O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti ter



Yüklə 14,49 Mb.
səhifə104/219
tarix21.10.2023
ölçüsü14,49 Mb.
#159303
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   219
Termiz davlat universiteti

Nazorat savollar.



  1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mehnat muhofazasi bo’yicha qanday kafolatlar belgilangan ?

  2. O’zbekiston Respublikasi mehnat kodeksida «Mehnat muhofazasi» bo’limining mazmuni nimadan iborat ?

  3. YOshlar va ayollar mehnatini muhofaza qilishda qanday imtiyozlar belgilangan ?

  4. Ishni ta’lim bilan qo’shib olib borayotgan shaxslar uchun qanday imtiyozlar belgilangan?

2-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Mehnat havfsizligi to’g’risida instruktaj va ta’lim berish.


Ishdan maqsad: Ishlab chiqarish xodimlariga GOST-12.0.004-79 va OST 46.0.126-82 standartlariga muvofiq mehnat havfsizligi to’g’risida instruktaj o’tkazish va rasmiylashtirishni o’rgatishdir.


Umumiy ma’lumotlar.
Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishga yangidan-yangi texnologiya va mashina-uskunalarning joriy etilishi ishlab chiqarishda ishlayotgan har bir xodimdan yuqori malakani egallashni, texnika qonunlarini yaxshi tushunishni va unga amal qilishni talab qilmoqda.
Sanoat korxonalarining xilma-xilligini hisobga olib, o’zi uchun mos keladigan mehnatni muhofaza qilish va mehnat havfsizligini ta’minlashga qaratilgan instruksiyalar tizimi GOST 12.0.004-79 (MX.SS) tashkil qilingan.
Ushbu hujjat O’zbekistondagi hamma tashkilot va korxona rahbarlari uchun majburiydir. Korxona va tashkilotlarda texnika havfsizligi bo’yicha havfsiz ishlash usullari hamma ishchi va xizmatchilarga instruktajlar berish orqali o’rgatiladi
Mehnat vazirligining mehnat havfsizligini o’qitish va bilimini tekshirish bo’yicha namunaviy ‘Nizom”ga asosan instruktajlar kirish, ish joyida (birlamchi), rejali (takroriy), rejadan tashqarii, qo’shimcha instruktajlar va oylik o’qish kurslarida o’qitishlarga bo’linadi. Hamma instruktajlar harakatdagi instruksiyalar bo’yicha qoida me’yoriga asoslanib kasbiga qarab beriladi.

Yüklə 14,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin