O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMEZ DAVLAT UNIVERSITETI SPORT FAOLIYATI VA BOSHQARUV FAKULTETI 3-BOSQICH 302-GURUH TALABASI QARSHIYEV QALANDARNING JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI FANIDAN KURS ISHI Mavzu: Harakatlarga o`rgatish bosqichlarining tuzulish asoslari o`rgatish bosqichlarini asosiy yo`nalishi va xususiyatlari
Tekshirdi:
Bajardi: Termiz-2022 MAVZU: JISMONIY MADANIYAT VA SPORTNI BOSHQARISHNING JAMOAT TASHKILOTLARI
MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………………..….3
I-BOB. O‘ZBEKISTONDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT
ISHLARINI TASHKIL QILISH...............................................................................5 1.1. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning nazariy asoslari................................5
1.2. Boshqarish tizimlari..............................................................................................13
II-BOB. JISMONIY TARBIYA VA SPORT ISHLARINI TASHKIL QILISH.......................................................................................................................19
2.1. Boshqarishning jamoat tashkilotlari…………………………………............…19
2.2. Sport maktablari va markazlari faoliyatini tashkil qilish.................................... 27
XULOSA.....................................................................................................................34
ADABIYOTLAR.......................................................................................................35
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunga kelib mamlakatimizda barcha sohalar kabi jismoniy tarbiya va sport sohasida, xususan, bolalar sportining rivojlanishi uchun hukumatimiz tomonidan katta ahamiyatberilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonunining yangi tahririda, “O‘zbekiston milliy sport turlari va xalq o‘yinlari O‘zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi madaniy merosining ajralmas qismi, aholida vatanparvarlik va Vatanga muhabbat, xalqaro maydonda mamlakatning obro‘-e’tiborini yuksaltirishga intilish tuyg‘ularini tarbiyalash poydevoridir”1 - deyiladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018-yil 5-martdagi ,,Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risidagi” farmoniga asosan: Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmalarni yaratish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida va respublikaning chekka hududlaridagi bolalarni jismoniy rivojlantirish darajasini kompleks o‘rganish, milliy genofondimizni bugungi holatini aniqlash bilan birga bolalarni sportning u yoki bu ruhiy moyilligiga qarab, jismoniy tarbiya va sportni ma’lum bir turi bo‘yicha yo‘naltirishdan iborat ekanligini takidlab o‘tdi.
Bolalarni, o‘quvchilarni harakatlarga o‘rgatish, o‘rgatish bosqichlar va ularni amalga oshirish, ularning salomatligini mustahkamlash, harakat amallarini o‘zlashtirish va mustahkamlab borish har bir jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi va murabbiyi oldiga muhim vazifalarni qo‘yadi.