4
Ishlab chiqarish amaliyotining asosiy vazifasi xo‘jalik
yurituvchi subyektlar
faoliyatini va ular tomonidan olib boriladigan xo‘jalik operatsiyalarni
rasmiylashtirish va amalga oshirishni tashkil etilishini hamda ular asosida nazariy
bilimlarini amaliyotga tadbiq etishni o‘rganishdan iboratdir. Shuningdek, amaliyot
davrida talabalar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning umumiy faoliyatida va jamoat
ishlarida ham muntazam ishtirok etib borishlari lozim.
II. ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI DAVRIDA TALABANING ISH
JOYI VA VAQTNING TAQSIMLANISHI
Ishlab chiqarish amaliyotining dastlabki kuni talabaga amaliyot joyidan
buyruq asosida rahbar biriktiriladi. Biriktirilgan rahbar
talabalarga ichki intizom
to‘g’risida qisqacha ma’lumot beradi.
Amaliyot davomida talaba dekanat tomonidan berilgan kundalikni yuritib,
unda har kuni bajargan ishlarining qisqacha mazmunini yoritib borishi lozim. Har
bir ish kunining oxirida amaliyot joyidagi rahbar talabaning kundalik daftariga o‘z
imzosini qo‘yish orqali tasdiqlaydi.
Dostları ilə paylaş: