O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə241/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Miya o’zanining tonik reflekslari. Miya o’zanining bulbar bo’limning va ayniqsa mezentsefal bo’limning-eng muhim funktsiyasi shuki, u gavdaning fazodagi vaziyatiga qarab muskullar tonusini qayta taqsimlaydi. Muskullar tonusi refleks yo’li bilan qayta taqsimlanib, gavda muvozanatining saqlanishini ta’minlaydi.
R.Magnus hilma-hil tonik reflekslarning jami yig’indisini ikkita guruxga bo’ldi:
1) gavdaning fazodagi muayyan vaziyatini taqozo qiladigan statik reflekslar va
2) gavdaning surilishi bilan yuzaga chiqadigan stato-kinetik reflekslar. Statik reflekslarning o’zi ikkita katta guruxga ajratiladi. Birinchi guruxi gavdaning muayyan vaziyatini yoki fazasini ta’minlaydi va vaziyat reflekslari yoki pozatonik reflekslar deb ataladi. Ikkinchi gurux gavdaning g’ayri tabiiy vaziyatdan normal vaziyatga qaytishini ta’minlaydi va rostlash reflekslari deb ataladi.
Vaziyat reflekslarida tonus qayta taqsimlanadi, masalan qo’l yoki oyoqning yozuvchi muskullari tonusi kamayib, bukuvchi muskullar tonusi oshadi. Bunday reflekslarni uzunchoq miya markazlari yuzaga chiqaradi. Gavda vaziyati reflekslarining kelib chiqishida vestibulyar apparat retseptorlaridan va bo’yin muskullarining proprioretseptorlaridan keluvchi afferent impulslar katta ahamiyatga ega.
BILIMLАR, KOʼNIKMАLАR VА QILА
BILMOQNI NАZORАT TURLАRI
- ogʼzaki;
- ishlarni bajarilishi va bayonnomani rasmiylashtirishni nazorati;
- vaziyat va logik masalalarni yechishni nazorati;
- ish oʼyinini natijalari;
- TMIni bajarish.
Nazorat savollari.
1. Markaziy nerv sistemasi haqida umumiy ma’lumot?
2. Orqa miyaning tuzilishi va funktsiyasi?
3. Oldingi va orqa ildizlar tolalarining periferiyada taqsimlanishi?
4. Spinal shok?
5. Orqa miya reflekslari (spinal reflekslar)?
6. Orqa miya o’tkazuvchi yo’llarining funktsiyalari?
7. Keyingi miyaning o’tkazuvchi yo’llari?



Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin