O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termez davlat universiteti


Milliy Olimpiya qo’mitasinmng asosiy vazifalari



Yüklə 182,5 Kb.
səhifə9/12
tarix17.05.2023
ölçüsü182,5 Kb.
#115694
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI BOSHQARISHDA ISHTIROK ETUVCHI IDORALAR (1)

Milliy Olimpiya qo’mitasinmng asosiy vazifalari
O’zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo’mitasining asosiy maqsadi;
- havaskorlik sportini rivojlantirish hamda Olimpiya harakatini himoya qilish;
- olimpiya o’yinlarida sportchilar ishtirokini ta’minlash;
- sportni rivojlantirish, respublika va jahon sportchilari hamda olimpiya o’yinlari katnashchilari orasida do’stlikni mustahkamlashga qaratilgan olimpiya g’oyalarini mustahkamlash.
Nizomda ifoda etilgan maqsadlarni amalga oshirishda Milliy Olimpiya qumitasi quyidagi vazifalarni o’z oldiga qo’yadi:
- Olimpiya qoidalari va Nizomning bajarilishini ta’minlash;
- Bosh Assambleya qarorini amalga oshirish;
- Milliy Olimpiya qumitasi Assambleyasi kun tartibini tayyorlash;
- moliyaviy harajatlarni ta’minlash va javobgarlik;
- yillik hisobot tuzish;
- idora ishlari, arxiv saqlash mas’uliyati va hokazolar. O’zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo’mitasi Ijroiya qo’mitasi qoshida 10 dan ortiq turli komissiyalar ish olib boradi. Ular, asosan, olimpiya harakati bilan bog’liq bo’lgan tashkiliy, tayyorgarlik, ilmiy-nazariy yordam, targ’ibot, xalqaro aloqalar va boshqa sohalarda faoliyat ko’rsatadi.
Uzbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo’mitasi Prezidenti, uning yordamchisi, Ijroqo’m a’zolari Madaniyat va sport ishlari Vazirligi, sport jamiyatlari, uyushmalari, assotsiatsiyalari bilan bevosita hamkorlikda ish olib boradi. Xalqaro Olimpiya harakati, Xalqaro Olimpiya qo’mitasi va ular bilan bog’liq masalalar bo’yicha respublikadagi mas’ul idoralarga murojaat etadi va o’z vazifalarini amalga oshiradi.
Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini tayyorlash
Jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat mutaxassisi kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va umumta’lim maktablari pedagog jismoniy tarbiya o‘qituvchisi faoliyatida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etish vosita va uslublari uslubiyotini qamrab olgan fan yo‘nalishidir.
Jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat mutaxassisi ta’lim obekti kasb-hunar kollejlari akademik litseylar va umumta’lim maktablari, maktabdan tashqari muassasalarining o‘quvchilari, jismoniy tarbiya jarayoni.
Jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat mutaxassisi psixologik-pedagogik umumkasbiy va maxsus tayyorgarligiga muvofiq quyidagi faoliyatni olib boradi.

  1. Ta’lim faoliyati: kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar,

umuta’lim maktablari jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat o‘qituvchisi .

  1. Tarbiya faoliyati: maktabdan tashqari muassasalarda ta’lim va tarbiyaviy ishlar olib borish.

  2. Ilmiy tadqiqot faoliyati: ilmiy tadqiqot muassasalarida kichik ilmiy hodim vazifasini bajarish.

  3. O‘quv uslubiy faoliyat: ta’lim boshqarmasida uslubiy yo‘riqchi vazifasini bajarish.


Yüklə 182,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin