O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termez davlat universiteti



Yüklə 182,5 Kb.
səhifə3/12
tarix17.05.2023
ölçüsü182,5 Kb.
#115694
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI BOSHQARISHDA ISHTIROK ETUVCHI IDORALAR (1)

Boshqarish tizimlari /sistema/ o‘z navbatida jismo­niy tarbiya va sport harakatining sertarmoqligini bildiradi. Masalan, o‘quv yurtlari, ishlab chiqarish mehnat jamoalari, muassasalar, sport inshootlari va hokazo. Ular o‘z navbatida, yana bir qator tizimlardan tarkib topgandir. Ya’ni, o‘quv yurtlari tizimiga: maktab, akademik lisey, o‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari kiradi.
Ilmiy boshqarish tushunchasiga eng avvalo, ilmiy tadqiqotlar, ilg’or tajribalarning natijalarini qo‘llash kiradi. Jamoalarni boshqarishda qo‘llaniladigan sinov-tajriba jarayonlar monitoringa ishlarni ilmiy ravishda boshqarish asoslaridir.
Boshqarish usullari. Bu jismoniy tarbiya va sport harakatida ko‘p qo‘llaniladigan va mazmun hamda shakl jihatdan bir-biridan farq qiluvchi faoliyatlardir. Chunki barcha soha yoki jamoalarda birdek ish tutish mumkin emas. Masalan, sport inshootlari va murabbiylarga yaratilgan imkoniyatlar bir xil bo‘lgan futbol jamoalarining ish faoliyatida o‘xshashlik, talablar yagonadek tuyulsada, ular bir-biridan tubdan farq qiladi. Shuning uchun o‘yinlardagi natijalar va jadvallardagi o‘rinlar har xil bo‘ladi. Shu sababdan sport tashkilotlari va jamoalarida eng ilg’or, samarali usullardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro aloqalari jahon sporti faoliyatida keng qo‘llanib kelinayotgan ba’zi bir yangiliklarni vujudga keltirdi. Bu o‘z navbatida menejment, marketing, tadbirkorlik kabi tushunchalarni keltirib chiqardi va ular amaliy faoliyatga tobora chuqur singib bormoqda. Ularning batafsil mazmunlari shu nomdagi mavzularda bayon etiladi.

1.2. Boshqarish tizimlari


Mustaqil O‘zbekistonda aholining ijtimoiy-madaniy turmush farovonligini yanada yaxshilash, ularning ma’naviy etuk, jismonan baquvvat bo‘lib kamolotga etishishlarida davlat idoralarining faoliyatlari muhim ahamiyatga ega. Bunda «Jismoniy tar­biya va sport to‘g’risida»gi, «Ta’lim to‘g’risida»gi qonunlarning yangi tahrirlari va boshqa qonunlar, Respublika Prezidentining «Sog’lom avlod uchun» ordenini ta’sis etish to‘g’risidagi /1993 yil/ farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish bilan bog’liq bo‘lgan qator /1993 yil, 1996 yil, 1999 yil, 2000 yil/ qarorlari muhim ahamiyatga egadir. Bular, o‘z navbatida, mamlakatimizda davlatni boshqarishdagi Oliy Majlis, Prezidentlik, Vazirlar Mahkamasi sud va ma’muriy idoralar tizimining afzalligidan dalolatdir.
O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash hamda aholini ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan muhofaza qilishda davlat hokimiyatining afzalliklari qayd etildi. Bu faoliyatlarda bevosita ishtirok etuvchi hamda mas’uliyat yuklatilgan turli davlat idoralari haqida ham muayyan ma’lumotlar berildi. Shunga ko‘ra, ularning izchillik bilan olib boradigan ish jarayonlari, jumladan, aholining barcha qatlamlari salomatligini yaxshilash bi­lan bog’liq ish tajribalarida jismoniy tarbiya, sport, sayohat va xalq milliy o‘yinlarining ham katta ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etish zarur bo‘ladi.
Yana shuni ham qayd etish kerakki, davlat idoralari hozirgi kun sharoiti va jahondagi ilg’or davlatlarning tajribalaridan kelib chiqqan holda sohalar, tarmoqlar, ishlab chiqarish jarayonlarining xususiyatlari hamda muassasalarning turlariga qarab vazirliklar, davlat qo‘mitalari, konsernlar, kompaniyalar va shunga o‘xshash rahbarlik organlaridan tarkib topgan. Bularga misol tariqasida quyidagilarni qayd etish kifoya, ya’ni:
– maktabgacha tarbiya muassasalari, umumta’lim maktablari, maxsus maktablar (nogironlar uchun), akademik lisey, o‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlari, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tekshirish institutlari, o‘qituvchilar va tarbiyachilar malakasini oshirish institutlari hamda shunga o‘xshash muassasalarga O‘zbekiston Res­publikasi Xalq ta’limi vazirligi rahbarlik qiladi;
o‘rta va oliy tibbiyot o‘quv yurtlari, shifoxonalar, poliklinikalar, dorixonalar va turli davolovchi muassasalar O‘zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash va­zirligi tomonidan boshqariladi;
qishloq mehnatkashlarining faoliyati, dehqon xo‘jaligi va ular bilan bog’liq bo‘lgan barcha faoliyatlar O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi zimmasidadir;
konsernlar va shunga o‘xshash yirik korxonalarga ega bo‘lgan davlat idoralari mazmunan tizim va tartibdagi sohalardir.
Mamlakatimizning geografik va demofafik tuzilishi jarayonidan kelib chiqqan holda sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish /paxta, yog’, don, meva va hokazolar/, savdo va boshqa sohalar bo‘yicha davlat-kooperativ /shirkat/ xo‘jalik, fermerlik idoralarining faoliyatlarini boshqarish tizimiga chuqur singib bormoqda. Ular o‘z ixtisosliklaridagi barcha ish turlari bilan birgalikda aholining ijtimoiy-madaniy turmushida ham faol ishtirok etadi. Bunda jismoniy tarbiya va sport ishlariga ham alohida e’tibor berib kelinmoqda. Ayniqsa, sport maydonlarini qurish, kerakli jihozlar bilan ta’minlash ishlarida hamkorlik kuchaymoqda.
O‘zbekistonda sport tashkilotlari va sport jamiyatlari /kasaba uyushmalari jismoniy tarbiya – sport jamiyati «O‘zbekiston», «Dinamo», «Mehnat o‘rinbosarlari» va hokazo/ sobiq Ittifoq davridan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ijtimoiy-madaniy va aholining ishlab chiqarishdagi faoliyatlariga asoslangan holda sport jamiyatlarining nomlari /«Spartak», «Burevestnik», «Mehnat», «Paxtakor», «Esh kuch» va boshqalar/ turli davrlarda /1936-1940, 1950-1957, 1987/ o‘zgartirildi va ular birlashtirildi. Ular o‘z taraqqiyoti tarixiga zgadir. Bu haqda to‘la ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun esa R.Abdumalikov, T.T.Yunusov, A.K.Akramov va boshqalarning o‘quv-uslubiy qo‘llanmalariga murojaat qilish kerak.
O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi davlat organi sifatida respublikada jismoniy tar­biya, sport, xalq milliy o‘yinlarini aholining kundalik turmushiga singdirish va ularga bevosita bog’liq bo‘lgan qator tadbirlarni olib borish bilan shug’ullangan. Uning asosiy maqsadi va vazifalari alohida Nizomda qayd etilgan. Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo‘yicha jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatuvchi sport jamiyatlari mavjuddir. Ular tarkibiga quyidagilar kiradi:

  1. Respublika Kasaba uyushmalari federasiyasi qoshidagi «O‘zbekiston» sport jamiyati. Bu jamiyat, asosan mehnat jamoalarida jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilish bilan faoliyat ko‘rsatadi. Shuningdek, uning tarkibida terma sport jamoalari, bolalar va o‘smirlar sport maktablari mavjuddir.

  2. «Dinamo» sport jamiyati. Bu jamiyat, asosan, ichki ishlar idoralari xodimlari va ular bilan bog’liq korxonalar, muassasalarda mehnat qiluvchilar bilan jismoniy tarbiya ishlari olib boradigan tashkilotdir.

  3. «Yoshlik» /sobiq «Mehnat rezervlari» va «Yosh kuch» sport jamiyatlari uyushmasi/ sport jamiyati o‘z faoliyatini maktab o‘quvchilari, «Talaba» sport uyushmasi, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari talabalari bilan ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazishda namoyon etadi.

  4. «Vatanparvar» tashkiloti O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi tashkilot sifatida o‘quvchi-yoshlar va ishchilar orasida sportning harbiy-texnika bilan bog’liq turlarini tashkil etadi /parashyut, avto-motoklub, radio-texnika va hokazo/.

  5. Markaziy harbiy sport klubi – maxsus sport klub si­fatida faoliyat ko‘rsatib, u asosan harbiy tashkilotlarda sport ishlarini uyushtirish bilan faoliyat ko‘rsatadi.

Keyingi yillarda o‘z maqomiga ega bo‘lgan futbol, ka­rate, taekvondo, dzyu-do, kurash, turon kabi sport turlari bo‘yicha maxsus sport uyushma (federasiya)lari tashkil etildi.
Yuqorida qayd etilgan sport tashkilotlari va klublarning maxsus nizomlari, ustavlari mavjud bo‘lib, ularda xaq-huquqlari to‘la aks ettirilgan. Bu haqda keyingi boblarda batafsil so‘z yuritiladi.
Mustaqillik davrida aholining ijtimoiy turmush darajasini tobora oshirish milliy qadriyatlarni qayta tiklash, ma’naviy-ma’rifiy madaniyatimizni jahon xalqlarining ilg’or madaniyati bilan boyitish «Sog’lom avlod uchun» davlat dasturini amalga oshirish va boshqa sohalarda ko‘maklashuvchi jamg’arma uyushmalari tashkil qilindi. Ularning qisqacha faoliyatlari bilan quyida tanishish mumkin.
«Navro‘z» xayriya jamg’arma uyushmasi mustaqillik sharofati bilan yuzaga kelgan ilk tashkilotlardan hisoblanadi. U asosan har yili o‘tkaziladigan bahor bayrami – «Navro‘z»ni tashkil qilish, ko‘pgina sohalar kabi jis­moniy tarbiya va sportga ham moddiy yordam berish faoliyatlarini amalga oshirib kelmoqda.
«Mahalla» xayriya jamg’armasi mahalla oqsoqollari jamoalarini birlashtiruvchi tashkilotdir. Jamg’arilgan mablag’larni kam ta’minlangan oilalar, nogironlarga, faxriylarni moddiy rag’batlantirishga, shuningdek, mahallalarda o‘tkaziladigan madaniy va ommaviy sport tadbirlariga sarflaydi.
«Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazining xayriya jamg’armasi ham shu nom bilan yuritiladi. Yurtimizda milliy qadriyatlarni qayta tiklash, ma’naviy-ma’­rifiy madaniyatimizni kengaytirish va boyitish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan /1993 yil, aprel/ bu markaz tashkil etildi. Bu markaz Davlat sport qo‘mitasi bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy anjumanlar, ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish hamda jamg’arma hisobidan sportga moddiy yordam berishda faol ishtirok etmoqda.
«Sog’lom avlod uchun» jamg’arma uyushmasi O‘zbekiston Prezidentining 1993 yil 4 martdagi «Sog’lom avlod uchun» ordenini ta’sis etish to‘g’risidagi farmoni asosida vujudga kelgan hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotdir. «Sog’lom avlod uchun» davlat dasturini amalga oshirish, ayniqsa o‘quvchi-yoshlarning ommaviy sport tadbirlarini tashkil qilish, ularga moddiy yordam ko‘rsatishda xizmatlari g’oyat kattadir.
«Ekosan» xalqaro jamg’arma uyushmasi sifatida jahondagi ko‘pgina nufuzli tashkilotlar qatoriga ko‘tarildi. Uning asosiy maqsad va vazifalari atrof-muhitni kuzatish, nazorat qilish, tozalikni saqlash va tabiatni muhofaza qilishdir. Bu yo‘lda Orol dengizi muammolari va shunga o‘xshash o‘ta muhim ishlar bilan shug’ullanib keldi. O‘z navbatida sayohatchilar, o‘quvchi-yoshlarning ommaviy sog’lomlashtiruvchi sport tadbirlariga ham ma’lum darajada o‘z hissalarini qo‘shmoqda.
Yoshlar agentligining tashkil etilishi o‘quvchi-yoshlar, talabalarningta’lim-tarbiya, kasb-hunar, texnikani egallash, salomatlik, sport, madaniyat sohalaridagi faoliyatlarida amaliy jihatdan ko‘maklashadi. U Xalqaro Kurash Assosiasiyasi faoliyatida ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tashkiliy, moddiy yordam berish ishlarida bevosita ishtirok etadi. Respublikamizda «Bolalar» xayriya jamg’armasi, «Nuroniy» xayriya jamg’armasi va shunga o‘xshash ko‘pgina xayriya jamg’armalar mavjuddir. Ular o‘z sohalarida o‘tkaziladigan madaniy tadbirlarda ko‘maklashadi va belgilangan tartibda moddiy yordam beradi.
Shuni ham ta’kidlash zarurki, yuqorida nomlari qayd etilgan jamg’arma uyushmalarining viloyat, tuman-shahar bo‘limlari, ularning ko‘pgina jamoalarda boshlang’ich tashkilotdari amaliy jihatdan faoliyat ko‘rsatib, yaxshi samaralarga erishmoqda. Ular faoliyatida ommaviy sport tadbirlari va xalq milliy o‘yinlarini tashkil qilishda amaliy jihatdan katta ahamiyat kasb etmoqda.

Yüklə 182,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin