9-mavzu. Davlat krediti Davlat kreditining mazmun-mohiyati va funksiyalari. Davlat kreditining sub’ektlar o‘rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iborat ekanligi va unda davlatning qanday sifatlarda maydonga chiqishi. Davlat kreditida davlatning kafilga aylanishi. Davlat tomonidan kafolatning berilishi va markazlashtirilgan pul fondidagi o‘zgarishlar. Kreditning bir turi sifatida davlat krediti klassik moliyaviy kategoriyalardan, xususan,
soliqlardan farq qiluvchi o‘ziga xos jihatlari.
10-mavzu. Sug‘urta Sug‘urtaning iqtisodiy mohiyati. Sug‘urta o‘ziga xos pul munosabatlarining yig‘indisi. Sug‘urtaning iqtisodiy kategoriya sifatida asoslanish tamoyillari. Sug‘urtaning funksiyalari. Sug‘urta shakllari. Tijoratga asoslanmagan sug‘urtaning o‘ziga xos xususiyatlari. Tijorat sug‘urtasi paydo bo‘lishining bosqichlari.
11-mavzu. Uy xo‘jaliklar moliyasi Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy xo‘jaliklari moliyasi. Uy xo‘jaligining ta’rifi. Uy xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan xarakterli xususiyatlar. Uy xo‘jaliklari moliyasining har bir davlat moliya tizimining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanishi va uning moliyaviy ahamiyati.
12-mavzu. Xalqaro moliya Xalqaro moliya. Xalqaro moliyaning rivojlanish tendensiyalari. Xalqaro moliya bilan bog‘liq munosabatlar. Jahon iqtisodiy va moliyaviy muhitining shakllanishiga ta’sir etgan sezilarli o‘zgarishlar. Valyuta kursi va valyuta bozorlari. Valyuta kursining inflyatsiyani hisobga olishga ko‘ra almashuv kurslari. Xorijiy investitsiyalar. Xorijiy investitsiyalar harakati. Islom moliyasi. Islom moliyasining nazariy asoslari. Islom moliyasining rivojlanish bosqichlari. Islomiy moliyaviy muassasalar. Islomiy moliyaviy xizmatlar. Islomiy moliyalashtirish. Islomiy va an’anaviy moliyalashtirish o‘rtasidagi farq. Xalqaro islom moliya bozori. Islom moliyasi qonunchiligi. O‘zbekistonda islomiy moliyani rivojlanishi.
13-mavzu. Moliyaviy nazariyalar Xorijiy iqtisodchilarning moliyaga oid nazariyalari. Siyosiy iqtisod klassiklari konsepsiyalarining asosiy mazmuni va ularning moliyaviy jihatlari. Soliqqa tortishni maqsadga muvofiq ravishda tashkil qilishning A.Smit tomonidan ilgari surilgan to‘rt asosiy tamoyillari va uni soliq konsepsiyasining maqsadlari. J.S.Mill “Xizmatlarning soliq nazariyasi”ning asosiy g‘oyasi. Yangi tarixiy maktab konsepsiyalari. A.Vagner tomonidan ishlab chiqilgan soliqqa tortish tamoyillari va ularning mazmuni. Moliyaviy muammolarning markschilar asarlarida talqini. Foydalilikning cheklanganligi nazariyasining moliyaviy jihatlari. J.M.Keyns moliyaviy konsepsiyasining asosiy g‘oyasi.