8
Hisoblashish-to‘lov qaydnomalari, xodimlarning hisob-kitoblari bo‘yicha
shaxsiy schyotlarini tuzish va ulardan foydalanishni.
Mehnatga haq to‘lash tizimi hamda deponentdagi mehnat haqini hisobga
olish, mehnat haqining sintetik va analitik hisobi, mehnat haqi yuzasidan xodimlar
bilan hisob-kitoblar tartibini o‘rganish.
Talabalar vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotganligi nafaqasi, bola tug‘ish
va boshqalar bo‘yicha nafaqalar berish yuzasidan hisob-kitoblar tartibini,
sanatoriya kurortlarga davolanish uchun bolalarga yo‘llanmalar berilishi va
ularning hisobini yuritish tartibi bilan tashishlari lozim.
Mehnat haqidan soliqlar, ushlanmalar va ijtimoiy to‘lovlar to‘g‘ri
hisoblanganligini o‘rganish. Dastlabki hujjatlar asosida ish haqi va turli mukofotlar
va qo‘shimcha to‘lovlar to‘g‘ri to‘langanligini o‘rganish.
Hisobotga mazkur mavzu bo‘yicha quyidagi boshlang‘ich hujjatlarning
nusxalari ilova qilinadi va buxgalteriya ikki yoqlama yozuvlari o‘rganiladi.
−
ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish to‘g‘risida ariza;
−
ishga qabul qilinganlik to‘g‘risida buyruq;
−
shaxsiy varaqa;
−
boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq;
−
ish vaqtidan foydalanish hisobi tabeli;
−
ishlab chiqarish hisobi vedomosti;
−
sifatsiz mahsulot to‘g‘risida dalolatnoma;
−
hisoblashish – to‘lash vedomosti;
−
hisob vedomostlari;
−
to‘lov vedomostlari;
Mazkur korxonada kasallik varaqasiga muvofiq nafaqa hisoblashdan misol
keltiring; ishchiga, muhandisga, hisob xodimlariga ta’til pulini hisoblang;
Buxgalteriyada 2-3 xodimlarga mehnat haqi hisoblash va undan soliq hamda
boshqa ushlanmalarni hisoblash, mehnat ta’tili vaqtiga va jamoat ishlarini bajargan
vaqtiga ish haqi hisoblash, bunda o‘rtacha ish haqini hisoblash va qo‘lga tegadigan
mablag‘summasini 4-5 holatlarda hisoblab ko‘rishlari lozim.
Dostları ilə paylaş: