kelmaydigan ovqat hisoblanadi. Bu nazariyaga asosan, birlamchi nutrientlar hazm va soʼrilish jarayonida shakllansa, ikkilamchi oziq moddalar ichakdagi mikroorganizmlar faoliyati natijasida hosil boʼladi. Mikroorganizmlar taʼsirida hosil boʼlgan moddalar faqatgina energetik va plastik qimmatga ega boʼlmasdan, boshqa fiziologik jarayonlarga (immun, himoya, xulq atvor) ham taʼsir qilishi aniqlangan.
Ovqat ratsionini tuzish printsiplari. Normal hayot faoliyati, yaxshi kayfiyat, yuqori ish qobiliyati, har xil yuqumli kasalliklarga qarshilik qilish, oʼsish va rivojlanishlarni taʼminlash uchun oziqlanish organizmning plastik va energetik, mineral tuzlar, vitaminlar va suvga boʼlgan extiyojini toʼla qondirishi kerak. Ovqat ratsionini tuzish (yaʼni, odam organizmi uchun bir sutkada zarur boʼlgan oziq moddalar tarkibi va miqdori) quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
1. Ratsiondagi ovqatlar energiyasi organizmning energetik sarfini qoplashi zarur.
2. Oziq moddalarning kalorik qimmatini aniqlash uchun 100 g ovqat tarkibidagi oqsil, yogʼ va karbonsuvlarning foiz miqdori va kaloriyaliligini koʼrsatuvchi jadvaldan foydalaniladi.
3. Oziq moddalar izodinamiyasi qonunidan foydalaniladi, yaʼni oqsil, yogʼ va karbonsuvlar energetik qimmati hisobga olingan holda bir-birining oʼrnini bosishi mumkin. Masalan, 1 g yogʼ (9,3 kkal) 2,3 g oqsil yoki karbonsuv oʼrnini bosishi mumkin. Lekin bu bir-birining oʼrnini bosish faqat qisqa muddat davomida boʼlishi mumkin , chunki oziq moddalar energetik vazifadan tashqari plastik vazifani ham bajaradilar.
4. Ovqat ratsionida har bir gurux ishchilari extiyojini qondiradigan optimal miqdorda oqsil, yogʼ va karbonsuvlar boʼlishi kerak, masalan 1 guruh ishchilari uchun sutkalik ratsionda 80-120 g oqsil, 80-100 g yogʼ va 400-600 g karbonsuvlar boʼlmogʼi zarur.
5. Ratsion tarkibidagi oqsil, yogʼ va karbonsuvlar nisbati 1:1,2:4 boʼlishi kerak.
6. Ratsiondagi ovqat organizmning vitaminga, mineral tuz va suvga boʼlgan extiyojini toʼla qondirishi hamda almashtirib boʼlmaydigan aminokislotalarni oʼzida saqlashi zarur.
7. Oqsil va yogʼlarning sutkalik miqdorini 1/3 qismi hayvon mahsuloti sifatida boʼlishi kerak.
8. Ratsiondagi ovqat kaloriyasi ovqatlanish miqdoriga toʼgʼri taqsimlanishi kerak. Birinchi nonushta sutkalik energiyaning 25-30 % ini, ikkinchi nonushta 10-15 % ini, tushlik 40-45 % ini, kechki ovqatlanish esa 15-20 % ini tashkil qilishi kerak.
Oziq moddalarning energetik qimmati. Birorta modda oksidlanganda ajralib chiqadigan energiya uning bosib oʼtgan bosqichlariga bogʼliq emas (yaʼni yonadimi yoki katabolik jarayoni natijasida oksidlanadimi va h.k.). Oziq moddalardagi energiya miqdori suv hammomida, yopiq kamera kalorimetrik bombada aniqlanadi. Kameraga maʼlum miqdordagi modda solinadi, toza O2 bilan toʼldiriladi va modda yondiriladi. Kamerani oʼrab turgan suvni isishiga qarab ajralgan energiya aniqlanadi.
Karbonsuvlar oksidlanganda 17,17kDj /g (4,1 kkal/g) 1g yogʼ oksidlanganda 38,96kDj (9,3 kkal) issiqlik ajraladi. Energiyani uzoq muddat davomida yogʼ sifatida zaxira qilish organizm uchun eng qulaydir. Oqsillar organizmda toʼla oksidlanmaydilar. Oqsildan aminogruppalar ajralib mochevina sifatida organizmdan chiqarilib yuboriladi. Shuning uchun ham oqsilning kalorimetrik bombada yondirilgani organizmda oksidlanganligidan koʼproq energiya ajratadi; kalorimetrik bombada oqsil yondirilganda-22,6/kDj/g (5,4kkal/g), organizmda oksidlanganda esa-17,7kDj/g (4,1kkal/g) ga teng. Bularning orasidagi farq mochevina yonganda ajralgan energiyaga toʼgʼri keladi.
АNАLITIK QISM
Logik masalalar:
1. Аgar ishchiga xolodilьnik sexida 10 yil mobaynida mexnat qilish kerak boʼlsa, unda uning tana xarorati qanday ushlab turiladi?
2. Hosilni yigʼib olish vaqtida xavo xarorati 38°Sni namlik 68%ni tashkil qilgan. Berilgan sharoitka organizm issiqlik ajratishning qaysi yoʼllari qoʼshiladi?
Inson muz xovuziga tushib ketdi, tezda uni tortib olishdi. Birinchi yordam tariqasida 40°Sli gorchitsa vannasi tavsiya qilindi. Bu protseduraning maqsadi va mexanizmini tushuntirib bering?
3. Ikkita talaba muntazam xommomga borib turishadi, bittasi – saunaga, ikkinchisi-bugʼliga. Mana bu xolatlarda xavo xarorati qanday? Qanday regulyatsiya mexanizmlari mashq qilinadi?
АMАLIY QISM.
АMАLIY ISHLАR:
2. Turli kasbga ega boʼlgan odamlar uchun ovqat ratsionini tuzish.
Metodik tavsiyanomalar.
Oʼqituvchi topshirigʼiga koʼra odamning kasbi, yoshini koʼrsatib unga ovqat ratsionini tuzing. Ovqat ratsionini tuzganda taʼomning nomi, uning tarkibiga kiradigan hamma oziqa moddalarini yozing. Bir sutkadagi ovqatlarning kalloriyasi sutklik energiya sarflanishiga mos kelishi kerak. Shaxsning yoshi, kasbiga kerak boʼlgan miqdorda oqsillar, yogʼlar, uglevodlar, vitaminlar, mineral tuzlar va suvni saqlashi kerak. Oqsil va yogʼlarni 1/3 qismi oʼsimlik mahsulotlari tashkil qilishi kerak. Bir sutkada qabul qilinadigan ovqatga mos keladigan kalloriyani toʼrtga taqsimlash kerak: nonushtaga 25-30% kalloriya, ikkinchi nonushtaga 10-15%, tushlikda 40-45%, kechki ovqatda 15-20%, nonushta va tushlikda oqsil oziqlarini, kechki ovqatga sut, oʼsimlik oziqlarini moʼljallash kerak. Jadvallarda oziqa moddalarining kimyoviy tarkibi, kalloriyaligi 100gr. hisobiga berilganligini unutmaslik kerak. Ularni oziqa miqdoriga qarab qayta hisoblash lozim.
BILIMLАR, KOʼNIKMАLАR VА QILА
BILMOQNI NАZORАT TURLАRI
- ogʼzaki;
- ovqat ratsionini tuzish topshirigʼi bajarilishini nazorat qilish;
- logik masalalarni yechish.
NАZORАT SАVOLLАRI.
1. Ovqatning spetsifik-dinamik taʼsiri (OSDT) haqida tushuncha.
2. Oziqa moddalarini energetik va plastik ahamiyati nimada?
3. Oziqa moddalari asosiy turlarining oziqa va kallorik qiymati qanday?
4. Oziqa moddalarining “Izodinamiya” qonuni va uning kamchiligi nimadan iborat?
5. Ratsioanal ovqatlanish (oziqlanish normalari)ning fiziologik asoslari.
6. Turli kasbdagi kishilarning oziqlanish normalari.
7. Ovqatlanishning optimal rejimi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin