O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


Globallashuv davrida yoshlarni ma’naviy tahdidlar, “ommaviy madaniyat”dan



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/223
tarix02.01.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#46809
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   223
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

Globallashuv davrida yoshlarni ma’naviy tahdidlar, “ommaviy madaniyat”dan 
himoyalash masalalari. 
"Tahdid"  arabcha  "do‘q  qilish,  qo‘rqitish",  degan  so‘zdan  olingan  bo‘lib,  kundalik 
hayotda  "birovni  qo‘rqitish,  unga  do‘q,  po‘pisa  qilish  hamda  biror  falokatning,  qo‘rqinchli 
voqeaning sodir bo‘lish xavfi"
51
, degan ma’nolarni anglatish uchun ishlatiladi. Falsafiy ma’noda 
"Tahdid - inson, jamiyat va davlat hayoti hamda faoliyatiga nisbatan muayyan davr mobaynida 
aniq  maqsadga  yo‘naltirilgan  mahalliy,  hududiy,  mintaqaviy  va  umumsayyoraviy  salbiy 
omillarning  tajovuzi  tufayli  aniq  makon  va  zamonda  vujudga  keladigan  havf-xatar  shakli, 
muayyan  barqaror  siyosiy-ijtimoiy  va  tarixiy  vaziyatni  ifodalovchi  tushuncha"
52
,  bo‘lsa, 
jamiyatning rivojlanishiga ta’siri, ya’ni tor ma’noda esa tahdid deb, makon va zamonda mavjud 
bo‘lgan real jamiyatning ijtimoiy tuzilmalarini zaiflashtirishga, qolaversa, yemirishga qaratilgan 
shaxsiy,  mahalliy,  xududiy,  mintaqaviy  omillarning  qo‘rkitish,  do‘q,  po‘pisa  qilishdan  iborat 
bo‘lgan xatti-harakatlariga aytiladi. 
Tahdidlarning xususiyati va taraqqiyot  sohalariga o‘tkazadigan ta’sir darajasiga qarab, 
inson,  shaxs,  fuqaro,  millat,  davlat,  jamiyat,  mintaqa,  global,  ichki  va  tashqi,  katta  va  kichik, 
shuningdek, iqtisodiy, sotsial, siyosiy, ekologik, demografik, mafkuraviy, harbiy, tabiiy-iqlimiy, 
makon  nuqtai  nazaridan  esa  uzoq  va  yaqin  va  boshqa  shakllarga  ajratish  mumkin.  Ammo  ular 
qanday  shaklda  yuzaga  kelishidan  qat’i  nazar,  o‘zining  mohiyat-mazmuniga  ko‘ra  jamiyat 
taraqqiyotiga qarshi qaratilgan kuch hisoblanadi. 
I.A.Karimov o‘zining "Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch" nomli asarida ma’naviy-
mafkuraviy tahdid tushunchalariga to‘xtalar ekan: "Ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, 
e’tiqodidan qat’i nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi 
qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy
g‘oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim”, deb o‘ylayman. 
Agarki,  masalaga  amaliy  ko‘z  bilan  qaraydigan  bo‘lsak,  ma’naviyatimizga  qarshi 
qaratilgan  har  qanday  xuruj  -  bu  millatimizni  millat  qiladigan,  asrlar,  ming  yillar  davomida 
ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan o‘ziga xos va o‘ziga mos xususiyatlarga, milliy g‘urur, 
milliy iftixor tuyg‘usiga, bizni doimiy ravishda tadrijiy taraqqiyotga chorlaydigan, shu yo‘ldagi 
barcha  asorat  va  illatlardan  xalos  bo‘lib,  ozod  va  farovon  hayot  barpo  etishdek  ezgu 
maqsadlarimizga katta zarba beradigan mudhish xavf-xatarlarni anglatadi. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   223




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin