SEZGILARNING TASNIFI, SEZGILARNING TURLARI, SEZGI SOHASIDAGI QONUNIYaTLAR
Sezgilar qaysi a’zolar yordamida hosil qilinishiga qarab, quyidagi turlarga, ya’ni ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, teri, muskul–harakat, organik sezgilarga ajratiladi. Ular sezgi a’zolari qaerda joylashganligiga qarab tavsiflanadi.
Jahon psixologiyasi fanining so‘nggi yutuqlari hamda atamalariga binoan sezgilar quyidagicha klassifikatsiya qilinadi. Ushbu tasniflanishning dastlabki ko‘rinishi ingliz olimi Ch.Sherringtonga taalluqlidir. U retseptorning qaerda joylashganligiga qarab, sezgilarni uch turga bo‘ladi.
Tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishgamoslashgan hamda retseptorlari tananing sirtqi qismida joylashgan sezgilar, ya’ni ekstroretseptiv sezgilar;
Ichki tana a’zolari holatlarini aks ettiruvchi hamda retseptorlari ichki tana a’zolarida, to‘qimalarda joylashgan sezgilar, ya’ni interoretseptiv sezgilar.
Tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma’lumot (axborot, xabar) beruvchi muskullarda, bog‘lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, ya’ni proprioretseptiv sezgilar.
Sezgilarning tasnifi va bu boradagi tadqiqotlarni tahlil qilamiz. Dastlabki mulohazalar interoretseptiv sezgilar u borasida rus psixologi A.R.Luriya tadqiqot ishini olib borgan. Uning fikricha, interoretseptiv sezgilar asl, tub, ma’nodagi sezgilar emas, balki emotsiyalar bilan sezgilar o‘rtasidagi oraliq sezgilar sifatida namoyon bo‘ladi. Psixologiya fanida mazkur sezgilar to‘la o‘rganilmaganligi sababli uni “noma’lum hislar” deb atalgan. Bu asosan ichki organlarning xastaliklarida vujudga keluvchi holatlarni diagnostika qilishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Interoretseptiv sezgilar insonning kayfiyatida, emotsional reaksiyalari o‘zgarishida ko‘zga tashlanadi , bolada esa xatti–harakatning keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Chunki bola tana a’zolaridagi ichki holatini anglash, his qilish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun undagi xatti-harakatning umumiy o‘zgarishi belgilardan buni sezish mumkin.
Interoretseptiv sezgilar organizmdagi ichki jarayonlarni o‘zaro o‘rin almashtirish muvozanatini ta’minlab turishning asosi hisoblanadi. Bu jarayonni bir so‘z bilan aytganda, organizmdagi jarayonlarni o‘zaro o‘rin almashib turishning gemostazi (barqarorligi) deb ataladi. Shuningdek, mazkur sezgilar insonda yuzaga keladigan puls, zo‘riqish, affekt holatlarini yo‘qotish, tug‘ilib kelayotgan mayllarni qondirish bilan bog‘liq vazifani bajaradi. Natijada ichki tana a’zolarining faoliyatini izdan chiqarish holati yuz berishi mumkin.
Interoretseptiv sezgilarning fiziologik mexanizmlari interotsepsiya bilan birgalikda K.M.Bikov, V.N. Chernigovkiylar tomonidan atroflicha o‘rganilgan. Ularning fikriga ko‘ra, bu narsalarning barchasi shartli reflektor faoliyati mexanizmlaridan kelib chiqqadi
Propriotseptiv sezgilar gavdaning fazodagi holati to‘g‘risida signallar bilan ta’minlab turadi. Ular inson harakatining boshqaruvchisi hisoblanib va afferent asosini tashkil qiladi.
Pereferik retseptorlar muskullar, pay va bo‘g‘imlarda joylashgan bo‘lib, maxsus tanachalar shakliga ega va ular Puchchini tanachalari deb ataladi.
Tanachalarda vujudga keluvchi qo‘zg‘atuvchilar muskullarning harakatlashuvi natijasida va bo‘g‘imlar holatining o‘zgarishi, nerv tolalari yordamida, orqa miyaning orqa ustunidagi oq suyuqligiga еtkaziladi. Qo‘zg‘ovchilar Burdax va Goll yadrosining quyi bo‘limlariga еtib keladi va undan po‘stosti tugunchalaridan o‘tib, bosh miya katta yarim sharining qorong‘ulashgan zonasida harakatlarini yakunlaydilar.
Proprioretseptorlar harakatning afferent asosi ekanligini A.Orbeli tomonidan, hayvonlarda P.K.Anoxin, odamlarda esa N.A.Bernshteynlar tomonidan o‘rganilgan.
Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra, gavdaning fazodagi holati, sezgirligi statik sezgilarda o‘z ifodasini topadi. Uning markazi ichki quloq kanallarida joylashgan bo‘lib, ular o‘zaro bir-biriga perpendikulyar bo‘shliqda tutash holatda yotadi.
Masalan, bosh holatining o‘zgarishi quyidagi sxemada ko‘rish mumkin:
a) endolimfa suyuqligiga bog‘liq qo‘zg‘alish;
b) eshitish nervi;
v) vestibulyar nervi;
g) bosh miya po‘stining chakka bo‘lmasi;
d) miya apparatiga o‘tadi;
Vestibulyator sezgi apparati ko‘rish bilan bevosita aloqada bo‘lib, fazoni mo‘ljalga olish (orientirlash) jarayonida ishtirok etadi.
Masalan, avtomobil yo‘lidan o‘tish va hokazo. Bu jarayon patologik holatda ham uchrashi mumkin.
Ekstroretseptiv sezgilar intermodal, nospesifik sezgi turkumlariga ham ajratiladi. Masalan, eshitish organi orqali 10-15 sekundga tebranishni sezish mumkin, lekin quloq bilan emas, balki suyaklar yordamida (miya qopqog‘i, tirsak, tizza uchlari) payqash–vibratsiya sezgilari deyiladi. Masalan, karlarni tovushlarni idrok qilishi. Odatda vibratsion sezgirlik intermodal sezgi deb ham nomlanadi. Uning quyidagi ko‘rinishlari ham mavjud:
a) hid, ta’m, va maza sezgilarida;
b) o‘ta kuchli tovushda, o‘ta yorqin yorug‘likda;
v) uch xil ta’sirning uyg‘unlashgan integrativ holatida;
Sezgining nospesifik shakliga terining foto sezgirligi kirib, u ranglarni, nozik jumlalarni ajratish, qo‘l uchlari bilan sezish orqali ro‘yobga chiqadi. Terining foto sezgirligi A.N.Leontev tomonidan kashf qilingan bo‘lib, bu narsa ko‘pgina holatlarga oqilona yondashish imkoniyatini vujudga keltiradi. Tadqiqot asosan qo‘l uchiga yashil va qizil ranglarni yuborish orqali amalga oshirilgan. Terining foto sezgirligi tabiati psixologiyada еtarli darajada o‘rganilmagan.
Dostları ilə paylaş: |