O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termez davlat universiteti


O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlari talabalarining «Talaba» sport uyushmasi



Yüklə 182,5 Kb.
səhifə7/12
tarix17.05.2023
ölçüsü182,5 Kb.
#115694
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI BOSHQARISHDA ISHTIROK ETUVCHI IDORALAR (1)

O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlari talabalarining «Talaba» sport uyushmasi
Sobiq «Burevestnik» sport jamiyati o‘rniga «Talaba» sport uyushmasi tashkil etilib, barcha oliy o‘quv yurtlarida yagona talab asosida «Talaba» sport klublari tashkil etilgan.
Hozirgi davrda faoliyat ko‘rsatayotgan sport klublarning avvalgilaridan farqi shuki, moddiy ta’minot ishlari o‘zini-o‘zi boshqarish tamoyili asosida amalga oshirilmokda. Ya’ni kasaba uyushmalari tomonidan sport klublariga moddiy yordam berilmaydi. Shu tufayli «Talaba» sport klubi a’zolik badallar, pullik xizmatlar, tijorat, homiylik kabi faoliyatlar evaziga ish olib boradi. Ularning o‘z muhrlari, ramzlari, bayroqlari mavjud. Banklarda hisob raqamlari, yuridik shaxs huquqi belgilangan.
«Talaba» sport klubi rektoratga bo‘ysunadi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, «Ma’naviyat va ma’rifat» tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi. Shu asnoda talabalar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, ularni Universiadalar, «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testi talablarini bajarishga tayyorlaydi.
Xalq milliy o‘yinlari markazi
1989-91 yillar milliy qadriyatlarni o‘rganish, ularni imkoniyat darajasida qayta tiklash amalga oshirilishi bilan e’tiborga sazovordir. Ayniqsa, Mustaqillik yillarida milliy qadriyatlarning tarkibidan o‘rin olgan xalq milliy o‘yinlariga e’tibor kuchaydi. Shu sababdan respublika hukumatining qaroriga asosan, 1991 yil boshida «Xalq milliy o‘yinlari respublika Assotsiatsiyasi» /uyushma ma’nosida/ tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi xalq orasida keng qo‘llanilib kelinayotgan milliy o‘yinlarni o‘rganish, ularning tarbiyaviy jihatlarini targ’ibot qilish va ommaviy tadbirlar o‘tkazib borishdan iborat qilib belgilandi. Shu bilan birga, xalq milliy o‘yinlarini Markaziy Osiyo va undan ham kengroq mintaqalarda musobaqa tarzida o‘tkazishni yo‘lga quyish belgilandi. Shunga asosan, 1991 yilning aprelida Qozog’istonda o‘tkazilgan Xalq milliy o‘yinlari anjumani va sport musobaqalarida yurtimiz vakillari ilk bor ishtirok etdilar.
Xalq milliy o‘yinlari Assotsiatsiyasining bevosita tashabbusi va sobiq Davlat sport qo‘mitasi hamda Madaniyat ishlari vazirligi rahbarligida 1991 yil 25 aprelda Jizzax viloyatining Forish tumanida ilk bor xalq milliy o‘yinlari musobaqasi o‘tkazildi va u har yili bahorda /aprel-may/ Forishda an’anaviy ravishda o‘tkazib borildi. Bu musobaqa keyinchalik «Alpomish o‘yinlari festivali» /Termiz-1998, Farg’ona-2000/ nomini oldi, Xalq milliy o‘yinlaridan "Ko‘pkari", "Poyga", «Bo‘ron», «Mindi», «To‘qqiz tosh» musobaqalar dasturga kiritildi. 1999 yildan boshlab (Jizzax) har ikki yilda bir marta (2001 yilda Shaxrisabz) To‘maris o‘yinlari respublika festivali o‘tkazilmoqda.
E’tiborli tomoni shundaki, 1991 yildan /Jizzax, Termiz, Toshkent, Farg’ona, Qarshi/ buyon xalq milliy o‘yinlariga bag’ishlab ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazib kelinmokda. Ularda xalq milliy o‘yinlarining mazmuni, ularni sport darajasiga chiqarish, shu sohada mutaxassis kadrlar tayyorlash, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash singari katta muammolar muhokama etilmoqda.

Yüklə 182,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin