O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə132/196
tarix24.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#191090
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   196
О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус-hozir.org

Xarakter tipologiyasi
Psixologiya tarixida xarakterning tipologiyasini yaratishga bir necha bor urinib ko‘rilgan. Nemis psixologi va psixiatri E.Krechmer tomonidan XX asr boshlarida tavsiya etilgan tipologiya eng mashhur va dastlabki urinishlardan biri edi. Keyinchalik uning hamkasblari U.Sheldon, E.Fromm, K.Leongard va A.Ye.Lichkolar tomonidan ham shunday tipologiyalar tavsiya etilgan. Inson xarakterining barcha tipologiyalari quyidagi asosiy g‘oyalarga muvofiq tarzda tashkil etilgan.
  1. Inson xarakteri uning ontogenetik taraqqiyoti mobaynida namoyon bo‘la boshlaydi va butun hayot davomida barqaror bo‘lib boradi.


  2. Xarakter tarkibiga kirgan xususiyatlar tasodifiy uyushgan emas. Ular xarakter tipologiyasini tuzish imkonini beruvchi bir-biridan farq qiluvchi tiplardan iborat.


  3. Mazkur tipologiyaga ko‘ra ko‘pchilik kishilarni ma’lum guruhlarga birlashtirish mumkin.


E.Krechmer odam tanasining tuzilishi va konstitutsiyasiga ko‘ra, eng ko‘p uchraydigan uchta tipni ajratib ko‘rsatgan (astenik, atletik, piknik). Ularning har biri shaxsni ma’lum xarakter tiplari bilan bog‘langan bo‘lsa ham, aslida hech qanday ilmiy asoslab bo‘lmaydi.


1. Astenik tipKrechmer fikricha, uncha katta bo‘lmagan gavda tuzilishli, o‘rtacha yoki undan balandroq bo‘yli, oriq kishilardir. Asteniklarning tana va yuz terisi nozik, еlkasi tor, yassi, mushaklari yaxshi rivojlanmagan.
2. Atletik tip – skelet va mushaklar yaxshi rivojlangan, o‘rtachadan yuqori, baland bo‘yli, keng еlkali, kuchli ko‘krak qafasli, boshini tik tutib yuradigan kishilardir.
3. Piknik tip – bosh, ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i yaxshi rivojlangan, semirishga moyil, tayanch-harakat a’zolari yaxshi rivojlanmagan kishilardir.
E.Krechmer mazkur tiplar bilan ayrim ruhiy kasallik o‘rtasida muvofiqlik bor, degan fikrni ilgari suradi. Masalan, atletik va astenik tiplar shizofreniyaga moyilroq deb hisoblaydi.
E.Krechmer tipologiyasi hayotiy kuzatishlar asosida xulosalar chiqarish orqali tuzilgan bo‘lsa ham kamchiliklarga ega. Ba’zi ilmiy tadqiqotlar ma’lum tana tuzilishiga ega kishilar ruhiy kasalliklarga moyil ekanligini aniqladi va xarakter aksentuatsiyasi haqidagi fikrlarni ilgari surish imkonini berdi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin