MАVZU: OSHQOZON VА ICHАKDА HАZM QILISHNI OʼRGАNISH. MАVZUNI OʼRGАNISH DАVOMIYLIGI MАSHGʼULOT MАQSАDI.
- meʼda va ichakda hazm qilish jarayonlarini oʼrganish usullari bilan tanishish;
- hazm boʼlish jarayonini membranada kraxmal misolida kuzatish;
- meʼda va ichakning xarakat funktsiyalari xaqida, meʼdadan 12 barmoqli ichakga periodik ovqatni oʼtish mexanizmlari xaqida aniq tasavvurga ega boʼlish
ingichka ichakning soʼrish qobilyatiga ega boʼlishiga ishonch xosil qilish;
PEDАGOGIK VАZIFАLАR
Talaba quyidagi savollarni bilishi kerak:
1. Meʼda bezlari, meʼda shirasining tarkibini;
2. Meʼda sekretsiyasini asosiy fazalarini;
3. Meʼda bezlarining faoliyatini boshqarilishini;
4. 12 barmoqli ichakda hazm boʼlishini;
5. Meʼda osti bezini tekshirish usullarini. Meʼda osti bezi shirasini tarkibi va xossalarini;
6. Meʼda osti bezini tashqi sekretor faoliyatini boshqarilishini;
7. Hazm qilishda oʼtning rolini;
8. Oʼtning oʼt pufagiga tushishi. Oʼt pufagining rolini. 12 barmoqli ichakga oʼtning tushishini boshqarilishini;
9. Hazm qilish traktining harakat funktsiyasini ahamiyatini, ichakning xarakat turlarini;
10. Soʼrilish jarayonlarini tekshirish usullarini;
11. Meʼda-ichak traktida ozuqa moddalarning soʼrilish mexanizmlarini;
OʼQUV FАOLIYATINING NАTIJАLАRI
Talaba bajara olishi kerak:
amaliy ishlarni
1. Geydengayn tajribasini;
2. Kraxmalni devor oldi gidrolizini;
3. Аjratilgan oshqozon modelini tayyorlashni;
OʼQITISHNING USULI VА TEXNIKАSI
- logik masalalar
- situatsion (vaziyat) masalalar
- «Virtual fiziologiya» MM dasturi
MАSHGʼULOT MАZMUNI
NАZАRIY QISM.
Meʼdadagi hazm. Meʼdada oziq modda kimyoviy va mexanik ishlovdan oʼtadi. Bundan tashqari meʼda «ovqat deposi» vazifasini ham oʼtaydi. Mexanik ishlov meʼdaning harakati va kimyoviy ishlov uning shirasi tarkibidagi fermentlari taʼsirida amalga oshiriladi.
Meʼda quyidagi funktsiyalarni bajaradi: shira ajratish, motor (harakat), soʼrish, ekskretor (mochevina, siydik kislotasi, kreatinin, ogʼir metallar tuzlari, yod, dorivor moddalarni chiqarish), gomeostatik (rNni boshqarish), gemopoezda ishtirok etishi (Kasl ichki omilini ishlab chikarish).
Meʼdaning shira ajratish faoliyati. Shira ajratish faoliyati meʼdaning shilliq qavatida joylashgan bezlar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda uch xil bezlar oʼz hususiyatiga koʼra tafovut qilinadi: kardial, fundal (meʼdaning hususiy bezlari) va pilorik (meʼdani oʼn ikki barmoqli ichakka oʼtadigan sohasidagi bezlar). Bezlar- bosh, parietal(koplama), qoʼshimcha hujayralardan va mukotsitlardan iborat. Bosh hujayralar - pepsinogen, parietal hujayralar –xlorid kislota, qoʼshimcha hujayra va mukotsitlar-mukoid shira ishlab chiqaradi. Fundal sohada har uchchala hujayralar mavjud. Shuning uchun ham fundal soha shirasi fermentlarga boy, koʼp miqdorda HCl saqlaydi va meʼda hazmida ahamiyati katta.
Meʼda shirasi tarkibi va xossalari. Katta yoshli odamlarda bir sutka davomida 2-2,5 l miqdorda meʼda shirasi ajraladi. Meʼda shirasi kislotali muhitga (rN 1,5-1,8) ega. Uning tarkibi 99% suv va 1% quruq organik va anorganik moddalardan iborat.
Meʼda shirasining asosiy organik qismini erkin va proteinlar bilan bogʼlangan holda yuruvchi xlorid kislotalar tashkil qiladi. Xlorid kislota quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) meʼdadagi oqsillarni denaturatsiya qilish va boʼktirish orqali pepsin taʼsirida parchalanishni osonlashtiradi; 2) pepsinogenni faollashtiradi va pepsinga aylantiradi; 3) meʼda shirasi taʼsir qilishi uchun optimal kislotali muhitni yaratadi; 4) meʼda shirasi antibakterial taʼsirini taʼminlaydi; 5) oziq moddani meʼdadan oʼn ikki barmoqli ichakka evakuatsiyasi (oʼtishini) meʼyorda ushlab turadi; meʼda tomondan taʼsir qilib pilorik sfinkter ochilishini va oʼn ikki barmoqli ichak tomondan taʼsir qilib uning yopilishini taʼminlaydi; 6) pankreatik shira ajralishini kuchaytiradi.
Meʼda shirasining tarkibiga quyidagi anorganik moddalar ham kiradi: xloridlar, bikarbonatlar, sulfatlar, fosfatlar, natriy, kaliy, kaltsiy, magniy va boshqalar. Shiraning organik tarkibiga proteolitik fermentlar kiradi, ularning ichida asosiy vazifani bajaruvchi ferment pepsindir. Pepsinlar nofaol (sust) pepsinogen xolatida ajraladi va xlorid kislota taʼsirida faollashadi. rN 1,5-2,0 boʼlganda ularning proteolitik faolligi optimal boʼladi, oqsillarni albumoz va pentonlargacha parchalaydilar. Gastriksin rN 3,2-3,5ga teng boʼlganda oqsillarni gidrolizga uchratadi. Renin (ximozin) kaltsiy ionlari ishtirokida eruvchi oqsil kazionogendan erimaydigon kazein hosil qilish natijasida sutni oʼgʼizga aylantiradi. Meʼda shirasida preteolitik boʼlmagan fermentlar ham mavjud. Bularga faqat emulьsiyalangan yogʼlarni parchalovchi lipaza kiradi. Meʼdada oziq modda muhiti kislotali bulgunga qadar soʼlak amilazasi taʼsirida karbonsuvlar gidrolizi davom etadi.
Meʼda shirasida bakteriotsit taʼsirga ega boʼlgan lizotsim-moddasi bor. Shira tirkibidagi mutsin saqlovchi shilimshiq modda meʼdaning shilliq qavatini mexanik va kimyoviy taʼsirlardan himoya qiladi. Meʼdada gastromukopreteid yoki Kasl ichki faktori ishlab chiqariladi, meʼda shirasida, shuningdek, aminokislotalar va siydik kislotalari ham bor.
Meʼdada shira ajralishining boshqarilishi. Hazmdan tashqari vaqtda meʼda bezida faqat shilimshiq modda va pilorik shira ajraladi. Ovqatni koʼrganda, hidi sezilganda, ogʼiz boʼshligiga tushganida meʼdada shira ajralishi boshlanadi. Meʼdada shira ajralishini bir necha davrlarga boʼlish mumkin: murakkab reflektor (miya), meʼda va ichak davrlari.
Murakkab reflektor (miya) davri - shartli va shartsiz reflektor mexanizmlardan iborat. Meʼda shirasini shartli reflektor yoʼli bilan ajralishi hidlov, koʼruv, eshituv retseptorlarini qitiklanishi natijasida paydo boʼladi. Bu retseptorlardan afferent yoʼllari orqali kelgan impulslar talamus, gipotalamus, limbik tizimi va bosh miya poʼstlogʼini koʼzgatadi, uzunchoq miya sohasidagi hazm markazi qoʼzgʼaladi va meʼda bezlarining shira ajratish faoliyati boshlanishiga turtki boʼladi. Bu vaktda ajralgan shirani (ishtaha shirasi) deb atagan. Meʼdadan shartsiz reflektor shira ajralishi oziq modda tasirida ogʼiz boʼshligʼi, halqum, qiziloʼngach retseptorlari qoʼzgalgandan soʼng boshlanadi.
Аfferent impulslar til ( V juft), tilhalqum ( IX juft) va yuqoridagi xiqildok ( X juft) nervlari orqali uzunchok miyadagi meʼdaning shira ajratish markaziga tushadi. Markazdan adashgan nervning efferent tolalari orqali meʼda bezlariga keladi va shira ajralishini kuchaytiradi. Meʼdadan boshlangʼich davrda ajralgan shira proteolitik fermentlarga boy boʼladi va hazmda katta ahamiyat ega boʼladi.
Orqa miya markazlaridan kelayotgan simpatik tolalar qoʼzgalishi meʼda bezlaridan shira ajralishini tormozlaydi.
Shira ajralishining meʼda davri . Oziq modda meʼdaga tushganidan soʼng boshlanadi. Bu davr adashgan nerv, periferik refleks va gumoral omillar hisobiga amalga oshadi. Meʼdaning shilliq qavatidagi retseptorlar qoʼzgʼalishi bilan bogʼlik, bu yerdan impulslar adashgan nervning effekt tolalari orqali uzunchok miyaga boradi va u yerdan adashgan nervning effekt tolalari orqali meʼdaning bez hujayralariga keladi. Аdashgan nerv meʼdaga bir necha yoʼl bilan meʼdaning bosh, yopqichsimon va qoʼshimcha hujayralari bilan bevosita aloqasi priferik refleks va gumoral omillar orqali taʼsir qiladi. Аdashgan nerv tolalari meʼdaning pilorik qismida joylashgan gastrin ishlab chiqaruvchi hujayralarni innervatsiya qiladi. Gastrin bosh hujayralar hamda yopqich hujayralar faolligini oshiradi.Shuningdek, goʼsht, sabzovotlar ekstrakt, oqsilning mahsullari va bombezinlar gastrin ishlab chiqarishini kuchaytiradi. Meʼdaning antral qismida rN ning pasayishi gastrin chiqishini kamaytiradi. Аdashgan nerv taʼsirida meʼdaning YeS 2 hujayralarida gistamin ishlab chiqarilishi kuchayadi. Gistamin, yopqich hujayralarining N2-gistamin retseptorlari bilan muloqotda boʼladi va meʼdani yuqori kislotali, pensinogenni kam saqlovchi shira ajralishini taʼminlaydi.
Shira ajralishining ichak davri ximus medadan ichakka oʼtganidan soʼng boshlanadi. Ximus ichakning xemo-, osmo-, mexanoretseptorlariga taʼsir qilib reflektor yoʼl bilan meʼdadagi shira ajralishini oʼzgartiradi. Oziq moddalarning gidrolizga uchraganlik darajasiga qarab, meʼda shira ajralishini kuchaytiradi yoki susaytiradi. Shira ajralishini kuchayishi maxalliy va markaziy reflekslar tomonidan adashgan nerv, periferik refleks va gumoral omillar gastrin orqali amalga oshiriladi Bu faza yashirin davrining uzunligi va davomliligi bilan hxarakterlanadi. Meʼdada shira ajralishi sekretin, xkk-pz lar taʼsirida tormozlanadi, xlorid kislota ishlab chiqarilishi pasayadi, lekin pensinogen ajralishi kuchayadi, shuningdek, glyukagon, gip, Vip, neyretenzin, somatostatin, seratinin, bulbogasren va yog gidrolizi mahsullari taʼsirida ham xlorid kislota ajralish toʼxtaydi.
Meʼdaning harakat faoliyati. Meʼdaning harakat faoliyati uning sillik muskullari tomonidan taʼminlanadi. Meʼda och holatida maʼlum bir taranglikda boʼladi. Unda davriy harakati kuzatiladi (och harakat), bu vaqtda ochlik hissi seziladi. Ovqat istemol qilayotgan vaqtda va undan keyingi dastlabki daqiqalarda minutlarda meʼda boʼshashadi bu meʼdaning ovqatlanish retseptiv relaksatsiya davri sanaladi. Bu davr ovqatning depoda saqlanishini va meʼdadan shira ajralishini taʼminlaydi. Maʼlum vaqt oʼtgandan soʼng meʼdada qisqarish boshlanadi, qisqarish meʼdaning kardial qismida kuchli va antral qismida kuchsiz boʼladi. Meʼda qisqarishi, kardial - birinchi ritm boshqaruvchisi sohasida boshlanadi. Ikkinchi ritm boshqaruvchisi meʼdaning pilorik qismida joylashgan. Meʼdada uch tipdagi qisqarishlar toʼlqinini yozib olish mumkin 1)-kichik amplitudagi bir fazali toʼlkin, meʼdada bosim 1-2 dan 5-10mm sim. ustuniga teng boʼladi, bu jarayon 5-20 sekund davom etadi; 2)- yuqori amplitudali bir fazali toʼlqin, bosim 40-80 mm sim. ust. toʼgʼri keladi, 12-60 sekund davom etadi; 3)- oʼzgaruvchan bosim muhitida sodir boʼladigan murakkab qisqarish toʼlqinlari 1 va 2 koʼrinishdagi toʼlqinlar peristaltik xususiyatga ega, meʼdaning maʼlum darajada tarang holda ushlab turadi va meʼda devori shilliq qavati yaqinida oziq modda va shiralarning aralashishini taʼminlaydi. Bu toʼlqinlarning chastotasi 1 minutda 3 ga teng. Meʼdaning oʼrta qismida moddalar arlashmaydi, shuning uchun ham isteʼmol qilingan ketma-ketligiga qarab oziq moddalar qatlam-qatlam boʼlib joylashadi. 3 koʼrinishdagi toʼlqin meʼdaning pilorik qismiga xos, moddalarni meʼdadan oʼn ikki barmoqli ichakka evakuatsiya qilishda ahamiyati katta.
Meʼda harakatining xususiyati, kuchi, vaqt davomida oʼzgarishi meʼda va ichakda hazmning samarasi, oziq moddalarning miqdori, turi hamda boshqaruv mexanizmlar taʼsiriga bogʼlik. Аdashgan nervni qitiqlash va atsetilxolinni ajralishi meʼda harakatini kuchaytiradi. Аdashgan nerv shuningdek, tormozlovchi taʼsir ham koʼrsatishi mumkin; bunga meʼdaning retseptiv relaksatsiyasi misol boʼlishi mumkin. Simpatik nervni qitiqlash va D –adrenoretseptorlarni faollashuvi meʼda harakatini susaytiradi.
Meʼda harakatini boshqarishda gastrointestinal gormonlarning ahamiyati ham kattadir. Meʼda harakatini gastrin, motilin, serotonin, insulinlar kuchaytiradi, sekretin, XKTs-PZ, glyukagon, JIP-VIP larni tormozlaydi.
Ingichka ichakdagi hazm. Hazm jarayonlarining asosiy qismi ingichka ichakda sodir boʼladi. Uning boshlangʼich qismi oʼn ikki barmoqli ichakning hazmdagi ahamiyati kattadir. Bu soxada hazm jarayonlarida meʼda osti bezi, ichak shiralari va oʼt ayniqsa qatnashadilar. Meʼda osti va ichak bezlari shiralari tarkibidagi fermentlar oqsillar, yogʼlar karbonsuvlarni gidrolizga uchratadilar.
Meʼda osti bezi shirasi tarkibi va xossalari. Meʼda osti bezi bir sutkada 1,5-2,0 l shira ajratadi. Uning tarkibi suv va anorganik hamda organik moddalardan tashkil topgan. Shira tarkibida natriy, kaltsiy, kaliy, magniy kationlari va xlor, sulfat, fosfat anionlari mavjud. Аyniqsa bikarbonatlar miqdori katta, shuning uchun ham uning rN 7,8-8,5 ni tashkil qiladi. Pankreatik shira fermentlari kuchsiz ishqoriy muhitda faollashadi.
Pankreatik shira tarkibida gidrolitik fermentlar boʼlib, ular oqsil, yogʼ va karbonsuvlarni parchalaydilar, shuningdek nuklein kislotalarni parchalovchi nukleazalar ham bor. Pankreatik shira tarkibida lipaza va nukleaza fermentlari - faol xolatda; preteazalar-proenzim xolatda ajraladilar. Meʼda osti bezi shirasi tarkibida ajraluvchi b-amilaza polisaxaridlarni oligo-, di- va monosaxaridlargacha parchalaydi. Nuklein kislotalar ribo- va dezoksiribonukleazalar tomonidan parchalanadilar. Pankreatik lipaza ut kislotalar taʼsirida faolligi ortadi va lipidlarga taʼsir qilib monoglitserid va yog kislotalarigacha parchalaydi. Preteolitik fermentlar proenzim tripsinogen, ximotripsinogen, А va B prokorboksipeptidazalar xolatida ishlab chiqariladi. Oʼn ikki barmoqli ichakda ishlab chiqariluvchi enterokinaza taʼsirida tripsinogen tripsinga aylanadi. Keyinchalik tripsin tripsinogen va boshqa propeptidazalarga avtokatalitik taʼsir koʼrsatadi va ularni faollashtiradi. Tripsin, ximotripsin, elastazalar ovqat tarkibidagi oqsillarning ichki peptid bogʼlariga taʼsir etib, ularni aminokislatalargacha parchalaydi.А va B karboksipeptidazalar oqsil va peptidlarning oxirgi S-bogʼlariga taʼsir qiladilar.
Oʼt hosil boʼlishi va ajralishi. Oʼt jigarda hosil boʼladi va hazm jarayonida ishtirok etadi. Oʼtning hazmdagi ahamiyati quyidagilardan iborat: yogʼlarni emulsiyaga aylantiradi, natijada lipaza taʼsir etadigan sath kattalashadi; lipidlar gidrolizidan hosil boʼlgan moddalarni eritadi, ularning soʼrilishini va enterotsitlarda triglitseridlar resintezini osonlashtiradi; meʼda osti va ichak bezlari fermentlarini, ayniqsa lipaza faolligini orttiradi, shuningdek, oʼt oqsil, karbonsuvlar gidrolizi va soʼrilishlarini kuchaytiradi.
Oʼt quyidagi boshqaruv vazifalarini ham oʼtaydi: oʼt hosil boʼlishini va ajralishini, ingichka ichakning motor va sekretor faoliyatini, enterotsitlar proliferatsiyasi va koʼchib tushishini kuchaytiradi. Oʼt kislotalilikni kamaytirish va pepsin faolligini yoʼkotish orqali 12 barmoqli ichakka tushgan meʼda shira taʼsirini toʼxtatadi. Oʼt bakteriostatak taʼsirga ega. Yogʼda eruvchi vitaminlar, xolisterin, aminokislotalar va kaltsiy tuzlarini ichakda soʼrilishida oʼtning ahamiyati katta.
Bir sutkada 1000-1800 ml oʼt hosil boʼladi. Oʼt hosil boʼlishi (xolerez)- uzluksiz ketadi, oʼt ajralishi (xolekinez)-davriy, ovqat isteʼmol qilgandagina sodir boʼladi. Nahor paytida oʼt ichakka tushmaydi, oʼt pufagida yigʼiladi va u yerda depo sifatida saqlanadi, hamda quyuklashadi, shuning uchun ham ikki xil oʼt tafovut qilinadi-jigar va pufak oʼtlari.
Oʼt bir vaqtning oʼzida ham shira, ham ekskret moddadir. Oʼtning tarkibida har xil endogen va ekzogen moddalar ajraladi, biroz fermentativ faollikka ega. Jigar oʼtining rN 7,3-8,0 ga teng, oʼt pufagida saqlangan oʼtning rN 6,0-7,0 ga teng bunga sabab pufakda oʼtning tarkibidagi gidrokarbonatlar soʼrilishi va oʼt kislotalari tuzlari hosil boʼlishidir. Jigar oʼti suyuq, oltinga oʼxshash sariq rangga ega, solishtirma ogʼirligi 1,008-1,015 ga teng, pufakda saqlangan oʼt esa (suv va mineral tuzlar soʼrilishi hisobiga) quyuk, rangi toʼk sariq,, solishtirma ogʼirligi 1,026-1,048 ga teng, oʼt yoʼllarida ishlab chiqarilgan mutsin hisobiga oʼt yopishqoqligi ortadi.
Oʼt glikoxol (80%) va tauroxol (20%) kislotalarini saqlaydi. Odamlarda asosiy oʼt pigmenti bilirubin boʼlib qizgʼish-sariq rangga ega. Bilirubin oksidlanishi natijasida ichaklarda hosil boʼluvchi ikkinchi pigment biliverdin zangori rangga ega. Oʼt tarkibiga fosfolipidlar, oʼt kislotalari, xolesterin, oqsil va bilirubin kiruvchi lipoproteinli birikma majmuasi bor. Bu birikma ichakda lipidlarning tashilishi, ularning ichak jigar orasida aylanib yurishi va umumiy modda almashinuvida katta ahamiyat kasb etadi.
Parasimpatik nerv tolalari qitiqlanganda oʼt hosil boʼlishi va ajralishi kuchayadi, simpatik tola qitiqlanganda esa, aksincha susayadi. Parasimpatik tola qoʼzgʼalganda oʼt pufagi tanasi mushaklari qisqaradi, sfinkterlari esa boʼshashadi, natijada oʼt oʼn ikki barmoqli ichakka ajraladi. Simpatik nerv qoʼzgalganda sfinkter qisqaradi va oʼt pufagi tanasi boʼshashadi.
Oʼt haydovchi gumoral omillarga birinchi boʼlib oʼtning oʼzi kiradi. Shuningdek, gastrin, XTsK-PZ, sekretin, prostoglandinlar ham oʼt ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Tuxum sarigʼi, sut, yogʼlik ovqatlar, non, goʼsht kabi oziq moddalar oʼt hosil boʼlishini va ajralishini kuchaytiradi.
Oʼt ajralishini XTsK-PZ, gastrin, sekretin, bombezin, atsetilxolin, gistaminlar kuchaytiradi, glyukagon, kaltsitonin, VIP, PP lar tormozlaydi.
Ichak shirasi tarkibi va xossalari. Ichak shirasi ichakning shilliq qavatida joylashgan (duodenal, yoki brunner, ichak burmalarida joylashgan liberkyun, ichak epiteliotsitlari, bokalsimon hujayra, ponet hujayrasi) bezlar mahsulidir. Katta yoshdagi odamlarda bir sutkada 2-3 litr ichak shirasi ajraladi. Shira rN 7,2 da 9,0 gacha ajraladi, u suv va quruq anorganik va organik moddalardan iborat. Shira tarkibida anorganik moddalardan bikorbonatlar , xloridlar, natriy, kaltsiy, fosfatlardan bor. Organik tarkibiga oqsil, aminokislatalar, mutsinlar kiradi. Ichak shirasi tarkibida 20 dan ortiq gidrolitik fermentlar mavjud. Bularga enterokinaza, peptidazalar, ishqoriy fosfataza, nukleaza, lipaza, fosfolipaza, amilaza, laktaza va saxarazalar kiradi. Fermentlarning ichak shirasi, asosan, shilliq qavatidan yemirilgan epiteliotsitlar tarkibida tushadi. Katta miqdordagi fermentlar epitelotsitlar yuzasiga shimdirilib olinadi va devor oldi hazmida ishtirok etadi.
Ingichka ichakdagi boʼshliq va devoroldi hazmlari. Ingichka ichakda ikki hil: boʼshliqdagi va devoroldi hazmlari tafovut qilinadi. Boʼshliqdagi hazm ichakka hazm shiralari (meʼda osti bezi shirasi, oʼt, ichak shirasi) tarkibida tushgan fermentlar taʼsirida amalga oshiriladi. Boʼshliqdagi hazm natijasida yirik molekulali (polimerlar) moddalar oligomerlargacha parchalanadi. Keyingi gidroliz jarayoni shilliq qavati sohasida sodir etiladi.
Devoroldi hazmi shilliq qavat, shilimshiq qoplama, glikokaliks va mikrovorsinkalar sohasida davom etadi. Shilimshiq qoplama ichak shilliq qavatida ishlab chiqarilgan shilimshiq modda va koʼchib tushgan ichak epiteliylaridan iborat. Bu qavatda koʼp miqdorda meʼda osti bezi va ichak shirasi fermentlari bor. Bu qavat orqali oʼtayotgan oziq moddalar ana shu fermentlar taʼsiriga uchraydi, glikokaliks yuzasiga ichak boʼshligʼidagi hazm shirasidan shimib olingan fermentlar yordamida oziq moddalar gidrolizga uchraydi. Enterotsitlarning apikal pardasida ichak fermentlari sarflanib turadi va bu yerda haqiqiy devoroldi hazmi sodir boʼladi, oziq moddalar shu pardaga tegib monomerlargacha parchalanadilar. Аpikal pardadagi fermentlar va tashuv tizimi yaqin turganliklari tufayli gidroliz va soʼrilish jarayonlari bir-biri bilan bogʼlik holatda ketadi. Gidrolizning tugallanishi soʼrilishning boshlanishiga sharoit yaratib beradi.
Devoroldi hazmining asosiy belgilari quyidagilar: ichak burmalaridan vorsinkalar uchiga borgan sari epiteliotsitlarning shira ajratish faolligi kamayib boradi. Vorsinkalar uchida asosan dipeptidlar, asosida esa disaxaridlar fermentlar faolligiga, pardaning shimib olish xossasiga, ingichka ichak harakatiga, boʼshliqdagi hazm jadalligiga, parhezga bogʼliq.
Yoʼgʼon ichakdagi hazm. Iliotsekal sfinkter orqali ingichka ichakdan ximus yoʼgon ichakka oʼtadi. Hazm jarayonida yoʼgon ichakning ahamiyati kamroq, chunki oʼsimlik kletchatkasidan boshqa barcha oziq moddalar ingichka ichakda hazm boʼladi va soʼriladi. Yoʼgon ichakda asosan suv soʼrilishi orqali ximus quyuqlashadi, kal massasi shakllanadi va ichakdan chiqarib yuboriladi. Yoʼgʼon ichakda shuningdek elektrolitlar, suvda eruvchi vitaminlar va karbonsuvlar soʼriladi.
Yoʼgʼon ichakning shira ajratish faoliyati. Yoʼgʼon ichak bezlari, asosan, shilimshiq, modda, koʼchib tushgan epitelial hujayra va oz miqdorda fermentlar (peptidazalar, lipaza, amilaza, ishqoriy fosfataza, katepsin, nukleaza) saqlovchi shira ajratadi. Yoʼgʼon ichakdagi fermentlar faolligi ingichka ichakka nisbatan ancha sust boʼladi. Lekin ingichka ichakda hazm jarayoni buzilganda uni kompensatsiyalash uchun yoʼgʼon ichak shira ajratish faoliyati kuchayishi mumkin. Yoʼgʼon ichak shirasi (rN 8,5-9,0) ishqoriy muhitga ega. Shira ajralish jarayoni mahalliy mexanizmlar yordamida amalga oshiriladi. Shilliq qavatini mexanik taʼsirlash shira ajralishini 8-10 marotaba kuchaytiradi.
АNАLITIK QISM.
«Virtual fiziologiya» – «Xazm qilish» MM dasturi
Logik masalalar:
1. Probirkadagi ichak sokiga kraxmal kleysteri solinadi. Uni hazm boʼlishini qanday qilib tezlatish mumkin? Izoxlang.
2. Umumiy oʼt yoʼlining bekilishi natijasida 12 barmoqli ichakga oʼtni tushishi toʼxtab qoladi. Ichakda qanday jarayonlarni buzilishini kutish mumkin?
3. Tekshiriluvchining toza meʼda shirasini pH i - 3ga teng, meʼda tarkibining pH i 7 ga teng. Norma bilan taqqoslang. Meʼdada qaysi jarayonlarni buzilishini kutish mumkin?
4. Maʼlumki, ayrim hayvonlarning oshqozon shirasi tibbiyotda axiliyani davolashda qoʼllaniladi. It ustida olib borilgan shunday tajribani koʼrsatingki, bunda oshqozon shirasini olish davolash terapiyasi maqsadlari uchun qulay boʼlsin?
АMАLIY QISM.
Аmaliy ishlar:
1. Gendengayn tajribasi.
2. Kraxmalning devor oldi gidrolizi.
3. Аjratilgan oshqozon modelini tayyorlash.
Metodik tavsiyanomalar:
Birinchi ishda narkozni kuzatish lozim (efirni dozasini oshirmaslik uchun). Fiziologik, gipo va gipertonik eritmalarni soʼrilish tezligini solishtiring. 2-chi ishni metodichka boʼyicha oʼtkazing. Ingichka ichakning shilliq qavatidagi adsorbtsiyalangan fermentlarni kelib chiqishini aniqlang. Ishlaganda ichak boʼlakchalarini shilliq qavatini shikastlamasdan asta sekin oʼgiring. MIT ning xamma boʼlinmalarida ozuqa moddalarni hazm boʼlishini va soʼrilish mexanizmlarini muxokama qiling.
BILIMLАR, KOʼNIKMАLАR VА QILА
BILMOQNI NАZORАT TURLАRI
- ogʼzaki;
- logik va vaziyat masalalarni yechish;
- amaliy ishlarni bajarilishini nazorat qilish;
- TMI ni bajarilishini nazorat qilish;
- ishlarni bayonnomalarni rasmiylashtirishni nazorat qilish;
NАZORАT SАVOLLАRI.
1. Meʼda shirasi tarkibiga kiradigan moddalarni ayting?
2. Аsosiy, qoplovchi va qoʼshimcha meʼda bezlarining hujayralarida qanday fermentlar, moddalar chiqarilishini ayting?
3. Meʼda shirasining tarkibiga qanday fermentlar kiradi?
4. Meʼda shirasining pepsini qanday xolda ajraladi?
5. Pepsinogen nima bilan aktivlanadi?
6. Qaysi moddalarga pepsin taʼsir qiladi va ularni qanday maxsulotlarga parchalaydi.
7. Ximozin nimaga taʼsir qiladi?
8. Meʼda lipazasining taʼsirini oʼziga xosligi nimada?
9. Odamning meʼda shirasida xlorid kislotasining % miqdori nechaga teng?
10. Meʼdada xlorid kislotasining hazm boʼlishdagi ahamiyati nimada?
11. Qaysi bezlardan ajralgan sekret 12 barmoqli ichakka quyiladi?
13. Meʼda osti bezi hazm traktiga qanday gormonlarni ajratadi?
14. Oʼt pigmentlarini xosil qiluvchi manbani ayting?
15. Oʼt kislotalarining oʼt xosil qilishdagi roli nimada?
16. Oʼt sekretmi yoki ekskretmi?
17. Oʼt reaktsiyasi qanaqa?
18. Jigarda hosil boʼlgan oʼtdan pufakdagi oʼtning farqi nimada?
19. Qaerdan va qachon oʼt 12 barmoqli ichakga tushadi?
20. Pankreatik lipazaga oʼt qanday taʼsir qiladi?
21. Yogʼlarni soʼrilishida oʼt kislotalarni taʼsir qilish yoʼllarini ayting?