O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə69/196
tarix24.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#191090
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   196
О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус-hozir.org

Konkretlashtirish - hodisalarni ichki bog‘lanish va munosabatlardan qat’iy nazar bir tomonlama ta’kidlashdan iborat fikr yuritish operatsiyasidir.
Umumiy mavhum belgi va xususiyatlarni yakka yolg‘iz ob’ektlarga tadbiq qilish bilan ifodalanadigan fikr yuritish operatsiyasi insonning barcha faoliyatlarida faol ishtirok etadi. Voqelik qanchalik yaqqol shaklda ifodalansa, inson uni shunchalik oson anglab еtadi. Insonlar dastavval tevarak atrofni aniq belgilariga asoslanib, aniq holda aks ettirganlar, yaqqol obrazlarga suyanib tasavvur qilish imkoniyatiga ega bo‘lganlar, shu boisdan to hozirgi kunga qadar aniqlik belgisi har qanday inson zoti uchun eng yaqin belgi bo‘lib hisoblanadi.
Psixologlar tadqiqotlarining ko‘rsatishiga qaraganda konkretlashtirish odamda ikki xil vazifani bajaradi. Birinchidan, umumiy abstrakt belgining yakka ob’ektga tadbiq etish amalga oshiriladi. Masalan, biz “oq” deganimizda ko‘z oldimizga qor, qog‘oz, paxta va shu kabilar kelishi mumkin. Ikkinchidan, konkretlashtirish umumiy va yakka belgilar kamroq bo‘lgan umumiylikni ochishda ifodalanadi. Masalan, biz olma, olxo‘ri, uzumni mevalar qatoriga stol-stul, divan va shu kabilarni mebellar qatoriga qo‘shamiz. Umumiy fikrlarni bayon qilish va izohlash chog‘ida odatda keltiriladigan misollarning hammasi konkretlashtirishning o‘zidir.
Klassifikatsiyalash - bir turkum ichidagi narsalarning bir-biriga o‘xshashligiga va boshqa turkumdagi narsalardan farq qilishiga qarab narsalarni turkumlarga ajratish tizimidir. D.I.Mendelevni “Elementlarning davriy tizimi” jadvali bunga yorqin misoldir. Bunda olim elementlarni atom og‘irligi ortib borishiga, kimyoviy sifatlarning bir tipligiga va boshqa belgi va alomatlariga qarab tartib bilan joylashtirib chiqqan. O‘rganish uchun qulaylik tug‘dirish maqsadida, shuningdek, amaliy maqsadlarda ko‘pchilik narsalarni guruhlarga, turkumlarga bo‘lishga to‘g‘ri keladi. Ko‘pchilik narsalarni hodisalarni guruhlarga bo‘lish klassifikatsiyalash yoki turkumlarga bo‘lish deb ataladi. Masalan, kutubxonada kitoblar muqovasiga, farmoyishning mazmuniga va shu kabi belgilariga qarab turkumlariga bo‘lish mumkin. O‘quvchilarning odatda yoshi yoki jinsiy belgilari bo‘yicha va shu kabilarga qarab turkumlarga bo‘ladilar.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin