O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakul’teti


Metod birlashma xujjatlarini yuritish



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə108/270
tarix23.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#134573
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   270
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t

Metod birlashma xujjatlarini yuritish.
Ishni rejalashtirish:

  1. Metod birlashma a’zolari to’g’risida umumiy ma’lumot;

  2. Fan mutaxassislarining VPQTMOI dan o’tganligi to’g’risida ma’lumot va istiqbol rejasi;

  3. Metod birlashmaning yigilish rejasi;

  4. O’qituvchilarning o’z ustida ishlash mavzulari;

  5. Namunaviy dars j advali;

Ish xujjatlari:

  1. O’tkazilgan tadbirlar senariylari;

  2. Metod birlashma yigilishi bayonnomasi



Metod birlashmaning yillik rejasi



Ish mazmuni

Muddati

mas’ul

















































Texnologiya fani o’qitishda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish fani respublikamizda kasbiy ta’limiga bo’lgan e’tiborning yuksalishi bilan birga rivojlanib bormoqda. Kasbiy ta’limiga bo’lgan e’tiborning ortib borayotganligini quyidagilar bilan izoxlash mumkin:


1. Ta’lim isloxotlari natijasida gimnaziya, litsey, kollej va boshqa turdagi yangi o’quv muassasalarining shakllantirilishi va rivojlantirilishi;
2. Oliy o’quv yurtlarida iqtisodiy ta’limni tashkil qilish, aloxida bo’lim va fakul’tetlarning tashkil etilishi;
3. Iqtisodiy ta’limning boshqa fanlar bilan yanada jipsroq boglanib borishi, istiqbolda amalga oshirilishi ko’zda tutilgan, bilim soxalari tutashuvida yangi konseptsiya va nazariyalarning yo’zaga kelishi;
4. Iqtisodiy ta’lim muassasalarining axoliga ta’lim xizmatlarini ko’rsatish turlarining ortib borishi, o’z bazasida tayyor maxsulot ishlab chiqarish va unga xizmat ko’rsatishni yo’lga qo’yishi, mehnatni tashkil qilishning ilg’or shakllarini joriy etishi va boshqalar.
Kasb ta’limi o’zoq davrlar mobaynida xar tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashga yo’naltirilib borildi, biroq ushbu tadbir bitiruvchilarning kasbiy maxoratini shakllanish darajasini pasayishi hisobiga amalga oshirildi. Bu xolat kasbiy maxoratni va layoqatni oshirish, insonning butun umri davomida o’z bilimini takomillashtirib borish va o’z-o’zini tarbiyalash extiyojini oshirishga xizmat qilmas edi. Respublikamiz ta’lim tizimidagi isloxatlar natijasida kasbiy ta’lim ishchi kasblariga maxsus tayyorlash masalasiga, ta’lim oluvchi shaxsida kasbiy maxorat va layoqat sifatlarini shakllantirishga aloxida e’tibor berilmoqda Kasb maxorati deyilganda bitiruvchining yuqori darajadagi kasbiy ko’nikma va malakalarni egallaganligi tushuniladi, u shaxsning mehnat bozorida egallayotgan kasbi bo’yicha raqobatbardoshlik darajasida o’z aksini topadi.
Kasbiy maxorat ishchi kuchlarining yuqori darajada moslashuvchanligini va yangiliklarni tez o’zlashtirishi, yangi ishlab chiqarish sharoitlariga o’z vaqt ichida o’ta olishi, faoliyat soxasini mustaqil tanlay olishi kabi sifatlar bilan belgilanadi. “Mehnat ta’limini o’qitishda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish” fanining asosiy tushunchalari, mazmuni kasbiy ta’limning turli tizimlarida quyidagi vazifalarni bajarishi mumkin: - o’qituvchilarning yangi va yanada murakkab tadbirlarni amalga oshirish maqsadida o’z kasbiy maxoratini oshirishi; - kasbiy-texnik ta’limning yangi konseptsiyalarini amalga oshirish vosita va yo’llarini yaratishga e’tiborni qaratish, faol-ijodkor shaxsni tarbiyalash; - pedagogik bilimlarni egallashga yangicha yondoshuvlarni ishlab chiqish; - ta’lim-tarbiyaning samarali shakl va metodlarini ishlab chiqish; - rivojlanib boruvchi yangi pedagogik jarayonlarni loyixalash, ta’lim oluvchilarning barcha imkoniyatlari va qobiliyatlarini ishga solishi uchun sharoit yaratish, kasbiy maxoratni egallashi uchun sarflanadigan vaqtni qisqartirishga erishishdan iborat. “Mehnat ta’limini o’qitishda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish” jaxon miqyosida tan olingan eng ilg’or metodlar va yo’nalishlar bilan boyib bormoqda. Bugungi kunda o’zining keng tadbiqini kutib yotgan, fanning boshqa soxalari bilan bog’liq ravishda ishlab chiqilgan yangi konseptsiyalar va nazariyalar rivojlantirilmoqda. “Mehnat ta’limini o’qitishda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish” fani nisbatan yosh va ko’p soxalarda rivojlanib borayotgan umumiy pedagogikaning bir bo’gini sifatida kasbiy-texnik ta’limning rivojlanishi bilan o’zaro uygunlikda taraqqiy qilib bormoqda. Shuningdek, Respublikamizda kasbiy ta’lim Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 13 mayda qabul qilingan №204-sonli qarorlariga xamda o’quv-me’yoriy xujjatlar asosida islox qilib borilmoqda. Bugungi kunda Respublikamizda ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichida Mehnat ta’limini o’qitishda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish fanining asosiy maqsadi - jaxon talablari darajasida yangilanib borayotgan ishlab chiqarish sharoitlariga moslasha oladigan, iqtisodiyotimizni buyuk davlat darajasiga ko’taradigan mutaxassislarni tayyorlash va bu jarayonda asosiy omil sifatida beriladigan axborotlar xajmini emas, balki ijodiy yondoshuvni shakllantirish, mustaqil fikrlash va tadbiq qilish sifatlarini tarbiyalashga e’tibor qaratish lozim. “Mehnat ta’limini o’qitishda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish”ning vazifasi quyidagilardan iborat: - turli xil (tashkilotlarda) korxonalarda samarali mehnat faoliyatini amalga oshirish; - aniq bir ishlab chiqarishning nafaqat texnik-texnologik, balki ijtimoiyiqtisodiy istiqbollarini belgilash; - zaruriyat bo’lganda, boshqaruv va ijro funksiyalarini qo’shish, ish qidirish davomida mehnat bozorida to’g’ri yo’l tanlash va xususiy ishlab chiqarishni yo’lga qo’ya olish.
Malakaviy tayyorgarlikda asosiy didaktik bosqichlar quyidagilardan iborat: 1. O’quv yurtining bitiruvchisi quyidagi bilimlarga ega bo’lishi kerak: - bitiruvchining egallaydigan ish o’rni; - bitiruvchining dunyoqarash sifati; - bitiruvchining standart talablariga javob beradigan bilimi; - bitiruvchining ish o’rnida qo’llaydigan bilim, ko’nikma va malakalari; - bitiruvchining mutaxassis sifatida shakllanishi va ijodiy ish olib borishi kabilar.
2. O’quv materialini mazmun jixatidan tanlashi. O’quv materialini tanlash albatta uning mantiqiy ketma-ketligi, mazmunan bitiruvchining fikrlash doirasini va goyalarini ishlab chiqish, ilmiy farazni rivojlantirish va shu bilan birga kelajakda fanga o’z xissasini qo’shishga undamogi kerak.
3. Tanlab olingan o’quv materialini tizimli tasniflash. O’quv materialining asosiy qismi, uni mantiqiy fikrlash, tushunish va munozara qilishni talab etadi. Shu bilan birga uni o’zlashtirish, o’zining qobiliyatidan kelib chiqqan xolda ijodiy yondoshish xam zarur.
4. Qabul qilinayotgan masalalarning yechimini tajriba va sinovlardan o’tkazish. “Mehnat ta’limini o’qitishda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish” fanini o’rganishda yana bir qator metodlardan keng foydalaniladi. Bularga izlanish metodlari kiradi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin