10
8. Tayyor mahsulot(ish, xizmat)lar va ularning sotilishini hisobga olish
Talabalar buxgalteriyada va hisoblash markazida quyidagilarni o‘rganishlari
lozim:
−
ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar va ularni hisobga olish hamda tayyor
maxsulotlarning omborlarda saqlanish joylari turlaribo‘yicha hisobga olish;
−
tayyor mahsulotlarni joriy hisobda
va sintetik hisobda baholash;
−
iste’molchilargaberilgan, jo‘natilgan mahsulotlarni hisobga olish va jo‘natilgan
mahsulotlarni haqiqiy tannarxini baholash.
−
mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlar sotilishi hiobini;
−
mahsulotni chetga sotishning shartlari,sotilgan
maxsulotlarning qiymatini,
qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish hamda muomala xarajatlari va savdo
daromadlarini hisobga olishning xususiyatlari;
Hisobotga mazkur mavzu bo‘yicha quyidagi boshlang‘ich hujjatlarning
nusxalari ilova qilinadi:
−
tayyor mahsulotni sotish bo‘yicha
shartnoma;
−
ishonchnoma;
−
tayyor mahsulotni ombordan yuklab jo‘natish bo‘yicha buyruq;
−
tayyor mahsulotni ombordan berish bo‘yicha yukxat;
−
berilgan ishonchnomalar hisobi jurnali;
−
omborda tayyor mahsulotlar hisobi;
−
qaydnomalar;
−
sifatsiz mahsulot to‘g‘risida dalolatnoma.
Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘ldirilib, har bir boshlang‘ich hujjatlar
ma’lumotlaridan foydalanib, buxgalteriya
ikkiyoqlama yozuvlarini, ularning
mazmuni to‘liq ko‘rsatiladi. Agarda boshlang‘ich hujjatlarning ayrim rekvizitlari
to‘ldirilmagan bo‘lsa ularning sabablari ko‘rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: