O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi


Uzunchoq miya va varoliy ko’prigi (keyingi miya)



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə96/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Uzunchoq miya va varoliy ko’prigi (keyingi miya).
Uzunchoq miya bilan Varoliy ko’prigi keyingi miya degan umumiy nom bilan birlashtiriladi. Ular o’rta miya bilan birga miya o’zanini hosil qiladi. Miya o’zanining tarkibigi bir talay yadrolar hamda ko’tariluvchi va tushuvchi yo’llar kiradi. Miya o’zanidagi to’rsimon tuzilma-retikulyar formatsiyaning muhim funktsional ahamiyati bor.
Miya o’zani anatomik va funktsional jihatdan orqa miya, miyacha va katta yarim sharlar bilan bog’langan. Murakkab koordinatsiyali ko’pgina harakat reflekslarining yoylari miya o’zanida tutashadi. Nafas olish yurak faoliyati, tomirlar tonusini boshqaradigan hayot uchun muhim markazlar miya o’zanidadir. Hazm a’zolari va boshqa bir qancha a’zolarning funktsiyalarini idora etuvchi markazlar ham miya o’zanida.
Miya o’zanining fiziologiyasini eksperimental yo’l bilan o’rganishda uchraydigan katta qiyinchilik shundan iboratki, hayvonlarning miya o’zani qirqilib qo’yilganda turli funktsiyalar buziladi, chunki hayvonlarning har xil turlarida miyaning shunga mos keluvchi bo’limlari turlicha ahamiyat kasb etadi. Modomiki shunday ekan, odam miya o’zanining fiziologiyasini tushunmoq uchun turli kasalliklarda funktsiyalar buzilishini klinikada kuzatish muhim axamiyatga egadir. Turli kasalliklarda miya o’zani yadrolar yoki o’tkazuvchi yo’llar zararlanadi.
Keyingi miyaning o’tkazuvchi yo’llari. Orqa miyadan bosh miyaga bosh miyadan orqa miyaga boradigan barcha nerv impulslari Varoliy ko’prigi bilan uzunchoq miyadan o’tadi. Bu impulslardan ba’zilari keyingi miyada yangi neyronga kiradi, bu neyron esa impulslarni markaziy nerv sistemasining yuqoriroqdagi bo’limlariga o’tkazadi. Goll va Burdax tutamlaridan o’tadigan impulslar shunday bo’ladi. Bir qancha o’tkazuvchi yo’llar, masalan, lateral kortikospinal trakt, Goll va Burdax yadrolaridan boshlanuvchi afferent yo’llar keyingi miyada kesishadi (uzunchoq miyaning ko’tariluvchi yo’llari medial qovuzloq sohasida kesishadi). O’tkazuvchi yo’llardan ba’zilarining tolalari kiritma va motor neyronlarda sinaps hosil qilib, keyingi miyada tugaydi. Masalan: impulslarni katta yarim sharlar po’stlog’idan bosh miya nervlarining harakatlantiruvchi yadrolariga o’tkazuvchi kortiko-bulbar trakt keyingi miyada tugaydi. Orqa miya neyronlarining holatini va faoliyatini o’zgartiruvchi impulslarni orqa miyaga o’tkazadigan ba’zi tushuvchi yo’llar keyingi miyadan boshlanadi. Masalan kortiko-spinal yo’llar va vestibulo-spinal tutam shunday.
O’tkazuvchi yo’llarning keyingi miyadagi yo’lini bilish keyingi miyaning turli qismlari shikastlanganda funktsiyalarning buzilish mexanizmi haqida tasavvur olishga imkon beradi. Keyingi miyaning bir tormonlama zararlanganini ko’rsatuvchi xarakterli belgi alternatsiyalovchi falajlardir. Bu falajlar shundan iboratki, keyingi miyaning zararlangan tomonidagi bir yoki bir necha serebral nerv (bosh miya nervi)ning harakat falaji bilan bir qatorda gavdaning qarama-qarshi tomonidagi motor funktsiyalari va sezuvchanlik ham buziladi. Buning sababi shuki, spinal yo’llar yo orqa miyaning o’zida, yoki keyingi miyada kesishadi, bosh miya nervlari esa bu yerda kesishmaydi.
V-XII serebral nervlarning yadrolari bilan bog’langan reflektor yoylar keyingi miyada tutashadi. Shu bosh miya nervlari orqali keluvchi afferent impulslar keyingi miyada kiritma va motor neyronlarga o’tadi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin