Ana shunday vaziyatda I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, shuni unutmaslik
kerakki, “bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib
tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga
ko‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi
mumkin
49
”.
Unda o‘z-o‘zini o‘ldirishning oson yo‘llarini targ‘ib qiluvchi 9 mingdan, erotik
mazmunga ega 4 mingdan ziyod saytlarning mavjudligi ham buning isboti bo‘la oladi.
Mutaxassislar o‘tkazgan maxsus tadqiqotlar mavjud saytlarning taxminan 12 foizi pornografik
xarakterga egaligini ko‘rsatadi. Mavjud maxsus dasturlar internet tarmog‘idagi pornografiyaning
faqat 90 foizinigina filtrlaydi, ya’ni komyuterdan foydalanuvchining ixtiyoridan tashqarida
ekranda paydo bo‘lishi yo‘liga to‘siq qo‘ya oladi. Demak, qanchalik harakat qilinmasin
pornografik mazmunga ega saytlar internetdan foydalanuvchilarning xohish-istagidan qat’i nazar,
ularning diqqatini torta oladi. Jumladan, tadqiqotlarda 42 foiz bolalar va o‘smirlar onlayn
pornografiya ta’siriga tushishi qayd qilinadi.
Shuningdek, mutaxassislar ma’lumotlariga ko‘ra, internet orqali tarqatiladigan
komyuter o‘yinlarining 49 foizi sezilarli darajada zo‘ravonlik va yovuzlik ko‘rinishiga ega, 41 foiz
jangari (turli otishmalar va portlashlarga asoslangan) o‘yinlarda esa o‘yin qahramoni o‘z
maqsadiga etishish uchun shunday zo‘ravonlik va yovuzlik sodir etadi. 17 foiz o‘yinlarda ana shu
zo‘ravonlik va yovuzlikning o‘zi bosh maqsad hisoblanadi
50
.
Internet rivoji, u berayotgan imkoniyatlar o‘ziga xos qaramlikni ham keltirib
chiqarmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha internetdan foydalanuvchilarning taxminan
10 foizi unga mustahkam bog‘lanib qolgan.
BMT Bosh assambleyasi 2006 yil 8 sentabrda qabul qilingan “BMTning global
aksilterror strategiyasi”da yangi uslublar qatorida bioterrorizm hamda internetdan terror
maqsadida foydalanishning oldini olish choralarini kuchaytirish alohida qayd etilgan. 2007 yil
noyabrda AQSH Davlat departamenti “Tashqi raqamli aloqalar guruhi” nomli maxsus axborot
dasturini joriy qilgan. Dastur maqsadi – arab, fors, urdu va boshqa tillardagi internet saytlari, chat
va bloglarda AQSH siyosati haqidagi dezinformatsiya (noto‘g‘ri ma’lumotlar)ga qarshi kurash
hisoblanadi. Dasturga ko‘ra, zarur hollarda, departament xodimlari internet orqali rasman
muloqotga kirishi va savollarga javob berishi, aniq hujjatlar asosida ma’lumot keltirishi ko‘zda
tutilgan.So‘nggi yillarda terroristik tashkilotlar g‘oyalarini targ‘ibtashviq qilishga qaratilgan veb-
saytlarning soni bir necha barobarga oshgan. Xususan, 10 yil avval bunday saytlar soni 20 ta
bo‘lsa, bugungi kunda dunyoda terroristlar foydalanigan 7000 dan ortiq internet saytlari mavjud
bo‘lib, ularga xizmat ko‘rsatuvchi portallar soni ortib bormoqda. Bunday internet saytlar to‘satdan
paydo bo‘ladi, vaqt o‘tgach yo‘qoladi, mazmunini o‘zgartirmagan holda, tez-tez nomlanishi va
domenini o‘zgartirib turadi.
Internet quyidagilar bilan terroristlar uchun qulay hisoblanadi:
Internetga kirishning osonligi;
Foydalanuvchilar sonining ko‘pligi;
Aloqaning anonimligi;
Tashqaridan boshqarish va tahrir qilish cheklangani;
Axborotlar qisqa muddatda keng makonda tez tarqalishi;
Faoliyat sarf-xarajatlarining bir necha barobar kamligi.
Dostları ilə paylaş: