O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)
Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud huquq tizimini yanada isloh qilish. Harakatlar strategiyasining ikkinchi ustuvor yo’nalishi “Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud huquq tizimini yanada isloh qilish” deb nomlanadi. Bundan ming yil muqaddam ulug‘ bobomiz Abu
Nasr Forobiy: “Qonunlari kuchli davlat qudratli bo‘ladi. Qonunlari mukammal shahar mukammal shahardir”, - degan edi. Darhaqiqat, haqiqiy erkinlik, erkin va ozod faoliyat amaldagi qonunlar
doirasidagi faoliyatdir. Boshqacha qilib aytganda, haqiqiy demokratiya - qonunlar diktaturasi. Ana
shundagina qonun ustuvorligiga erishiladi va barchaning qonun oldida tengligi ta’minlanadi. Har
qanday davlatning mustahkamligi, uning adolatli va qat’iyatli siyosati, ijtimoiy adolatni, haqiqatni,
fuqarolar haq-huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlar asosida qo‘riladi. Ayni qonun
doirasidagi erkinlik, qonun doirasidagi erkin faoliyat ishlab chiqarish madaniyatini ham, turmush turzi
ma’naviy meyorlarini ham davlat boshqaruvi tamoyillarini ham qadriyatga aylantiradi.
Harakatlar strategiyasi qabul qilinguniga qadar, uning muhokamasi davrida va qabul
qilinganidan so‘ng sud-huquq tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator hujjatlar qabul qilindi.
Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktabrda “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon; 2016 yil 20 sentabrda “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonun; 2017 yil 9 yanvarda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun; 2017 yil 21 fevralda “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon; 2017 yil 29 martda “Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Qonun; 2017 yil 29 martda “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun; 2017 yil 6 aprelda “O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Qonun (80, 81, 83, 93, 107, 110, 111, 112); 2017 yil 12 aprelda “O‘zbekiston Respublikasi sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi Qonun; 2017 yil 12 aprelda «Sudlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Xo‘jalik protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunlar qabul qilindi. Ushbu hujjatlarga asosan bu yo’nalishda qator islohatlar amalga oshirildi. Inson
himoyachisi hisoblangan sud organlarining chinakam mustaqilligini ta’minlovchi dastlabki
qo‘yilgan qadam sudyalarni almashtirib bo‘lmaslik prinsipining mustahkamlanishi bo’ldi.
Sudya lavozimida bo‘lishning ilk marotaba besh yillik, keyin o‘n yillik muddatini, so‘ng muddatsiz davrini belgilashga oid normalar kiritildi. Sudlarning mustaqilligiga bag‘ishlangan
Yevropada nufuzli hujjat sanaluvchi Sudyalarning mustaqilligi, samaradorligi va roli to‘g‘risidagi
12-Tavsiyalarga asosan, sudyalar mustaqilligining muhim tamoyillaridan biri, bu ularni