Yoshlarni oilaviy hayotga psixologik tayyorlashda psixologik bilimning ahamiyati.
Oilaviy hayotga psixologik tayyorlikning mezonlari va ko‘rsatkichlari.
Yoshlarni oilaviy hayotga psixologik tayyorlash sohasidagi amaliy ishning samaradorligini oshirish omillari.
Guruh rahbari va fan o‘qituvchisining oilaviy hayotga psixologik tayyorlashdagi faoliyati mazmuni.
Tayanch so‘z va iboralar Oila-nikoh, klassifikatsiya, monogam oila, funksiyalar, iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy, kommunikativ, rekreativ, felitsitologik, regulyativ, relaksatsiya Har bir oila ijtimoiy tizim sturuktura sifatida jamiyat oldida ma’lum bir funksiyalarni bajaradi. Oilaning ijtimoiy-funksiyalari haqida gapirganda bir tomondan jamiyatning oilaga ta’sirini, ikkinchi tomondan esa, umumiy-ijtimriy tizimda oilaning o‘rnini, oilaning hal qiladigan ijtimoiy-funksiyalarini hisobga olish lozim.
Barcha oldingi jamiyatlarda oila quyidagi asosiy funksiyalarni bajargan: iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy, rekreativ, kommunikativ, regulyativ (boshqaruv).
Bu haqda sharq allomalari: Abu Nosir Farobiy, YUsuf Hos Hojib, Ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy, Ahmad Donish va boshqalar o‘z asarlarida yozib qoldirganlar.
Albatta, bu sanab o‘tilganlar hozirgi zamon oilasini asosiy funksiyalarining yagona klassifikatsiyasini tashkil eta olmaydi. Chunki, ayrim manbaalarda: naslni davom ettirish, tarbiyaviy, ho‘jalik va o‘zaro yordam kabi funksiyalar hozirgi zamon oilasining muhim funksiyalari sifatida ko‘rsatib o‘tilgan, sotsiolog olimlar (U.M.Sverdlov, V.A.Ryasensov, V.P.Klyuchnikov) esa inson zotini davom ettirish, bolalarni tarbiyalash va xo‘jalik funksiyalarini farqlaydi; S.D.Laptenok xo‘jalik-maishiy, aholi sonini qayta tiklash, tarbiyaviy va oila a’zolari dam olishi-hordiq chiqarishini tashkil etish; N.G.Yurkevich-ma’naviy muloqot, seksual, bolalarni dunyoga keltirish, tarbiya jarayonidagi hamkorlik, uy xo‘jaligini yuritish uchun zarur vositalarni ta’minlash, dam olishni tashkil qilish, o‘zaro moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash; A.G.Xarchev-aholi sonini qayta tiklash, ijtimoiylashuv, xo‘jalikg iste’mol va dam olishni tashkil qilish kabilarni farqlaydi. Mana, yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, qator oilashunos mutaxassislar tomonidan oilaning asosiy funksiyalari turlicha klassifikatsiya qilinmoqda. Bu o‘rinda oila funksiyalarini shunchaki sanab o‘tish emas, balki ularni, bir tomondan, odamlarning moddiy, xo‘jalik-maishiy va ikkinchi tomondan, emotsional va ijtimoiy-psixologik ehtiyojlarini qondiruvchi funksiyalarga farqlash muhim.
Shuni ham aytib o‘tish joizki, hozirgi zamon oilasida emotsional va ijtimoiy-psixologik jarayonlarni qondirish funksiyasining ahamiyati ortib bormoqda. Hatto sof moddiy xarakterga ega bo‘lgan funksiyalarda ham hissiylik ko‘proq tus olib bormoqda.
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida hozirgi zamon oilasining asosiy funksiyalari qatorida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy, rekriativ, kommunikagiv, regulyativ, boshqaruv kabilar.
Oilaning iqtisodiy funksiyasi uning asosiy funksiyalaridan biri hisoblanadi. Oila iqtisodi, byudjeti, daromadini rejali sarflash, kundalik xarajatga, zarur buyumlarga pul ajratish, bir necha yildan so‘ng olinadigan narsalarga mablag‘ yig‘ish, tejab bozor yuritish er-xotinning katta tajriba, malakasiga ega bo‘lishlariga bog‘liq. SHuningdek, oilada o‘sayotgan bola ham manna shu malaka va ko‘nikmalariga ega bo‘lib borishi zarurligini unutmagan holda bolaga iqtisodiy masalalarni hal etishni o‘rgata borish lozim.
Oila o‘zining shu funksiyasi tufayli jamiyatga, davlatga katta iqtisodiy foyda keltiradi.
Oilaning muhim bo‘lgan funksiyalaridan yana biri bu uning reproduktiv (jamiyatning biologik uzluksizligini ta’minlash, bolalarni dunyoga keltirish) funksiyasidir. Bu funksiyaning asosiy mohiyati inson turini davom ettirishdan iboratdir. Oila vazifasi faqatgina YAngi avlodni dunyoga keltiribgina qolmasdan, ularni insoniyat paydo bo‘lgan davrdan boshlab yashab kelayotgan ilmiy va madaniy yutuqlari bilan tanishtirish, ularning salomatligini saqlab turishdan ham iboratdir. Tabitan berilgan avlod qoldirish instinkti odamda farzand ko‘rishga, ularni o‘stirishga. Bu ehtiyojlarni qondirmasdan turib, kishi odatda o‘zini baxtiyor his qila olmaydi.
Oilaning muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yana bar funksiyasi tarbiyalash funksiyasidir. Bolalarning aqliy, jismoniy, ahloqIy, estetik tarbiyasiga oilada asos solinadi. Oila inson deb ataluvchi binoning faqat plydevorini qo‘yish bilan cheklanmasdan, balki uning so‘nggi g‘ishti qo‘yilguncha javobgardir. Ota-ona-san’atkor, bola-san’at asari, tarbiya jarayoni esa san’atning o‘zidir.
Oilaning kommunikativ funksiyasi oila a’zolarining o‘zaro muloqot va o‘zaro tushunishga bo‘lgan ehtiyojiga qondirishga xizmat qiladi. Psixologik tadqiqotlarda ta’kidlanishicha, turli ijtimoiy orientatsiyalar, ustanovkalar, hissiy madaniyat, odamning ahloqIy, ma’naviy va psixologik salomatligi- oiladagi o‘zaro, ichki muloqot xarakteri, oiladagi o‘zaro ichki muloqot xarakteri, oiladagi katta a’zolarning muloqotda psixologik ustanovkalarni namayon qilishlari, oiladagi ahloqIy-psixologik iqlimga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir.
Nikoh-oila munosabatlari yuzaga kelgan dastlabki, ibtidoiy zamonlardan buyon unga xarakterli bo‘lib kelgan xususiyatlardan biri, undagi shaxslararo munosabatlar talablaridan biri uni o‘z a’zolarining ahloqiy-psixologik hhimoyalanishini ta’minlash, shuningdek bolalarga mehnatga yaroqsiz yoki keksa qarindoshlarga moddiy va jismoniy erdam ko‘rsatish kabilardan iborat bo‘lib kelgan.
Bu holat o‘z navbatida oilaning asosiy funksiyalaridan birini, uning rekreativ funksiyasini tashkil qiladi. Oilaning rekreativ-o‘zaro jismoniy, moddiy, ma’naviy va psixoxogik yordam ko‘rsatish, bir-birining sayaomatligini mustaedkamxash, oila a’zolari dam oxigiini tashkil etigi funksiyasidir. Bu funksiya keyingi -dilAarda yanada muhim ahamiyat kasb etloqda
Hozirgi zamon oilasining tobora ahamiyati ortib borayotgan funksiyalaridan biri uning felitsitologik funksiyasidir (italyancha baxt). Shaxsiy baxtga erishishga o‘z a’zolarining baxtini ta’minlashda qanday rol o‘ynaydi. Baxtga intilish xar bir inson uchun tabiiydir va ayni shu baxtga intilish ularni oila kurishga undaydi Inson o‘ziga ato etilgan baxtning to‘rtdan uch qismini oiladan choraktaga etar-etmas qismini boshqa narsalardan topadi. Oilada er-xotinnning bir-birini to‘liq tushunishi ularning o‘zlarini baxtli his qilishlarini ta’minlaydi.
Oilaning regulyativ funksiyasi oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni boshqaruv tizimini shuningdek, birlamchi ijtimoiy nazoratni oilada ustunlik va obro‘ning amalga oshirishni o‘z ichiga oladi Bunda kattalar tomonidan yosh avlodni nazorat qilish va ularni moddiy hamda ma’naviy tomondan qo‘llab-quvvatlash nazarda tutiladi.
Hozirgi zamon oilasining eng asosiy funksiyalaridan yana biri relaksatsiya funksiyasidir Bu degani oila a’zolarining jinsiy emotsional faoliyatini, ruhiy-jismoniy quvvatini mehnat qobiliyatini yana qayta tiklash demakdir Ma’lumki, fan-texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida ishlab chiqarish munosabatlarining jadallashuvi, xald ho‘jaligining turli jabhalarida yangi texnologiyalarning joriy еtilishi va shu kabi qator omillar inson ruhiyatiga oldingilariga qaraganda ko‘proq jismoniy, ruhiy zo‘riqishlar bermoqda Ishlab chiqarish jaraenlari jadalliginining bunday tarzda davom etishi shu jaraenlar ishtirokchisi, boshqaruvchisi-insonni tezda toliqib, mehnat qobiliyatini yo‘qotishiga olib kelishi mumkin
Ish kuni davomida ko‘tarinkilik kuchli zo‘riqish bilan ishlagan ishchi, xodim ishdan so‘ng o‘z uyida oila qurshovida boshqa tashvishlarni unutib ular unga ko‘rsatadigan mehr-oqibatdan bahramand bo‘lib ular bilan bo‘ladigan o‘zaro muloqot emotsional qullab-quvvatlash daldalardan ruhiy quvvat olib, ertangi kun mehnat faoliyatiga o‘zini qayta tiklab olshni lozim bo‘ladi Buning uchun esa, uning oilasida tinchlik totuvchlik, o‘zaro hurmat, o‘zaro tushunish va ijobiy psixologik iqlim xukm surmog‘i lozim.