O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


Moliya kafedrasi mudiri:____________________ Gadoyev S.J



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/23
tarix14.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#143390
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Moliya kafedrasi mudiri:____________________ Gadoyev S.J. 
Mazkur amaliyot dasturi Iqtisodiyot va turizm fakulteti Kengashining 2022 yil 
27-avgustdagi 1-sonli yigʻilishida muhokama qilingan va universitet oʻquv-uslubiy 
Kengashiga ko’rib chiqish uchun tavsiya qilingan.
Fakultet Kengashi raisi:_____________________ Absamatov A.E. 
Mazkur amaliyot dasturi universitet oʻquv-uslubiy Kengashining 2022 yil 28 
avgustdagi 1- sonli yigʻilishida ko’rib chiqilib tasdiqlangan.
 
Oʻquv-metodik boshqarma boshligʻi:_________________Ibragimov A.J. 



KIRISH 
Raqamli iqtisodiyot sharoitida raqobatbardosh mutaxassis kadrlarni 
tayyorlash, Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim va uning barcha tarkibiy 
tuzilmalarini takomillashtirib borish bugungi kunning dolzarb masalalaridan 
biridir. Shu bois fanlar bo‘yicha bilimlar majmuasini o‘zlashtirish, nazariy va 
amaliy mashg’ulotlar uzviyligida malaka va ko‘nikmalarni mukammal 
shakllantirishda ishlab chiqarish amaliyoti muhim ahamiyatga ega. 
Ushbu dastur 5230900 – Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha) 
ta’lim yo‘nalishi talabalarining ishlab chiqarish amaliyotini to‘g’ri tashkil qilish, 
bo‘lajak mutaxassislarni ijtimoiy-iqtisodiy tizimida samarali faoliyat yuritishlari 
uchun uslubiy ko‘rsatma bo‘lib hisoblanadi. 
Mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi
O‘RQ-637-sonli “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga, 2019-yil 8-oktabrdagi
PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha 
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni, 2017-yil 27-iyuldagi
PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda 
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta 
maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 25-avgustdagi 744-sonli buyrug‘i bilan 
tasdiqlangan Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti, 230000 - Iqtisod ta’lim 
sohasining davlat ta’lim standartlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta 
maxsus ta’lim vazirining 1998-yil 30-oktabrdagi 305-son buyrug‘i bilan 
tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining 
malakaviy amaliyoti to‘g‘risida”gi Nizom talablariga mos ravishda ishlab 
chiqilgan. 
Dasturda ishlab chiqarish amaliyotining maqsadi, amaliyotni o‘tashga oid 
umumiy qoidalar, uni samarali tashkil etish masalalari, amaliyot rahbari va 
amaliyotchining vazifalari hamda majburiyatlari, amaliyot o‘tash natijalarini va 
hisobotni rasmiylashtirish tartibi ko‘rsatib o‘tilgan. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin