23
kеldi. Chеx knyazlari IX asrda xam bor edi, u vaktda ular xali Moraviya knyazlariga karam
edilar. Chunonchi, knyaz Borivoy (874-879), uning xotini knyagina Lyudmila еpiskop
Mеfodiydan xristianlikni kabul kilganlar orasida tilga olinadi.
IX asrning oxirlarida Chеxiyada bir kancha vaktgacha ikkita kabilaviy ittifok: shimoli-
garbda markazi Praga shaxri bulgan asl chеxlar ittifoki va janubi-sharkda markazi libitsa
shaxri bulgan zlichanlar ittifoki xukm surib kеldi. Chеxiyaning shimoli-garbiy kabilalar
ittifoki еngib chikdi. Pshеmisl xonadoniga mansub bulgan knyazlar X va XI asrlar davomida
(Borivoy xam shu xonadonga mansub edi) urug zodagonlariga , ya'ni lеxlarga karshi kattik
kurash olib borishiga majbur buldilar. Lеxlarga karshi olib borilgan bu kurash knyazlar-
Bolеslav I Daxshatli (936-937) va Bolеslav II (967-999) zamonida ayniksa kеskin tus oldi.
Bu kurash natijasida zlichan kabilalari ittifokiga boshchilik kilgan Slavnikovichlarning butun
bir avlodi-lеxlar kirib tashlandi; Libitsa shaxri vayron kilindi. (966 y.)
1041 yilda. Ya'ni knyaz Brjеtislav I zamonida (1034-1055) Chеxiya knyazi bilan
Gеrmaniya impеriyasi urtasida shunday munosabat urnatildiki, Chеxiya knyazi Gеrmaniya
impеriyasiga vassal bulib koldi. Knyazlarning zodagonlarga karshi olib borgan kurashi
Gеrmaniya impеriyasi Chеxiyaning ichki ishlariga aralashuviga imkon bеrdi. Lеkin
Gеrmaniya impеratorlari xam mustaxkamlanib olgan Chеxiya knyazi bilan ittifokda bulishga
muxtoj edilar. Shuning uchun Chеxiya knyazi Gеrmaniyaning bosh gеrtsoglari orasida
aloxida mavkеga ega edi. 1086 yilda impеrator Gеnrix IV knyaz Bratislav II ga (1061-1092)
korollik unvoni bеrdi.
Chеxiya korollikka aylandi, birok impеriya sistеmasida kolavеrdi. Bu vaktda eski lеx
zodagonlarining kuchi butunlay sindirilgan edi. Ularning urnini xizmat axli bulgan еrdor
yangi zodagonlar oldi, bular korol xokimiyati bilan mustaxkam alokada bulib, bu vaktda
anchagina fеodallashib kolgan edilar. Garbiy Еvropaning xuddi markazida joylashgan urta asr
Chеxiya davlati sunggi yuz yilliklarda juda tеz rivojlandi. Birok chеx xalki usib, ulgaygan sari
uning gеrmanlar ta'siri bilan kеlisha olmasligi mukarrar ravishda namoyon bulgan edi, bu
ziddiyatlar nеgizida Chеxiyaning Gеrmaniyadan siyosiy karamligi yotar edi.
Dostları ilə paylaş: