O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi


Ichakning xarakat motor faoliyati



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə219/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Ichakning xarakat motor faoliyati
Ingichka ichakning ovqatga bog`liq (ovqat bor paytdagi) xarakat faoliyatini va davriy xarakat (ovqat yo`q paytdagi) faoliyatlarini ajratish mumkin. Ingichka ichakning murakkab xarakatlarini uning kundalang (ichki qavat) va uzunasiga (tashqi qavat) joyloashgan silliq muskullari yuzaga chiqaradi. Bu xarakatlar ximusni hazm shiralariga aralishishini, ichak bo`ylab siljishini, bevosita shilliq parda yuzasidagi ximusning almashinishini, ichak bo`shlig`ida ma'lum bosim xosil bo`lishini ta'minlaydi. Hazm tizimi bo`sh bo`lganda (naxorda), ingichka ichakka davriy xarakatlar xos. Osoyishtalik davrida o`n ikki barmoq ichakda 40-50 daqiqa davomida qisqarishlar kuzatilmaydi. Keyin qisqarishlar davri boshlanib, 65-90 daqiqa davom etadi. Bu davrda yuqori amplitudali chastotasi bir daqiqada 17-20 bo`lgan ritmik qisqarishlar va kichik amplitudali tonik to`lqinlar qayd qilinadi. Ish davrining oxirigi 8-15 daqiqalarida ichak tonusi sezilarli darajada ortadi, kuchli va teks ritmik kiskarishlar kuzatiladi. Kimogrammalarda qisqarishlar amplitudasi tengligi va ritmining kat'iyligi bilan ajralib turadigan bu bosqich ish davrining yakunlovchi bosqichi deb xisoblangan.
Kun davomida odam bir necha marotaba ovqatlanadi, shu tufayli ingichka ichakda deyarli doimo ximus bo`ladi, Shuning uchuy ichak xarakatlari davriyligini maxsus sharoitda, 15-20 soat ovqat iste'mol qilinmagandagina kuzatish mumkin.
Yo`g`on ichakka sekretor, motor va so`rish faoliyatlari xarakterli. Shular bilan bir katorda yo`g`on ichak mikroorganizmlari ximusning tarkibiy qismlariga fermentativ ta'sir ko`rsatib, vitamin va boshqa biologik faol moddalarni sintezlab, makroorganizmning modda alchmashinuvchiga seszilarli darajada aralashadi. Shu bilan birga yo`g`on ichakdagi mikroflora, o`z egasi organizmiga morfokinetik va immunogen ta'sirini beradi.
Nazorat savollari.:
1. Ingichka ichakdagi ovqat maxsulotlari qanday o`zgarishlarga uchraydi?
2. Pankreatik shira tarkibini tushuntiring.
3. Pankreatik shira tarkibida buluvchi asosiy fsrmentlarni ta'riflang?
4. Enterokinoza nima?
5. Oqsilar, yog`lar, uglevodlarning hazm bo`lishida foaliyat ko`rsatuvchi fermentlar xaqida ayting?
6. Simpatik va parasimpatik tolalar oshqozon osti beziga qanday axamiyatga ega?
7. Hazm yo`li faoliyatiga ichak garmonlarining ta'sirini tushuntiring?
8. Hazm jarayonida jigarning tutgan urni qanday?
9. Ovqatni hazm bo`lishida ingichka ichakning faoliyati qanday ax,amiyatga ega?
10. Ichakning proteoletik fermentlari xakida ayting?
11. Hazm bushliklarida amalga oshuvchi hazm jarayoni kanday boradi?
12. Hujayra ichidagi hazm deganda nimani tushunasiz?
13. Membrana hazmida nimani tushunasiz?
14. Ichakda boradigan surilish jarayonlarini aytib bering?
15. Ichakning xarakat-motor faoliyati xakida tushuncha bering?



Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin