Amaliy mashg’ulotlari mazmuni. Amaliy ishlarni bajarishda quyidaga yo’l-yo’riqlarga rioya qiling. 1. Ishni boshlashdan oldin havfsizlik texnika qoidalari bilan tanishib chiqing, baxtsiz hodisalarning oldini oling va havfli vaziyatlarni oldindan ko’ra biling. Ishni xalat kiygan xolda bajaring.
2. O’qituvchi yoki laborant ruxsatisiz ishni boshlamang.
3. Ishni bajarish vaqtida tinchlik, ozodalik va tartibni saqlang.
4. Asboblardan faqat belgilangan maqsadda foydalaning.
5. Elektr toki bilan ishlaydigan asboblar tayyor bo’lgach, o’qituvchi yoki laborant ruxsati bilan yurgizing. Ish tugagach asboblarni tokdan uzib, ish joylarini tartibga keltirib qo’ying.
6. Ish boshlashdan avval yoki bajarish vaqtida asboblarning zarracha shikastlanganligini va ixotasi buzulganligini payqab qolsangiz, darxol o’qituvchi yoki laborantga habar qiling.
7. Mabodo biror uchqun yoki yong’in chiqqanini ko’rsangiz, sarosima va vaximaga tushmasdan, o’t o’chirish vositalari yordamida yong’inni o’chirishga kirishing.
1-Amaliy mashg’ulot Mavzu: O’zbekiston Respublikasi Mehnat qonunlarida ayollar va yoshlar mehnati. Ishdan maqsad: O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining XII-XIV-bob, 211-258 moddalarini batafsil o’rganib chiqish va uni tahlil qilishni o’rganish.
Kerakli hujjat va adabiyotlar. 1.O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi. T. «O’zbekiston» 1992 y.
2. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi. T. «Adolat» 1996 y.
3.U.Yo’ldoshev va boshqalar. Mehnatni muhofaza qilish. T.: «Mehnat». 2001 y
4.X.Rahimova va boshqalar «Mehnatni muhofaza qilish» T. O’zbekiston 2003 yil
Ishni bajarish tartibi: 1.O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi qachon tasdiqlanganligi va u necha bob, qancha moddadan iboratligi xaqida to’xtalish kerak bo’ladi.
2.XIII bob mehnatni muhofaza qilish xaqida (211-223 moddalar)
3.XIV bob ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan qo’shimcha kafolat va imtiyozlar( ya’ni ayollarga beriladigan qo’shimcha kafolatlar ) haqida (224-238 moddalar)
4.XIV bob yoshlar uchun qo’shimcha kafolatlar. (239-247 moddalar)
5.XIV bob ishni ta’lim bilan birga qo’shib olib borayotgan shaxslar uchun imtiyozlar. (248-258 moddalar)