O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakul’teti


Sirkul tayyorlash va texnologik prosessining varianti



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə105/270
tarix23.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#134573
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   270
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t

Sirkul tayyorlash va texnologik prosessining varianti




Ivariant

IIvariant

IIIvariant

1. Sirkulni yigish va sharnir o’qini parchinlash

Sirkulni yigish va sharnir o’qini parchinlash

Oyoqlarni ishchi qismini toblash

2. Sharnirni egovlash

Oyoqlarni ishchi qismini toblash

Sirkulni yigish va sharnir o’qini parchinlash

3. Oyoqlarni ishchi qismini toblash

Sharnirni egovlash.

Sharnirni egovlash.

O’qituvchi xar bir mashg’ulotning mazmunini oldindan bilsa, o’quvchilarni aniqlash va ular oldiga o’tilgan materialni taqrorlashga doir topshiriq qo’yish imkoniga ega bo’ladi. Yuqorida ko’rsatilgan barcha ishlar natijasida navbatdagi temani o’rganishni kalendar reja to’zilishi xam mumkin.
O’quvchining darsda tayyorlanishida tashkiliy va metodik xarakterdagi tadbirlarni, shuningdek maxoratni oshirish tadbirlarini ifodalash mumkin.
Mutlaqo ayonki, o’qituvchini bilimlari o’quvchilardan talab qilinadigan ancha keng chuqur bo’lishi kerak. O’qituvchi o’quvchilarning o’quv programmasidan tashqari savollarga javob berishiga tayyor bo’lishi kerak. U shuningdek professional malakalarni puxta egallab olishi zarur. Shu sababli ishlab chiqarish materiallariga, masterlariga mO’ljallangan kitoblar o’qituvchining tayyorligi uchun xam manba bo’ladi.
O’qituvchi darsga tayyorlanishida ilg’or maktablarni tajribalari umumlashtirilgan metodik adabiyotlar bilan tanishishi katta axamiyatga ega. Metodik adabiyotda o’quv prosessini tashkil etish, ish ob’ektlarini tanlashga va mehnat darslarida o’quv topshiriqlarshsh bajarish bilan bog’liq. Ilgor o’qituvchilar metodik adabiyot yangiliklarini muntazam ko’zatib boradilar, ulardagi tavsiyalarni o’rganadilar va ularni o’z ish praktikalarida qo’llaydilar. Boshqa o’qituvchilarning tajribalarini bevosita o’rganishning xam axamiyati kam emas. Xar bir rayonda o’quv vazifalarini bajarishda katga muvaffaqiyatlariga erishayotgan o’qituvchilari bor. Ularning ba’zilari o’qituvchilarda puxta sifatli malakalarini shakllantirishga erishmoqda, ba’zilari o’quvchilarni bilimlardan mehnatdan foydalanishni o’rganmoqda, yana ba’zilar mashg’ulotning tashkil qilishning xar xil formalarini qO’shib olib borishga muvaffaq bo’lmoqda va xokazo. Metodik birlashmalar, ochiq darslar tashkil qiladi, o’z majlislarida o’qituvchilarning xisobotlarini eshitadi. Qator oblastlarda xozir ko’rsatmali darslar o’tkazish yo’lga qo’yilmoqda, bu dars programmadan birmuncha ilgarilab ketadi va shu tufayli maxalliy sharoitlarni hisobga olgan xolda xamma o’qituvchilar tomonidan ijodiy takrorlanishi mumkin. ko’rsatmali darslarga qatnashish o’qituvchining darsga metodik tayyorlanishning formalaridan birdir. o’qituvchiga mashg’ulotlar boshlangunga qadar o’quvchilarga mehnat topshirigi sifatida belgilanadigan ob’ektni mustaqil tayyorlash tafsiya qilinadi bu ish metodik nuqtai nazardan bir qancha sabablarga ko’ra muximdir.
Birinchidan, mehnat usullarisi mo’qammal etallaganligini va shaxsan namuna bo’lishini ko’rgan o’quvchilar nazarida o’qituvchining obro’si ortadi.
Ikkinchidan, o’qituvchi tayyorlangan namunalar o’quvchilarga etalon sifatida xizmat qiladi
Uchinchidan, o’qituvchi mehnat prosessini mustaxil bajarib,O’quvchilar qanday qiyinchiliklarga buch kelishini, qanday xatolarga yo’l qo’yishlari mumkinligani aniq tasavvur qiladi.
Xonasi kelganda shuni ta’kidlash zarurki, o’quvchilarning xatolarini analiz qilish o’qituvchining darsiga tayyorlanishida muxim o’rin tutadi. Tajriba o’quvchilarning xatolarini to’zatishga o’quv vaqtining 10% ketishini ko’rsatmoqda. O’quvchilarda xatolar xar xil sabablarga ko’ra paydo bo’lishi mumkin. Ba’zai o’qituvchi yangi materialni etarlicha aniq bayon qila olmasa, mehnat usulini bajarish etarlicha yaqqol ko’rsata olmasa, uning aybi bilan xatolar sodir bo’ladi.
Ba’zan esa o’quvchi o’qituvchining tushuntirishlarini etarli darajada diqqat - e’tibor bilan ko’zatib bormasa, ish vaqtida boshqa ishlar bilan ovora bo’lsa, uning aybi bilan xatolar sodir bo’ladi. Xatolar ob’ektiv sabablarga ko’ra xam ro’y beradi. Masalan, ba’zan materiallarni qirqishni bajarish uchun o’quvchining jismoniy rivojlanishi etarli bo’lmay qoladi. o’qituvchining vazifasi avvalo xatolarni oldini olishdan iboratdir. Ravshanki, u xatolarni keltirib chiqaruvchi sabablarni yaxshi bilsagina, bu vazifani uddalay oladi. Shu sababli mehnat o’qituvchisi o’quvchilar yo’l qo’yadigan xatolarni muntazam analiz qiladi va bu xatolarning sabablarini yo’qotish yo’llarini izlaydi. Qaysi temalarni o’rganshsda o’quvchilar xatolarga yo’l qo’yishlarini va bu xatolar oldingi yillar tajribasidan bilgani xolda, bu xolatlarning oldini olish tadbirlarini belgilaydi. Masalan, V-VII sinflarda o’quvchilar chizmalarni o’qishga va ular bo’yicha ishlashga tayyor bo’lmaydilar. Shu sababli o’qituvchi chizmachilikdan ba’zi bilimlarni beradi, bu bilimlarga asoslanib o’quvchilar amaliy ishga kirishadilar. Shuningdek ma’lumki, metallarni arra bilan qirqishda o’quvchilar tez-tez arra polotnosini sindirib quyadilar. Shu sababli o’quvchi asbobni qanday ushlashni o’rgatishga arra polotnosi qiyshayishining oldini olishga aloxida e’tibor beradi. Darsning sifati ko’p jixatdan o’qituvchining tashkiliy masalalarni oldindan ishlab chiqishga bog’liq. Chunonchi, xar bir o’quvchi qirqish va O’lchash asboblari va komplekt bilan zarO’r miedorda zagatovkalar bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Biror asbob ishdan chiqib qolgan, zagatovka bo’zilgan paytida asbob va zagatovkaga ega bo’lishi kerak.
Ko’rsatmali qo’llanmalarni tayyorlash o’qituvchidan jiddiy e’tiborni talab qiladi. Bunday gap avvalo texnika xujjatlar: chizmalar, operasiya kartalari xaqida bormoqda. Operatsiya kartalarining qanday formada bo’lishi, buyumning murakkabligiga, o’quvchilarning tayyorligiga, kartalarda qay darajada, mufassal ko’rsatmalar berilishiga qarab xal qilinadi. Mehnat o’qituvchilari beshinchi, ettinchi sinflar uchun operasiya kartalari bilan chegaralanmay aloxida stendllr tayyorlaydilar va ularda buyumga ishlov berishning xamma bosqichlari aks ettiriladi. Bunday stendlar o’quvchilarning chizmalarini o’qishni o’rganishga yordam beradi.
O’qituvchi ta’limiy modellar tayyorlash xaqida o’z vaqtida o’ylashi kerak. Masalan, tokarlik rezesi (keskichi) ni o’rganishda asbobning xaqiqiy O’lchamlariga nisbatach katgalashtirilgan va yogochdan yasalgan rezesning razbar qiladigan modeliga ega bo’lish maqsadga muvofiqdir.
Ba’zi xollarda, masalan, mashina detallarini, yogochning turlari va xokazrlarni o’rganishda tarqatma materiallar kO’zda tutiladi.
Joriy ishlarni hisobga olish jurnalida amalga oshiriladi, bu jurnalda o’quvchilarning davomati, o’zlashtirishlari qayd qilinadi, shuningdek mashg’ulotlarning mazmuni xam yoziladi.
O’qituvchining darsga tayyorlanshni dars planini tuzish bilan tamomlanadi.
Dars plani qanchalik to’la, mufassal bo’lsa, mashg’ulot o’tkazishga o’quvchiga shunchalik yordam beradi.
Har bir dars plani quyidagi taxminiy formada tuziladi:

  1. Darsning maqsadi va ta’limiy vazifalar:

  2. Mehnat ob’ekti;

  3. Jixozlar:

  4. Darsning borishi:

Mashg’ulot nimaga bag’ishlanganini, uning maqsadi va ta’limiy vazifalaridan ko’rinadi. Masalan, ta’limiy vazifa o’quvchilarning texnologik prosessini mustaqil tashkil etishga uyushtirishdan, ularning metallarini qirqish va egovlash bo’yicha dastlabki malakalarni mustaxkamlashdan iborat bo’lishi mumkin. O’quvchilar buyumlar tayyorlaydigan darslarda mehnat ob’ektlari ko’rsatiladi.
«Jixozlar» bulimida mazkur darsda ishlatiladigan jixozlar, asboblar va xar xil ko’rsatma materiallar ifodalanadi.
«Darsning borishi» bo’limida dars strO’qturasi ochib beriladi, dars elementlarining almashinish tartibi va ularning xar biriga ajratiladigan vaqgi ko’rsatiladi.
Quyida misol tariqasida darslardan birining planini keltiramiz.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin