17-mavzu. Zamonaviy (amaliy) moliyaviy yangiliklar va moliyaviy bozorlar Moliyaviy yangiliklar va bozorning “ko‘rinmas qo‘li”. Moliyaviy yangiliklarning tadbirkorlar va firmalarning harakatlari natijasida yuzaga kelishi. Innovatsiyalar va texnologiyalarning rivojlanishi. Moliyaviy bozorlar. Zamonaviy moliyaviy bozorning eng umumiy ko‘rinishlari: pul bozori, kapital bozori, fond bozori, valyuta bozori. Moliyaviy bozorda moliyaviy aktivlarning sotilishi va sotib olinishi. Moliyaviy aktivlarning asosiy turlari: qarz majburiyatlari, aksiyalar, hosilaviy qimmatli qog‘ozlar. Davlat qimmat qog‘ozlarini fond bozorida joylashuvi.
18-mavzu. Moliyaviy bozor stavkalari Foiz stavkalari va ularning turlari. Foiz stavkasining darajasiga ta’sir etuvchi omillar. Riskli aktivlarning daromadlik stavkalari va ularning o‘lchash tartibi. Kapital daromadliligi. Qo‘yilgan kapitalning umumiy daromadliligi. Bozoriy indekslar va indekslashtirish strategiyasi. Fond indekslari. Indeksatsiyalash. Investorning harajatlar darajasi nuqtai nazaridan indekslashtirish strategiyasining ustunligi. Inflyatsiya va real foiz stavkalari. Nominal va real narx. Foiz stavkalarini tenglashtirish. Daromadlik stavkasi darajasiga ta’sir etuvchi asosiy omillar.
19-mavzu. Zamonaviy (amaliy) moliyaviy vositachilar Moliyaviy vositachilarning umumiy tarkibi. Banklar. Ularning asosiy funksiyalari. Banklarning turlari. Universal banklar va tijorat banklari. Ixtisoslashtirilgan banklar. Depozit-jamg‘arma tashkilotlari. Jamg‘arma banklari, ssuda-jamg‘arma assotsiatsiyalari va kredit uyushmalari. Sug‘urta kompaniyalari. Ularning asosiy funksiyalari. Sug‘urta polislari. Sug‘urta turlari. Sug‘urta mukofotlari. Pensiya fondlari. Pensiyani rejalashtirish dasturlari. Pensiya dasturlarining turlari. O‘zaro fondlar. Ularning o‘ziga xos xususiyatlari. Investitsion banklar va ularning asosiy vazifalari. Anderrayting va qimmatli qog‘ozlarga obuna bo‘lish. Venchur kompaniyalarga kapital tikadigan firmalar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari. Axborot xizmatlarini taqdim etuvchi firmalar.