O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakul’teti


o’qituvchi kasbining alohida jihatlarini belgilovchi xususiyatlar



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə104/270
tarix23.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#134573
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   270
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t

o’qituvchi kasbining alohida jihatlarini belgilovchi xususiyatlar: Didaktik, loyihalay olishlik, istiqbolni belgilay olishlik, tezkor natijaga erishishlik, kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlari kiradi. Shuningdek, u umuminsoniy xususiyatlar, ma’naviy-psixologik, ijtimoiy-psixologik, individual-psixologik qobiliyatlar, amaliy bilim va ko’nikmalar ya’ni umumpedagogik (axborot, rivojlantiruvchi), umummehnat (loyihalash, tashkilotchilik), mustaqil tashkil bo’luvchi (bilimlarni tizimlashtirish va umumlashtirish) xususiyatlar o’qituvchi shaxsining psixologiyasi tarkibida alohida ajralib turishi kerak.
Pedagogik odob ko’p jihatdan pedagogning shaxsiy xususiyatlari ya’ni dunyoqarashi, madaniyati, irodasi va kasbiy mahoratiga bog’liq. Pedagogik odob o’quvchilar va o’qituvchi orasida ishonchli munosabatlarning vujudga kelishida asos bo’lib xizmat qiladi. Pedagogik odob o’qituvchining e’tibor va adolatlilik muhim bo’lgan nazorat va baholash faoliyatida yaqqol namoyon bo’ladi.
Pedagog shaxsiga qo’yiladigan talablar:
pedagogning faoliyat sohalari: ta’lim; boshqaruv.
pedagogning faoliyat turlari: o’quv; metodik; tarbiyaviy; tashkiliy; ilmiy (rahbarlik); kadrlar bilan ishlash; tadbirkorlik; yekspertlik va boshqalar.
pedagog faoliyat yurituvchi muassasalar: maktagacha ta’lim; umumiy o’rta ta’lim; o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy ta’limdan keyingi ta’lim; maktabdan tashqari ta’lim; ta’limni boshqarish organlari.
Texnologiya ta’limini o’qituvchilarining psixologik-pedagogik jixatdan tayyorgarligi psixologiya, pedagogika, mehnat ta’limini va kasbga yo’llash metodikasi, chizmachilik va rasm o’qitish metodikasi, maktab gigienasi kabi fanlarni o’rganishda amalga oshadi.
O’quv yili tugashi bilan o’qituvchining navbatdagi o’quv yiliga tayyorlanishi boshlanadi.
Mehnat o’qituvchisi jixoz va asboblarning xolatini tekshiradi. Jixozlardagi mayda nosozliklarni o’qituvchining o’zi bartaraf qiladi, agar o’rtacha yoki kapital remont talab qilinsa, o’qituvchi talabnoma to’zadi va bu uning bajarilishi uchun ma’muriyat orqali tegishli tadbirlarni qo’llaydi. Asboblar olishiga aloxida talabnoma tuziladi.
O’quv ishining rejalashtirish maktab programmasini va undagi tushuntirish xatini o’rganishdan boshlanadi. Tushuntirish xatini o’rganishda mashg’ulotlarning vazifalarini, shuningdek, o’quv prosessini tashkil qilishga, ko’rsatmali qo’llanmalardan foydalanishga, o’quvchilarning faoliyatini tekshirish, baholash va xokazolarga oid metodik ko’rsatmalarini sinchiklab analiz qilishlari kerak. Shuningdek programmaning mazmuni bilan xam sinchiklab tanishib chiqishi lozim, unda xar qaysi sinf o’quvchilariga o’zlashtirishi kerak bo’lgan bilim, ko’nikma, malakalar, bo’limlar va temalar, u yoki bu temaga ajratiladigan soatlar miqdori bilan mehnat ob’ektlarining taxminiy ro’yxati xam ko’rsatilgan.
Maktab programmasini o’rganish va analiz qilishini tamomlab o’qituvchi o’quvchilarning ish ob’ektlari sifatida xizmat qiladigan buyumlarni tanlashga kirishadi.
Buyumlarni tanlash o’qituvchi mashg’ulotlarini o’tkazishga tayyorlanishida mas’uliyatli bosqich hisoblanadi, chunki buyumlar o’z vazifalariga ko’ra ijtimoiy-foydali bo’lishi kerakligidan tashqari, ularga yana qator talablar qo’yilgan.

  1. Buyumlarga ishlov berish o’quv programmasidagi mavjudoperasiyalaridan iborat bo’lishi lozim.

  2. Buyumni tayyorlash bilan bog’liq ish talab qilinayotgan aniqlik jixatidan xam, planlashtirilgan vaqt normasi jixatidan xam o’quvchilarni kuchlari etadigan bo’lishi kerak. Bu talab o’qituvchiga katta ma’suliyatni yo’qlaydi, chunki vaqt normasini, ko’pincha ishlov berish aniqligini xam, o’qituvchining o’zi belgilaydi.

3. Buyum vazifasi konstruksiyasiga ko’ra o’quvchilar tushuna oladigan bo’lishi kerak. Bu talab ayniqsa o’quvchilar xar xil modellarni tayyorlayotganida muximdir.
Maktab raxbarlari darslardagi mehnat mashg’ulotlarini xar xil korxonalarning buyurtmalari asosida tashkil qilishga intiladilar, chunki bu xolda o’quvchilarning unumli mehnatini yo’lga qo’yish mumkin. Ammo bunda o’quvchilarni faqat ishlanadigan konkret detallar bilangina emas, balki bu detallarni vazifalari va mashinadagi o’rin bilan tanishtirish xam kerak bo’ladi. Bunda o’quvchilardan detallarni tayyorlash bo’yicha talablarnigina emas, balki ularni asoslab berishni talab qilish xam mumkin bo’ladi, chunki xar bir talab detalning mashinada bajaradigan funksiyasidan kelib chiqadi. Shunga ko’ra o’quvchilarning mehnati ongli mehnatga aylanadi, bu esa butun ta’lim-tarbiya ishining natijalariga ijobiy ta’sir qiladi.
O’quvchining navbatdagi tema bo’yicha mashg’ulotlarga tayyorlanishi kalendar reja tuzishdan boshlanadi.
Maxalliy sharoitlarga bog’liq xolda kalendar reja bir yo’la butun o’quv yiliga, yarim yil yoki o’quv choragiga to’zilishi mumkin. Agar maktab ba’zi korxona orqali moddiy ta’minlanishi doimiy ishonchli manbaiga ega bo’lsa, reja butun o’quv yiliga ega bo’lishi mumkin. Agar materiallar tasodifiy manbalardan keladigan bo’lsa, reja qisqaroq, ammo o’quv choragidan kam bo’lmagan muddatga tuziladi.
Butun gruppa bilan frontal tarzda o’rganib bo’lmagan temalar uchun aloxida grafik tuziladi. Masalan, agar maktabda tokarlik stanogida materiallarga ishlov berish, termik ishlash, maishiy elektr isitgich asboblarini remont qilishni frontal o’rganish uchun etarlicha jixozlash va isitish qurilmalari bo’lmasa, o’quvchilarning soni va mazkur ustaxonaning ta’minlanganligini hisobga olib grafik tuziladi, bu grafik buyicha o’quvchilar programmada nazarda tutilgan ishlarni navbati bilan bajariladi.
Buyum tayyorlash texnologiyasida variantlilik jixozlardanancha to’liq foydalanish imkonini beradi. Masalan, serkultayyorlash darsida texnologayani bir qancha varianti berilishi
mumkin. O’quvchilar bu texnologiyalar bo’yicha ishlab toblanishni xar xil vaqtda bajariladi, shu usul bilan qizdirish qurilmasida o’zlO’qsiz foydalaniladi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin