– jamiyat barqarorligi garovi” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada qatnashgan
Germaniyalik mutaxassis, falsafa va tarix fanlari doktori Gert-Ryudiger Vegmarsxauzning fikrlari
diqqatga molikdir. Nemis olimi, jumladan: “ushbu konferensiya mavzusi ham juda dolzarb
mavzuga bag‘ishlanganligi bilan meni e’tiborimni o‘ziga tortdi. Chunki, dunyoda ro‘y berayotgan
siyosiy jarayonlar, qonli to‘qnashuvlarning asosiy sabablaridan biri – turli dinlarga e’tiqod
qiluvchi insonlarning diniy dunyoqarashlardagi ziddiyatlaridan kelib chiqmoqda. Shunday ekan,
boshqa dunyo xalqlari ham xuddi O‘zbekiston aholisidek bag‘rikeng bo‘lsalar, bunday
mojarolarning yechimi hal bo‘lar edi.
Mamlakatingizda din borasida olib borilayotgan siyosat juda to‘g‘ri deb o‘ylayman va
O‘zbekistonning tinchlik yo‘lidagi intilishlarini doimo qo‘llab-quvvatlab kelaman”,-deya
ta’kidlashi yurtimizda bu borada olib borayotgan ishlarning yuksak e’trofda ekanligini anglatadi.
Mitropolit Vikentiy o‘zining Mustaqillik bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabriknomasida
O‘zbekistonda hukm surayotgan diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik mamlakatda tinchlik
va barqarorlikning asosiy omillaridan biri ekanligini ta’kidlar ekan: “O‘zbekistonda ma’naviy
tarbiya masalasiga katta e’tibor qaratib kelinayotganligini diniy bag‘rikenglik va millatlararo
totuvlik, shubhasiz, O‘zbekiston Respublikasidagi tinchlik va barqarorlik omili bo‘lib xizmat
qilmoqda. Shuningdek, u jamiyatda dinning o‘rni o‘sib borayotganini, turli dinlarga birday e’tibor
qaratilayotgani ularning ma’naviy tarbiya ishida faol ishtirok etishiga yo‘l ochib berayotganini
qayd qilib o‘tdi”. Aynan, yuqorida zikr etib o‘tilgan fikrlar mamlakatimizda diniy bag‘rikenglik
va konfessiyalararo hamkorlik borasida olib borayotgan ishlar dunyo miqyosida ijobiy e’tirof
etilayotganligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim.
Bugungi kunda yurtimizda davlatimiz rahbariyati tomonidan olib borilayotgan oqilona
hukumat siyosatning ijobiy samarasi milliy va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashda muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, yurtimizda bugungi kunda barcha diniy konfessiya vakillari
o‘zining diniy an’analari va udumlari, marosimlarini bemalol ado etayotganligi fikrimizning
tasdig‘idir. O‘z navbatida ushbu ijobiy fikrlar mazkur konferensiyada qatnashgan Vatikan
davlatining Rossiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi, arxiepiskop I.Yurkovich mamlakatimizda
konfessiyalararo muloqot va diniy bag‘rikenglik borasida O‘zbekiston hukumati tomonidan olib
borilayotgan siyosatidan ijobiy taasurot uyg‘otganligini alohida ta’kidlab o‘tadi.
Bu haqda I.Yurkovich: “O‘zbekistonda diniy tashkilotlarga ko‘rsatilayotgan e’zoz, ularning
jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissalarini o‘z ko‘zimiz bilan shohid bo‘ldik. Ana shunday
hamohanglik natijasidagina, ya’ni davlat va diniy tashkilotlar ikki tomonlama bir birini qo‘llab-
quvvatlashlari natijasidagina farovonlikka erishish mumkin bo‘ladi. Bu harakatni esa O‘zbekiston
misolida ko‘rish mumkin”,- deya o‘zining ijobiy fikrlarini aytib o‘tadi.
Xulosa qilib aytganda, Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoev: “Yanada ogoh va sergak bo‘lish,