O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termez davlat universiteti


II-BOB. JISMONIY TARBIYA VA SPORT ISHLARINI TASHKIL QILISH



Yüklə 182,5 Kb.
səhifə4/12
tarix17.05.2023
ölçüsü182,5 Kb.
#115694
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI BOSHQARISHDA ISHTIROK ETUVCHI IDORALAR (1)

II-BOB. JISMONIY TARBIYA VA SPORT ISHLARINI TASHKIL QILISH

2.1. Boshqarishning jamoat tashkilotlari


Jismoniy tarbiya tashkilotlari o‘z ish rejasida bolalar bilan jismoniy tarbiyaning ahamiyati, respublikamiz sportchilari yutuqlari haqida suhbat o‘tkazishni belgilaydi. Oromgohdagi ko‘rgazmali chiqishlarga iloji bo‘lsa sport ustalari, razryadli sportchilar, sport maktablari o‘quvchilarini jalb etish kerak. Bunda o‘quvchilar oromgohini otaliqqa olgan kasaba uyushmasining ko‘ngilli sport jamiyati kengashi yordam ko‘rsatishi kerak. Ertalabki badantarbiya har kuni uykudan turilgach, har bir otryad uchun maxsus ajratilgan joyda yomg’ir yog’ayotgan bo‘lsa, binodaderazalarni ochib qo‘yib o‘tkaziladi. Har bir o‘quvchi saflanishga ortiqcha vaqt sarflamaslik uchun o‘z joyini bilishi kerak.
Odatda bolalar zvino-zveno bo‘lib bittadan kalonnaga sarflanadi «zveno sapdorlari oldinda turadi» qiz va o‘g’il bolalar birgalikda shug’ullanadilar. Ertadabki badantarb iya har bir otryadda alohida o‘tkaziladi, unga otryad sardori jumhuriyatlik qiladi. Badantarbiya musiqa jurligida o‘tkazishning katta ahamiyati bor. Turli yosh guruhlariga mo‘ljallangan ertalabki badantarbiya mashqlari majmuasi oldidan, har bir navbatda uchtadan qilib o‘tkaziladi. Badantarbiya yurish bilan boshlanadi, undan so‘ng olti-ettita mashq bajariladi. Birinchi mashq, odatda, «tortilish», «cho‘zilish» xarakterida bo‘lib. sekin sur'atda bajariladi Undan so‘ng cho‘qqayib, engashib, gavdani burib, qo‘l va oyoqlarni siltab bajariladagan mashqlar amalga oshiriladi.
Majmuasi oxirida sakrash, yugurish yoki tinchlatiruvchi o‘yinlar o‘tkaziladi. Mashg’ulotlar musiqa yoki qo‘shiq ostida safda yurish bilan tugallanadi. Mashqlar buyumlar bilan yoki buyumlarsiz o‘tkazilishi mumkin. Mashqlami o‘tkazishda to‘g’ri nafas olishga alohida e'tibor beriladi. Zveno va otryadlardgi o‘yin, gimnastika, enigl atletika va suzish mashg’ulotlari haftasiga uch- to‘rt marta o‘tkaziladi. Ularga otryad sardorlari yoki badantarbiya yo‘riqchilari jumhuriyatlik qiladilar. Agar oromgohda katta yoshli o‘quvchilar bo‘lsa, bunday holda kichik yoshdagi o‘quvchilar yo‘riqchi jumhuriyat qilib tayinlanishi mumkin. Badantarbiya jumhuriyati ularga tegili yo‘l-yo‘riq beradi. O‘yin, gimnastika va engil atletika mashg’ulotlari malaka va ko‘nikmalarini takomillashtirishga oid maxsus mashg’ulotlarda ham chekishlar va musobaqalarga tayyorlanish paytida ham o‘tkaziladi.
Oromgohdagi badantarbiya mashg’ulotlari maktabdagi mashtulotlardan birmuncha farq qiladi. Bu erda quyidagi amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga katta e'tibor beradi: to‘g’ri va egri-bugri so‘qmoqda to‘siqlar oshib, joy va to‘satdan beriladigan signaldan foydalanish bilan bog’liq bo‘lgan qo‘shimcha topshiriqlarni bajargan holda yurish va yugurish tabiiy to‘siqlardan «ariqchalar, yiqilgan daraxtlar, butalardan» sakrash. Oromgohda arqon va ipga, tik tepalik yoxud daraxt tanasiga tirmashib chiqishga o‘rgatishning katta imkoniyatlari mavjud.
Tabiiy sharoitda quyidagi muvozanat saqlash mashqlari o‘tkaziladi: zovur ustiga qo‘yilgan yog’ochdan o‘tish, ariqdan toshma - tosh sakrab o‘tish.
Ko‘proq mahalliy shroitda o‘ynaladigan milliy o‘yinlarga teng o‘rin beriladi. O‘quvchilar oromgohida bolalarni o‘yin shaklida signalizatsiya va kompos bilan tanishtirish imkoni tug’iladi.
Suzishga o‘rgatish, o‘quvchilar oromgohida badantarbiya ishining eng muhim vazifalaridan biridir. suzishga o‘rgatishda oromgohga borulguncha tayyorlanib qo‘yiladigan doskayog’och»lardan foydalaniladi. Yog’ochning Uzunligi 60-60 sm, eni 30-40 sm, kalinligi 6-10 sm u silliq qilib randalangan va kuchli tumtoq bo‘lishi lozim. Suzishga o‘rgatishni toza suvli, tobora sayozlanib boradigan xovuzlarda o‘tkazish kerak. Oqimning tezligi 0,5 sekunddan oshmasligi darkor.2
Xovuz yoki anhor tubida shikastlantiruvchi daraxt ildizlari, taxta to‘siqlar, uchi o‘tkir toshlar, shisha siniqlari va boshqa buyumlar bo‘lmasligi lozim. suzish joyini tanlayotib, anhorni sinchiklab ko‘zdan kechirish, uning chuqurligini o‘lchash kerak. O‘quv mashg’ulot o‘tkaziladigan joy chegaralanishi va yaxshilab belgilab qo‘yilishi lozim. Yaxshisi xovuz tubigacha koqilgan qoziqlar bilan chegaralagani ma'qul. suzishga o‘rgatish joyidagi vrach yoki tibbiyot hamshirasi, navbatchi tushgan qayiq va cho‘kayotganlarni qutkarish vositalari «qutqarish chambaragi, arqon va boshqalar» tayyor bo‘lishi lozim.
Suzishga o‘rgatish joyidagi suvning sifati sanitariya - gigiena talablariga javob berishi kerak. Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari bilan o‘tkaziladigan suzish mashg’uloti harorati 200S kam bo‘lmagan suvda o‘tkaziladi. Dastlabki mashg’ulotlardan 5 daqiqa keyinchalik 15 daqiqa suvda bo‘linadi. suzish mashg’ulotlarini jismoniy tarbiya o‘qituvchisi yoki suzish bo‘yicha yo‘riqchi borishi shart.
Suzish mashg’ulotlari, odatda sog’lomlashtirish tadbirlariga ajratilgan soatlarda o‘tkaziladi. Juda issiq havoda mashg’ulotlarni kuniga ikki marta o‘tkazish mumkin.
O‘quvchilar oromgohida sport ishining qiziqarli shakllaridan biri boshqa oromgoh bilan boshqa oromgoh o‘tkaziladigan o‘rtoqlik uchrashuvlaridir. Bunday uchrashuvlar dasturiga harakatli asbob o‘yinlari, engil atletikaga oid musobaqalar, gimnastika chiqishlari, sport KVNlari va boshqalar o‘tilishi mumkin.
O‘quvchilar oromgohi spartakiadasi, odatda keyingi navbatning ikkinchi yarimida o‘tkaziladi va umumoromgoh jismoniy tarbiya bayramidagi final musobaqalar va chiqishlar bilan tugallanadi. «oromgoh yo‘nalishiga ikki-uch kun qolganda. Kichik yoshdagi o‘quvchilarga mo‘ljallangan oromgoh spartakiadasi dasturiga engil atletika va o‘yin musobaqalari kiritiladi.3 Dastlabki musobaqalar zvenolar ichida keyin otryadlardagi zvenolar o‘rtasida so‘ng esa otryadlar o‘rtasida o‘tkaziladi. Yakunlovchi jismoniy tarbiya bayramida parad, ommaviy gimnastika chiqishlari va eng yaxshi zvenolar hamda otryadlarning final uchrashuvlari o‘tkaziladi. Spartakiada g’oliblari aniqlanadi. Spartakiada rejasi oldindan - oromgoh ish boshlanguncha tuziladi va oromgohga keyingi navbat kelib o‘quvchilarning jismoniy taryyorgarligi aniqlangach 5-6 kundan so‘ng to‘la tasdiqlanadi. Spartakiadani o‘tkazishda oromgoh o‘quvchilar faollari, ularning sardorlari, tarbiyachilar ishtirok etadilar. Oromgoh boshligi spartakiadagi umumiy jumhuriyatlik qiladi. Musobaqalarni tayyorlash va o‘tkazishga badantarbiya jumhuriyati javob beradi.
Sayrlar, ekskursiya, yurishlar. Har bir o‘quvchilar oromgohi sayrlar, ekskursiyalar, yurishlar tashkil qilish uchun katta imkoniyatlarga ega. Oromgohga kelguncha o‘quvchilar sardorlari yoki tarbiyachilar orasidan turistik yurishlar tashkilotchisi tayinlanadi. U oromgoh atrofi bilan batafsil tanishishi, sayrlar, ekskursiyalar hamda yurishlar, marshrutlarini oldindan oldindan belgilab olishi lozim. Bolalar oromgohiga kelishgach, belgilangan marshrutlar geografiya, biologiya, tarix o‘qituvchilari tomonidan tasdiqlanishi lozim.

I-II sinf o‘quvchilari bilan 1,5-2 soat davom etadigan kichik sayrlar o‘tkaziladi. Undan maqsad tevarak - atrof va diqqatga sazovor joylar bilan tanishish, gul va mevalar terish, o‘rmon hayotini kuzatish va xokazo. Sayrlar tabiyachilar yoki o‘quvchilar sardorlari tomonidan o‘tkaziladi. Sayrlar vaqtida bolalar dam olishadi, dam olish vaqtida qo‘shiq aytadilar, o‘ynaydilar, kattalarning xiqoyalarini tinglaydilar. 3-sinf o‘quvchilari bilan sayrlardan tashqari 3-4 soat davom etadigan ekskursiyalar ham o‘tkaziladi. Ekskursiyalar vaqtida, yuqorida ko‘rsatib o‘tilganlardan tashqari, kollektsiyalar, gerbariylar to‘plash, joyni harita va kompas yordamida mo‘ljallash o‘tkaziladi, o‘yinlar tashkil qilinadi.4



Yüklə 182,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin