O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə280/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Akkomodatsiya mexanizmi. Gavharning qabariqligini o’zgartiradigan kipriksimon muskullarning qisqarishi ko’zning akkomodatsiya mexanizmida muhim ahamiyat kasb etishini G.Gelmgolts ko’rsatib berdi. Gavhar kapsulaga o’ralgan, bu kapsula chetlari esa kipriksimon tana (corpus ciliare)ga yopishuvchi TSinn boylamining tolalariga o’tadi. TSinn boylamlari hamisha tarang turadi va ularning tarangliligi gavharni qisib yassilaydi. Kipriksimon tanada silliq muskul tolalari bo’lib, bu tolalar qisqarganda TSinn boylamlari silqillab qoladi, natijada gavxarni kamroq qisadi. SHundan ma’lumki, kipriksimon muskullar akkomodatsion muskullardir. Ularni harakatlantiruvchi nervning parasimpatik tolalari idora etadi. Ko’zga atropin tomizilganda bu muskulga qo’zg’alish o’tmay qoladi, natijada ko’z yaqindagi narsalarni ko’rishga moslasha olmaydi. Aksincha, parasimpatomimetik moddalar-pilakarpin va ezerin kabilar muskulning qisqarishini chaqiradi. Yoshlarning normal ko’zi uchun ravshan ko’rish uzoq nuqtasi cheksizdir. Ular uzoqdagi narsalarni akkomodatsiyaga zo’r bermasdan ko’raveradi. Ravshan ko’rishning eng yaqin nuqtasi ko’zdan 10 sm masofada bo’ladi. 10 sm dan yaqinrok turgan narsalarni 20 yashar odam hatto kipriksimon muskulni maksimal qisqartirganda ham ravshan ko’ra olmaydi.
Ko’z refraktsiyasining anomaliyalari. Ko’zning asosan ikkita refraktsiya anomaliyalari tafovut etiladi: yaqindan ko’rish-miopiya va uzoqdan ko’rish-gipermetropiya. Bu anomaliyalar odatda nur sindiruvchi muhitlarning kamchiligiga bog’liq bo’lmay, ko’z soqqasining anomal uzunligidan kelib chiqadi.
Ko’zda normal refraktsiya (A), yaqindan ko’rish (B), uzoqdan ko’rish (G), yaqindan ko’rish (B) va uzoqdan ko’rishning (D) korrektsiyasi.
Yaqindan ko’rish. Ko’zning bo’ylama o’qi haddan tashqari uzun bo’lsa, asosiy fokus to’r pardada emas, uning oldida shishasimon tanada bo’ladi. Bunday ko’z yaqindan ko’ruvchi – miopik ko’z deb ataladi. Yaqindan ko’ruvchi kishida ravshan ko’rishning uzoq nuqtasi cheksizlikdan oxirgi va anchagina yaqin masofaga keladi. Yaqindan ko’ruvchi kishi uzoqni ravshan ko’rishi uchun botiq ko’zoynak taqish kerak. Botiq ko’zoynak gavharning nur sindiruvchi kuchini kamaytiradi va tasvirni to’r pardaga tushiradi.
Uzoqdan ko’rish. Uzoqdan ko’ruvchi ko’zning bo’ylama o’qi kalta, shu sababli uzoqdagi narsalardan kelayotgan parallel nurlar to’r parda orqasida to’planadi. To’r pardada esa yorug’ sochish doirasi vujudga keladi, ya’ni narsa tasviri noaniq, yoyilib tushadi. Refraktsiyaning bu kamchiligini bartaraf qilish uchun akkomodatsiyaga zo’r berish ya’ni, gavhar qabariqligini oshirish zarur. SHu sababli uzoqdan ko’ruvchi kishi faqat yaqinga qaraganda emas, balki uzoqqa qaraganda ham akkomodatsion muskullarga zo’r beradi. Uzoqdan ko’rishni bartaraf qilish uchun odamlar ikki tomoni qabariq ko’zoynak taqishadi. Gipermetropiyaning qarilik davridagi uzoqdan ko’rishga aralashtirmaslik kerak.
Astigmatizm. Turli yo’nalishlarda (masalan, gorizontal va vertikal meridianlar bo’yicha) nurlarning turlicha sinishi astigmatizm deb yuritiladi. Astigmatizmni ham refraktsiya anomaliyalariga qo’shmoq maqsadga muvofiq bo’ladi. Barcha yoshdagi kishilarni bir qadar astigmatik hisoblanadi, shuning uchun astigmatizmni optik sistema bo’lgan ko’z tuzilishining takomillashmaganligiga yo’ymoq kerak.
Astigmatizmning asosiy sababi, ko’zning shox pardasi tom ma’nodagi sferik yuzaga ega emasligida bo’lib, shox pardaning turli yo’nalishlardagi egrilik radiusi turlicha.
Astigmatizmning kuchli darajalari tsilindrlik yuzaga o’xshab ketadi, natijada to’r pardadagi tasvir buziladi.
Qarilik davrida uzoqdan ko’rish. Odamning yoshi ulg’aygan sayin akkomodatsiya kuchi kamayib boradi, chunki odam keksaygan sayin gavxar elastikligi kamayadi va TSinn boylamlari bo’shashganda gavhar qavariqligi yo o’zgarmaydi yoki salgina oshadi. Bu xolat qarilikdagi uzoqdan ko’rish yoki presbiopiya deb ataladi. Shuning uchun keksaygan kishilar kitob o’qiyotganda uni ko’zlaridan uzoqroq ushlaydilar.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin