1. Nazorat savollari: Mehnat ta’limida qanday o’qitish shakllarini bilasiz?
Malakali ishchita biriktirib qo’yish deganda nimani tushunasiz?
O’qitishni frontal, zveno, yakka-yakka, aralash shakllari qay vaqtda qo’llaniladi?
32-mavzu. Texnologiya fani o’qituvchisiga qo’yiladigan talablar
Reja:
Mehnat ta’limi o‘qituvchisiga qo‘yiladigan talablar.
2. Texnologiya fanio’qituvchisining kasbiy kompetentligi.
3. Mehnat ta’limida metodik ishlarni tashkil qilish strukturasi.
Tayanch so’zlar: Talablar. O’qituvchining kasbiy kompotentligi. Metodik ishlar. Struktura.
Ta’lim va tarbiya jarayoni o’sib kelayotgan yosh avlodni jamiyat talablarini o’zida aks ettiruvchi ijtimoiy buyurtma asosida hayotga tayyorlashdan iborat. Ta’lim va tarbiya jarayonida yoshlar ajdodlar tomonidan to’plangan bilim, odob, urf-odat, madaniyat va mehnat ko’nikmalarini o’zlashtirishi, hayotiy tajriba asosida jamiyatda o’zining munosib o’rnini egallashi, salohiyati va dunyoqarashining shakllanishida pedagog shaxsi, uning kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi.
O’qituvchiga qo’yiladigan kasbiy talablar majmui pedagogik faoliyatga tayyorlik darajasi sifatida belgilanadi. Birinchi tomondan uning tarkibida psixologik, psixofiziologik va jismoniy tayyorgarlikni, ikkinchi tomondan ilmiy-nazariy va amaliy qobiliyatlarni kasbiy maxorat asosi sifatida alohida ajratib ko’rsatish mumkin.
o’qituvchilarga qo’yiladigan asosiy talablar
Umuminsoniy xususiyatlar;
vatanparvarlik ma’suliyati va ijtimoiy faollik;
bolalarga bo’lgan mehr, ularga o’z yuragini baxshida etishga bo’lgan talab va qobiliyat;
xaqiqiy ziyolilik, ruhiy madaniyat, o’zgalar bilan ishlashga bo’lgan hohish va qobiliyat;
yuqori darajadagi kasbiy mahorat, yangi uslubdagi ilmiy-pedagogik fikrlash, ijodiy xulosalarni qabul qilish va yangi g’oyalarga tayyorlik;
doimiy ravishda o’z ustida ishlashga bo’lgan ehtiyoj va bunga tayyorlik;
jismoniy va ruhiy sog’lik, kasbiy bilimdonlik ishonch;
kasbiy kompetenlik darajalarini rivojlantirishga intilish;
individual sifat va xislatlarni shakllantirishga bo’lgan yextiyojning o’sib borishi va.h.