O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti magistratura bo‘limi «Tasdiqlayma n»



Yüklə 266 Kb.
səhifə7/8
tarix10.05.2023
ölçüsü266 Kb.
#110917
1   2   3   4   5   6   7   8
Ilmiy pedagogik ish KUNDALIGI (3)

Hisobot tayyorlash tartibi
Magistrant amaliyot so‘nggi haftasida mobaynida ixtisoslik kafedrasiga amaliyot to‘g‘risida to‘liq hisobot tayyorlaydi va kafedra shu hafta ichida magistrant-amaliyotchining hisobotini tinglab, reyting tizimida amaliyotni baholaydi va amaliyot qaydnomasining bir nusxasini universitet o‘quv bo‘limiga taqdim etadi.
Ilmiy pedagogik ish va malakaviy ish hisoboti A4 formatdagi qog‘ozda qo‘lyozma yoki kompyuterda bajarilib, quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi:
Kirish.
Dars tahlillari varaqalari.
Dars ishlanmalari va uning muhokama qaydnomasi.
Chop qilingan maqola kseronusxasi va nashrga tayyorlangan maqola.
Yotoqxonada o‘tkazilgan tadbir ssenariysi va murabbiylik soatining qaydnomasi.
Ilmiy jurnal hamda Internet maqolalariga tayyorlangan taqrizlar ushbu maqolalarning kseronusxasi yoki elektron versiyasi bilan. Ishchi dasturga tayyorlangan taqriz.
Ilmiy-metodik qo‘llanma yoki darslikka tayyorlangan annotatsiya.
Magistrlik dissertatsiyasining rejalashtirilgan qismining bajarilganligi to‘g‘risida hisobot va unga ilmiy rahbar xulosasi.
Elektron ishlanmaning qog‘ozda chop qilingan nusxasi yoki ilmiy rahbarning bajarilgan ishlar yuzasidan imzolangan axboroti.
Hisobot magistrant, uning ilmiy rahbari hamda kafedra mudiri tomonidan imzolanadi. Ilmiy pedagogik ish yakunlari kafedrada muhokama qilinadi va ushbu muhokamada magistrant to‘plagan ball va bahosi e’lon qilinadi.
Ilmiy-pedagogik ishning reyting ishlanmasi va baholash mezonlari

Ilmiy-pedagogik ishi har semester yakunida bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobot topshiriladi va yakuniy nazorat tarzida umumiy 100 ballik tizimida baholanadi, qaydnoma pedagogic ishga rahbar o‘qituvchi tomonidan to‘ldirilib, magistratura bo‘limiga topshiriladi.




Baholash mezonlari



O‘zlashtirish

Baholash mezoni

Ball hisobida

Baho

86-100

«5» – a’lo

Talaba ilmiy pedagogik ish va malakaviy amaliyot jarayonida ko‘zda tutilgan barcha vazifalarni to‘la, xatosiz, o‘zlashtirgan bilimlarni mustaqil, dadil va to‘g‘ri tatbiq etgan holda, topshiriqlarni vaqt me’yori doirasida bajarishi, ta’lim metodlarini bilishi va ulardan o‘rinli foydalanishi.

71-85

«4» – yaxshi

Belgilangan vazifalarni tushungan holda to‘g‘ri, talab darajasida, vaqt me’yori doirasida bajarishi, ta’lim metodlarini bilishi va ulardan o‘rinli foydalanishi.

55-70

«3» – qoniqarli

Vazifalarni tushungan holda, kamchiliklar Bilan bajargani uchun qo‘yiladi.

0-55

«2»– qoniqarsiz

Vazifalar bajarilmaganligi uchun




Yüklə 266 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin