O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi


Vegetativ innervatsiyaning ahamiyati



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə272/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Vegetativ innervatsiyaning ahamiyati.
Vegetativ nerv sistemasining vazifasi periferik organlardagi, shuningdek markaziy nerv sistemasidagi modda almashinuvi, qo’zg’aluvchanlik va avtomatiyani boshqarishdan iborat. Vegetativ nerv sistemasi to’qima va organlarning fiziologik holatini boshqarib va o’zgartirib, ularni butun bir organizmning shu paytdagi faoliyatiga moslashtiradi. Organlarning ishlash sharoitiga qarab, ularga vegetativ nerv sistemasi tuzatuvchi yoki ishga tushiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Organ avtomatiyali bo’lib, uzluksiz ishlasa, simpatik yoki parasimpatik nervlar orqaLi keluvchi impulslar esa organ faoliyatini faqat kuchaytirsa yoki susaytirsa tuzatuvchi (korrektsiyalovchi) ta’sir ko’rsatdi, deb aytishadi.
Qo’shaloq vegetativ innervatsiya. Vegetativ nerv sistemasidan innervatsiyalangan organlarning aksarisi shu sistemaning ikki bo’limiga— simpatik va parasimpatik nerv «istemasiga bo’ysunadi. Organlarga vegetativ nervlar orqali keluvchi impulslar ta’sirida shu organlar faoliyatining o’zgarishi haqidagi ma’lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan.
Simpatik va parasimpatik nervlarning organlarga ta’siri.

Organ

Parasimpatik nervlar ta’siri

Simpatik nervlar ta’siri

Yurak

Sekinroq urib, qisqarish kuchi kamayadi

Tezroq urib, qisqarish kuchi oshadi

Teri tomirlari. Ichki organlarning tomirlari

Kengayadi

Torayadi

Til va so’lak bezlari ning tomirlari

Kengayadi

Torayadi

Jinsiy organlarning tomirlari

Kengayadi

Torayadi

Ko’z

Qorachig’i torayadi (rangdor pardaning halqasimon muskullari qisqaradi)

Qorachig’i kengayadi (rangdor pardaning radial muskullari qisqaradi)

Bronxlar

Torayadi

Kengayadi

So’lak bezlari

So’lak chiqaradi

So’lak chiqaradi

Me’da bezlari

Shira chiqaradi

Shira chiqishi susayadi

Me’da osti bezining tashqi sekretsiya to’qimasi

Shira chiqaradi



Me’da osti bezining Langergans orolchalari

Insulin chiqaradi



Buyrak usti bezlarining mag’iz qavati



Adrenalin chiqaradi

Teri silliq muskullari



Qisqaradi

Me’daichak silliq muskullar

Qisqarishlari kuchayib, tonusi oshadi

Qisqarishlari susayib, tonusi kamayadi

Homilasiz bachadonning silliq muskullari



Bo’shashadi

Homilali bachadonning silliq muskullari



Qisqaradi

Qovuq silliq muskullari

Qisqaradi

Bo’shashadi

Qovuq sfinkteri silliq muskullari

Bo’shashadi

Qisqaradi

Simpatik va parasimpatik bo’limlar ko’pgina organlarga qaramatsarshi ta’sir ko’rsatadi, ya’ni funktsional antagonistlar hisoblanadi. Nerv sistemasining shu ikki bo’limi o’rtasidagi funktsional antagonizm yana shunda ko’riladiki, ulardan biri organizm holatini bir yo’nalishda o’zgartiruvchi ichki sekretsiya bezini innervatsiyalay oladi, ikkinchisi esa organizm holatini qarama-qarshi yo’nalishda o’zgartiruvchi boshqa bezni innervatsiyalaydi. Masalan, simpatik nervlar buyrak usti bezining mag’iz qavatini innervatsiyalab, adrenalin chiqishini kuchaytirady va, shu tariqa, qondagi qandni ko’paytiradi, ya’ni giperglikemiyaga sabab bo’ladi, parasimpatik nervlar me’da osti bezining Langergans orolchalarini innervatsiyalab, insulin chiqishini kuchaytiradi, buning oqibatida esa qondagi qand kamayadi, ya’ni gipoglikemiya ro’y beradi.


Simpatik va parasimpatik sistemalar ta’sirida organizmda ro’y beruvchi funktsional o’zgarishlar yig’indisini analiz qilish shuni ko’rsatadiki, simpatik nerv sistemasi organizm kuchlariga zo’r berishini talab qiladigan sharoitda uning intensiv ishlashiga imkon bersa, parasimpatik nerv sistemasi, aksincha, o’sha zo’r berib ishlash paytida organizm yo’qotgan resurslarning tiklanishiga yordam beradi. Darhaqiqat, simpatik nerv sistemasi qo’zg’olganda yurak tezroq urib, qisqarish kuchi oshadi, qonning arterial bosimi ko’tariladi, jigardagi glikogen parchalanib, qonda glyukoza ko’payadi, skelet muskullarining ish qobiliyati ortadi; parasimpatik nerv sistemasi qo’zg’alganda esa, aksincha, yurak sekinroq urib, qisqarish kuchi kamayadi, qon bosimi pasayadi, insulin ko’proq ishlanib chiqib, glikogenning to’planishiga va qondagi glyukozaning kamayishiga imkon beradi, me’dadan va me’da osti bezidan shira chiqishi kuchayib, ovqat hazmi osonlashadi. Organizmning shoshilinch ish ko’rishini talab qiladigan har xil sharoitda simpatik nerv sistemasi tonusining oshib ketishi, uyqu vaqtida, aksincha, parasimpatik nerv sistemasi tonusi oshib ketishining ahamiyati shundan tushunarli.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin