O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


eng asosiy boyligimiz bo‘lgan va biz haqli ravishda faxrlanadigan ko‘p millatli xalqimizning



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/223
tarix02.01.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#46809
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   223
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

eng asosiy boyligimiz bo‘lgan va biz haqli ravishda faxrlanadigan ko‘p millatli xalqimizning 
birdamligi  va  jipsligini  ko‘z  qorachig‘idek  asrash  hamda  yanada  mustahkamlash 
O‘zbekistonni o‘z Vatani, deb biladigan har bir insonning muqaddas burchidir.  Biz faqat 
shu  yo‘l  bilan  bugungi  kunning  barcha  tahdid  va  xavf-xatarlariga  samarali  qarshi 
turishimiz, jamiyatimizda turli buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi qat’iy immunitet yaratishimiz, 
o‘zimiz  tanlagan  demokratik  taraqqiyot  yo‘lida  yanada  salmoqli  natijalarga  erishishimiz 
mumkin”.  Zero,  yurtimizda  bag‘rikenglik  tamoyillari  asosida  mustahkam  qaror  topgan  osuda 
hayot  va  do‘stona  muhit  mamlakatimizda  jamiyat  xavfsizligi  va  mamlakat  barqarorligini 
ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ma’lumki,  dunyodagi  har  qanday  suveren  davlat  jahon  hamjamiyatiga  o‘zining  tashqi  siyosiy 
qarashlari,  umumsayyoraviy  muammolarga  munosabatlari  hamda  azaliy  munozara  va  muzokaralar 
obyekti bo‘lgan urush va tinchlik masalalariga yondashuvlari bilan kirib boradi. Bu borada O‘zbekiston 
o‘z  mustaqilligining  dastlabki  kunlaridanoq  aniq  siyosiy  pozitsiyasini  va  tashqi  siyosat  borasidagi 
konsepsiyasini  bayon  etdi.  Jumladan,  1992  yil  8  dekabrda  qabul  qilingan  O‘zbekiston  Respublikasi 


Konstitutsiyasi O‘zbekistonning tashqi siyosatini qonuniy asosda kafolatlab berdi. Uning 17-moddasida 
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyekti sifatida davlatlarning suveren 
tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch 
yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning 
umume’tirof etilgan boshqa qoida va normalariga asoslanishi belgilab qo‘yildi. Davlatning, xalqning oliy 
manfaatlarini, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida turli ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga 
va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi, zarur bo‘lganda ulardan ajralib chiqishi mumkinligi Asosiy 
qonunda belgilab berildi. 
O‘zbekiston  bugungi  kunda  o‘z  Prezidenti  Sh.M.  Mirziyoyev  rahbarligida  o‘tgan  25  yilda 
to‘plangan  tarixiy  tajribalarga  tayangan  holda,  uni  yanada  boyitish,  takomillashtirish,  rivojlantirish 
yo‘lidan bormokda. Harakatlar strategiyasida tashqi siyosat sohasida quyidagi vazifalar belgilandi: 
-  davlat  mustaqilligi  va  suverenitetini  mustahkamlash,  mamlakatning  xalqaro  munosabatlarning 
teng huquqli subyekti sifatidagi o‘rni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga 
kirish,  O‘zbekistonning  yon-atrofida  xavfsizlik,  barqarorlik  va  ahil  qo‘shnichilik  muhitini 
shakllantirish; 
-  O‘zbekiston  Respublikasining  xalqaro  nufuzini  mustahkamlash,  mamlakatda  olib  borilayotgan 
islohotlar to‘g‘risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot yetkazish; 
-  O‘zbekiston  Respublikasining  tashki  siyosiy  va  tashki  iqtisodiy  faoliyatining  normativ-huquqiy 
bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish; 
-  davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya kilish masalalarini hal etish . 
O‘zbekiston  tinchliksevar  siyosat  yuritadi  va  harbiy-siyosiy  bloklarda  ishtirok  etmaydi,  har 
qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy blokka aylangan takdirda ulardan chiqish huquqini o‘zida 
saqlab qoladi. 
Yana shuni alohida ta’kidlash kerakki, keyingi davrda O‘zbekistonning tashqi siyosatida muhim 
voqealar yuz berdi. Jumladan, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenta Almazbek Atambayev 2016 yil 24 
dekabr  kuni  amaliy  tashrif  bilan  Samarqandga  keldi.  Har  ikki  davlat  rahbarlari  azaliy  qardoshlik 
tuyg‘ulari asosida shakllangan yaqin qo‘shnichilik tuyg‘ularini ifoda etishdi.. Har ikki davlat o‘rtasidagi 
iqtisodiy, ijtimoiy, savdo va madaniy hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga kelishib olindi. 
2016 yil 16 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev Buyuk Britaniya 
va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi tashqi ishlari vaziri o‘rinbosari Alan Dunkanni qabul qildi. 
O‘zbekiston  Buyuk  Britaniyani  jahon  siyosati  va  iqtisodiyotida  muhim  o‘rin  tutadigan  davlat  bilan 
siyosiy,  iktisodiy,  investitsiyaviy,  madaniy-gumanitar  va  boshqa  sohalarda  o‘zaro  manfaatli 
hamkorlikni  izchil  davom  ettirish,  xalqaro  maydonda,  jumladan,  mintaqaviy  xavfsizlik  masalalari 
bo‘yicha hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib olindi. 
2017 yil 19 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev jahon banki vitse-
prezidenti Siril Myullerni, 1 fevral kuni esa Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemmni 
kabul  kildi.  Shu  yilning  15  fevral  kuni  Iktisodiy  Hamkorlik  bo‘yicha  Rossiya  Hukumatlararo 
komissiyasining navbatdagi majlisida ishtirok  uchun mamlakatimizga kelgan Rossiya Federatsiyasi 
hukumati raisining o‘rinbosari Dmitriy Kozakni qabul qildi. 2017  yil 6-7 mart kunlari O‘zbekiston 
Respublikasi  Prezidenti  o‘zining  chet  davlatga  birinchi  davlat  tashrifini  amalga    oshirdi  — 
Turkmaniston  Respublikasi  Prezidenti  Gurbanguli  Berdimuhamedov  taklifiga  binoan      ushbu 
mamlakatda bo‘ldi. Mazkur tashrif juda samarali bo‘ldi hamda O‘zbekiston-Turkmaniston o‘rtasidagi 
hamkorlik  aloqalarini  yangi  bosqichga,  strategik  sheriklik  darajasiga  ko‘tardi.  Bularning  barchasi 
O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan mustahkam aloqada bo‘lib kelayotganidan, turli mamlakatlar 
bilan har tomonlama manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirib borayotganidan dalolat beradi. 
Prezident Sh.Mirziyoyevning davlatlararo va mintaqaviy masalalarni hal qilishda yaqin qo‘shni 
mamlakatlar  bilan  hamkorlikni  yanada  chuqurlashtirish,  xalqaro  va  mintaqaviy  tashkilotlar  bilan 
munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish borasidagi sa’y-harakatlari O‘zbekiston davlatining tashqi 
siyosatidagi muhim tamoyil sifatida ko‘zga tashlanayotgani ayniqsa e’tiborlidir. 
2017-2021  yillarda  O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  2017-2021  yillarda 
O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  Harakatlar  strategiyasi,  hech  shubhasiz,  O‘zbekiston 
tashqi siyosatining yangi davrini boshlab beradi. 


Xulosa  o‘rnida  shuni  aytish  mumkinki,  Harakatlar  Strategiyasi  -  bu  birinchidan,  hayot 
talablaridan  kelib  chiqqan  holda  tuzilgan,  maqsad  va  vazifalari  aniq  ko‘rsatilgan;  ikkinchidan, 
bajarilishi qat’iy reja asosida tuzilgan, mas’ullari belgilangan; uchinchidan, bajarilishi moddiy va 
ma’naviy jihatdan ta’minlangan; to‘rtinchidan, butun ma’no-mazmuni o‘zbek xalqining ehtiyoj 
va  manfaatlarini  to‘la  qondirishga  qaratilgan;  beshinchidan,  adolatparvarlik  tamoyilidan  kelib 
chiqqan holda vatanparvarlik g‘oyalari ruhi bilan sug‘orilgan jahonda kamdan-kam uchraydigan 
milliy ahamiyatga molik bo‘lgan dasturdir. Uni bajarish esa yaxshi yashashga intilayotgan barcha 
odamlarning vazifasidir. Zero, erkin va ijodiy, tashabbus va tadbirkorlik bilan qilingan samarali 
mehnat-mazkur  Harakatlar  strategiyasining  ruhiy  kuch-quvvati;  joni;  g‘oyaviy-mafkuraviy 
irodasidir. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   223




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin