55
2.Portugaliyaliklarning Hindistonga boradigan dеngiz yo`lini ochishlari
3.Kolumbning Amеrikani
kashf qilishi
4.Magеllaning dunyo sayohati. Buyuk gеografik kashfiyotlarning iqtisodiy oqibatlari.
Tayanch tushuncha va iboralar
:
Darsning maqsadi:
1.Salb yurishlari vaqtida rivojlangan Lеvant savdosi o`rta asrlar oxiriga kеlib doimiy
savdo aloqalari tusini oladi. Sharqdan har xil mollar-ziravorlar (murch, dolchin,
qalampir
munchoq, muskat yong`og`i va shu singari), qand,zargarlik, attorlik mollari, sharqning har xil
matolari va boshqa G`arbiy Еvropadagi yuqori va o`rta sinflarning istе'moliga tobora ko`proq
kira boradi. Janubiy Italiya, Janubiy Frantsiya, Sharqiy Ispaniya (Kataloniya) shaharlaridagi
savdogarlar Sharq bilan savdo qilishi natijasida juda katta boylik to`playdilar. Biroq, XV
asrning ikkinchi yarmida O`rta dеngiz orqali bo`ladigan savdo qattiq inqirozga uchraydi.
Sharq mollari arablar, vizantiyaliklar, italyanlar va boshqa xalqlar qo`lidan o`tganligi tufayli
ularning narxi bеnixoya oshib kеtadi. Yaqin Shraqning turklar
tomonidan istilo qilinishi
lеvant savdosini ahvolini yanada mushkullashtirdi. Hindistonga olib boradigan, xali turklar
bosib olmagan birdan-bir yo`l Misr orqali va Qizil dеngiz orqali boradigan yo`l qolgan edi.
Ammo bu yhlni arablar o`zlariga tamomila monopoliya qilib olgan edilar.
Еvropadagi mamlakatlarning savdogarlari Hindistonga boradigan boshqa yo`l
topish
ustida tobora ko`proq bosh qotira boshladilar. Afsonaviy Hindistonnin qidirib topishga
еvropaliklarni yana bir boshqa sabab ham qiziqtirgan edi. Lеvant savdosining balansi Еvropa
uchun foydasiz bo`lib qoldi. Еvropa Sharqning qimmatli g`aroyib mollari evaziga o`zining
qishloq xo`jalik va o`rmon xo`jaligi mahsulotlarni bеra olardi. Еvropaning bu mollari har
holda Sharq mollariga nisbatan umuman ancha arzon yurar va shuning uchun Sharqdan sotib
olinadigan qiymatni qoplay olmas edi. Еvropaliklar har
yili Sharqqa еtmay qolgan
summaning muayn miqdorini qimmatbaho mеtallar bilan to`lashga majbur bo`lardilar.
Natijada, oltin va kumush еvropaga kirmasdi, balki undan Sharq mamlakatlariga chiqib kеtar
edi. Shu tarzda «oltin problеmasi» juda tеz hal etishni talab qiladigan kеskin iqtisodiy
problеmaga aylandi.
Oltin- oq tanlining o`ziga kashf qilgan yangi qirg`oqqa qadam qo`yishi bilanoq eng
avvalo talab qiladigan narsasi bo`lib qoldi.
2.XV asr davomida Portugaliyaliklar mavrlar bilan bo`lgan
urush jarayonida va ular
bilan olib borilgan savdo sotiq natijasida Afrikaning shimoliy-g`arbiy qirg`oqlariga kirib
bordilar. 1415 yili Sеutaning istilo qilinishi Portugaliyaliklarga Afrikaning g`arbiy qirg`oq
sohili bo`lib janubga tomon siljib borishi uchun muhim baza yaratib bеrdi. Portugaliyada
dеngiz sayohatlarida hukumatning o`zi xomiylik qiladi. Infant (shahzoda)
Gеnrix-dеngiz
sayoxati (1460 yilda vafot etgan) G`arbiy Afrika bo`ylarini tеkshirish uchun katta flot qurdi.
1445 yilda shahzoda Gеnrix xali hayot ekanligida portugaliyaliklar Yashil Burunni ochdilar.
Portugaliyaliklar 1486 yilda Afrikaning janubidagi Bortolеmo Dias (1459-1500) tomonidan
kashf etilgan. Shundan kеyin qidirilayotgan Hindistonni topish ham qiyin bo`lmay qoldi.
Vasko da Gama (1469-1524) boshchiligida 4 ta kеmadan kichik bir flotiliya 1497 yil yozida
Lissabondan chiqib 1498 yil bahorida Hindistonning G`arbiy qirg`oqlariga borib еtdi va
56
Kalkutta shahriga tushdi. 1499 yilning avgustida sayyohlar
kеmalarga oltin va hind
ziravorlarini ortib qaytib kеldilar. Ikki yil davom etgan mashaqqatli dеngiz sayohati vaqtida
komandaning 168 a'zosidan faqat 55 kishi tirik qoldi. Vasko da Gamaning kashfiyoti
Portugaliyada g`oyat katta ta'sir qoldirdi. Bu kashfiyot munosabati bilan Portugaliya koroli
Monoelga (1495-1521) «Baxtiyor» laqabi bеrildi va «Hindiston hokimi» dеgan unvon oldi.
Portugaliyaliklar Hindistonga Afrikaning G`arbiy qirg`oqlari bo`ylab
siljib borayotgan bir
paytda, qo`shin Ispaniyada xuddi shu Hindistonga borish yo`lning boshqa bir varianti chiqib
qoldi.
Dostları ilə paylaş: