Mavzu: Taqvimiy mavzuli rejani ishlab chiqish.
Yarimyokibiryilgamo’ljallangantaqvimiyrejajadvaliniberish.
Taqvimiy rejani qar bir elementini izoqlash.
Taqvimiy mavzuli rejaning ish ob`ekti bilan bog’lanish.
Tanlangan reja bo`yicha taqvimiy mavzuli rejani ishlab chihish.
Kalendar mavzuli reja. O’quv rejasi va o’quv dasturi asosida har bir maktab o’qituvchisi tomonidan mahalliy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi va maktab metodik birlashmasi, pedagogik kengashi muhokamasi orqali maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Kalendar mavzuli reja har bir bo’limini qanday mavzularga ajratilab, ular qanday ketma-ketlikda, necha soatdan va o’quv yilining qaysi qismlarida o’qitilishi. Bu mavzular o’qitishning qaysi shakl, metod yordamida o’rgatilishi, har bir mavzuni o’qitishda qaysi ishni bajarish, buning uchun qanday asbob-uskunalar, xom ashyo,. texnik–texnologik hujjatlar zarurligi, shuningdek, o’qitishning texnikaviy vositalari, adabiyot va metodik qo’llanmalarning qaysilari zarur bo’lishini oldindan ko’rsatuvchi hujjat bo’lib, har bir sinf uchun yarim yoki bir yilga mo’ljallab tuziladi.
2.Amaliy ish. Kalendar mavzuli reja ishlab chiqish 1-bosqich.
Tushuntirish:
Kalendar mavzuli rejani to’liq ishlab chiqish ushbu 1-jadvalning barcha ustunini metodik jihatdan to’g’ri hal etgan holda to’ldirilishini taqozo etadi.
№
|
|
|
|
|
|
1
|
Mavzular
|
|
|
|
|
2
|
Ajratilgan soat
|
|
|
|
|
3
|
O’qitish vaqti
|
|
|
|
|
4
|
O’qitish shakli
|
|
|
|
|
5
|
Dars metodi
|
|
|
|
|
6
|
Ish obekti
|
|
|
|
|
7
|
Xom ashyo
|
|
|
|
|
9
|
O’lchov
|
Asbob-uskunalar
|
|
|
|
|
10
|
Ishchi
|
|
|
|
|
11
|
Jihoz va moslamalar
|
|
|
|
|
12
|
Texnik xujjatlar
|
|
|
|
|
13
|
Fanlararo bog’lanish
|
|
|
|
|
14
|
Texnik vositalar
|
|
|
|
|
15
|
Ishchi kasblari
|
|
|
|
|
16
|
Adabiyotlar
|
|
|
|
|
Bu jadvalni to’liq to’ldirilish uchun o’quv ustaxonasida qilinadigan ishlar ro’yxati va mehnat ta`limini tabiiy –ilmiy tsikldagi fanlar bilan bog’liqlik grafigi kerak bo’ladi. Xuddi shuningdek, bu ro’yxat va grafigi tuzish uchun ham darslarning mavzuli rejasigagina amalga oshirib bo’lmaydi, ular o’zaro bir-biri bilan bog’liqdir chunki qaysi mavzu uchun qanday ish ob`ekti tanlash kerakligi va uning izchilligini yoki boshqa fanlardagi mavzuga qaysi mavzuni bog’lab o’tish kerakligini aniqlash uchun birinchi navbatda mehnat ta`limi darslarida o’tiladigan mavzular va ularning ketma-ketligini aniqlash zarur bo’ladi. Shu sababli kalendar mavzuli rejani to’liq ishlab chiqish ikki bosqichni o’z ichiga oladi.
1-bosqichda o’tiladigan mavzular nomi, ularni o’qitish ketma-ketligi, unga ajratilgan soat va o’qitish vaqti aniqlanadi.
2-bosqichda o’quv ustaxonada qilinadigan ishlar ro’yxati va mehnat ta`limini tabiiy–ilmiy sikldagi fanlar bilan bog’liqlik grafigi tuzilganidan so’ng qolgan ustunlar to’ldiriladi.
1-bosqich –darslar bo’yicha mavzuli reja ishlab chiqish uchun topshiriqlar.
1-topshiriq.
a) o’zingizga biriktirilgan sinf uchun o’quv dasturning mavzuli rejasidan har bir bob uchun ajratilgan soatlar bilan tanishib chiqing;
b) tegishli boblarda o’quvchilar uchun yetkazilishi kerak bo’lgan texnik ma`lumotlar va bajarilishi kerak bo’lgan amaliy ish mazmunini daftaringizga ko’chiring
v) o’quv dasturidan dastlab birinchi bobni, so’ng ikkinchi, uchinchi va h.k. boblarni shu boblar mazmunini qamrovchi mavzularga ajrating.
2-topshiriq.
a) Mavzularning o’qitilish tartibini tahlil qiling va o’rinli joylashtiring;
b) Dasturning mavzuli reja qismida bob uchun ajratilagan umumiy soatini mavzularga mazmuni, hajmi va o’zlashtirish imkoniyatlarini hisobga olgan holda taqsimlang;
Tushuntirish:
Amaliy ishning bu bosqichda kalendar mavzuli rejaning qolgan 5-14-ustunlarini to’ldirish talab etiladi. Ularni to’ldirishda quyidagi ko’rsatmalarga amal qiling:
5-ustun o’qitish shakli- o’quvchilarni bilim, malaka va ko’nikmalar bilan qurollantirish uchun ular qay tarzda tashkil etilganligini xarakterlaydi;
Mehnat ta`limini o’qitishning bir necha xil shakllari mavjud bo’lib, ular maktabdagi ta`lim-tarbiyaviy ishlar xarakteri, mahalliy shart-sharoitlar va ta`limning umumiy maqsad hamda vazifalarini hisobga olgan holda tanlanadi.
6-ustun.O’qitish metodi-o’qituvchi tomonidan bilim, malaka va ko’nikma singdirilishi va o’quvchilar tomonidan bu bilim, malaka, ko’nikmalarni o’zlashtirish o’ziga xos usullarini xarakterlaydi.
7-ustun. Ish ob`ekti – har bir mavzuni o’qitishda nazariya bilim amaliyotining birligi printsipiga amal qilishimiz zarur. SHu sababli berilayotgan ishlar bir-biriga mos kelishi kerak. Bu narsani nisbiy hal etishda o’quv ustaxonada qilinadigan ishlar ro’yxatidan foydalaniladi. Birinchi ish ob`ektini qaysi mavzuni o’qitishdan boshlab qaysi mavzuni o’qitishda tugatishimiz kerak ekanligini aniqlab, so’ngra buning uchun ajratilgan vaqtlarni hisobga olgan holda to’ldiriladi. Bunda har bir darsda kirish instruktaji va boshqa tashkiliy ishlar uchun sarflanadigan vaqtlar hisobga olinmog’i kerak.
8-10-ustunlar. Bu ustunlar tanlangan, ish ob`ektini tayyorlash uchun qanaqangi xomashyo ( aniq turi, o’lchamlari) kerak va uning uchun qaysi o’lchov va asboblari zarur ekanligi hamda texnologik kartalar ko’rsatiladi.
11-ustun. Jihoz va moslamalar. Ish bajarishda foydalaniladigan dastgohlar yoki qurilmalar kiritish mumkin.
12-ustun. Texnik xujjatlar. Dastgohlar yoki qurilmalarning pasport yoki boshqa texnik hujjatlarini ham kiritish mumkin
13-ustun. Fanlararo bog’lanish ishlab chiqilgan mehnat ta`limining tabiiy-ilmiy sikldagi fanlar bilan aloqadorligi grafigiga asoslangan holda har bir mavzuni boshqa fanlardan o’rganilgan qaysi bo’limning qaysi mavzusiga bog’lab o’tish mumkinligi oldindan rejalshtiriladi.
14-ustun. O’qitishning texnikaviy vositalari – tegishli mavzuni o’rgatishda O’TVning qayi turi qo’llanishi mumkin ekanligi (sharoitni hisobga olgan holda) ko’rsatiladai.
15-ustun. Mavzuga taalluqli ishchi kasblari va kasbkorlik xaqida ma`lumot beriladi.
16-ustun. O’qituvchi va o’quvchi ushbu mavzu mazmuni bilan qaysi adabiyot yoki qo’llanmaning qaysi beti, nechanchi paragrafida tanishish mumkinligi aniq ko’rsatiladi.
Izoh. Biror sabablarga ko’ra o’quv dasturi yoki mavzuli rejada o’zgarish sodir bo’lib qolsa, dasturning bajarilishiga oid ko’rsatmalar va boshqa izohlar berilishi mumkin
Dostları ilə paylaş: |