O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə302/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Ish anjomlari: Forster perimetri, har xil rangli markalar (belgilar), tsirkul, chizg’ich, rangli qalamlar.
Tajriba o’tkazish tartibi. Ko’rish maydoni Forster perimetri yordamida aniqlanadi. Perimetr yorug’lik qarshisiga o’rnatiladi. Tekshiriluvchi yorug’likka nisbatan orqa tomoni bilan o’tirgach, perimetr shtativining o’yilgan joyiga iyagini qo’yadi. Agar chap ko’zning ko’rish maydoni aniqlanadigan bo’lsa, iyak taglik (podstavka)ning o’ng qismiga qo’yiladi. Taglikning balandligi shunday boshqariladiki, bunda ko’z kosasining pastki chegarasi shtativning yuqori chegarasiga to’g’ri kelsin.
Tekshiriluvchi nigoh pe-rimetr markazidagi oq nuqtaga qaratilgani holda, ikkinchi ko’z qo’l bilan yopilishi kerak (76-rasm).

Perimetr yoyi gorizontal holatga qo’yilib, o’lchash boshlanadi. Buning uchun oq marka yoyning ichki yuzasi bo’ylab 90° dan 0° ga tomon sekin olib kelinadi va tekshiriluvchi oq nuqtaga qarab turgani holda markani ko’rayotganini aytish kerak. Tekshiruvchi to’g’ri kelgan burchakni aniqlab, ikkinchi marta yana tekshiradi. Ko’zning qancha ko’p meridiani bo’yicha ko’rish maydoni aniqlansa, shuncha u aniq bo’ladi. Bu usulni egallab olish uchun 2 ta asosiy meridian: gorizontal (tashqi, ichki) va vertikal (yuqori, pastki) bo’yicha aniqlash bilan chegaralanish mumkin.
Oq marka rangli markaga almashtirilib, yuqoridagi usulga asosan rang ko’rish maydoni aniqlanadi va tekshiriluvchi faqat markani ko’rmasdan, balki uning rangini ham aniq bilishi kerak. Ko’rish maydonini ko’k yoki bir necha ranglarda aniqlash mumkin.
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar. Tekshirish natijalarini jadvalga yozing.
Ko’rish maydonining chegaralari

Yo’nalishi

Ko’rish maydonining gradusdagi kattaligi


Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin