O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/223
tarix02.01.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#46809
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   223
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

Terorizm  (lot.  terror  —  qo‘rquv,  dahshat)  —  yuksak  ma’naviy  tamoyillarga  zid  ravishda 
yovuz  maqsadlar  yo‘lida  kuch  ishlatib,  odamlarni  garovga  olish,  o‘ldirish,  ijtimoiy  obyektlarni 
portlatish,  xalqni  qo‘rquv  va  vahimaga  solishga  asoslangan  zo‘ravonlik  usulini  anglatuvchi 
tushunchadir.  Qo‘rqitish  va  dahshatga  solish  orqali  o‘z  hukmini  o‘tkazishga  urinish  terorizmga 
xosdir.  U  siyosiy,  iqtisodiy,  diniy,  g‘oyaviy,  irqiy,  milliy,  guruhiy  va  individual  shakllarda 
namoyon bo‘lishi mumkin. Ta’qib, zo‘ravonlik, qo‘poruvchilik va qotillik terorizmning har qanday 
ko‘rinishi  uchun  umumiy  xususiyat  bo‘lib,  bularning  barchasi  insonparvarlik  g‘oyalari, 
demokratiya,  adolat  tamoyillariga  ziddir.  Shuning  uchun  terorizm  qanday  niqob  ostida  amalga 
oshirilmasin,  mohiyatan,  insoniyatga,  taraqqiyotga,  ezgulikka  qarshi  jinoyatdir.  Terorizmga 
hozirgi  kunda aniq, hamma uchun tushunarli va mukammal ta’rif berish oson emas. Chunki u o‘ta 
murakkab  fenomendir. Bundan tashqari, terrorchi kuchlarga bo‘lgan turlicha munosabat  unga aniq 
ta’rif berishni ham qiyinlashtirmoqda. Terror usullaridan konservativ, inqilobiy, diniy, millatchi 


ruhdagi kuchlar ham foydalanishi mumkin, lekin ularning asosiy mohiyati va maqsad-muddaolari 
siyosiy  tusga  egadir.  Terorizmning  umumiy  jihatlari  va  asosiy  ko‘rinishlarini  o‘rganishda, 
avvalambor,  uning  ta’rifini,  nisbiy  bo‘lsa  ham,  aniqlashtirib  olish  kerak.  Terorizm  muayyan 
guruhning  ruxsat  etilmagan  holatda  ongli  ravishda  kuch  ishlatishidir.  Bunda  terrorchilar  aniq 
maqsadni ko‘zlaydi va o‘zini to‘la haq deb biladi. Bundan shu narsa aniq bo‘ladiki, terrorchilardagi 
mavjud  kuch  maqsadni  amalga  oshirishda  ijtimoiy  -siyosiy  muhit  bilan  bevosita  aloqadorlikda 
bo‘ladi. Sh.u. biron-bir sababga asoslangan yovuz maqsad terorizmga olib boradi.  Terorizm ko‘p 
holatlarda keng miqyosdagi harbiy kuchlar bilan aloqador bo‘ladi va bunday misollar tarixda bir 
necha bor kuzatilgan. Bundan tashqari, u ba’zi davlatlarning o‘zi tomonidan ham amalga oshirilishi 
mumkin.  Bunda  ikki  xil  shaklda  kuch  ishlatiladi:  jazo  berish  organlari  yoki  harbiy  kuchlar 
tomonidan. Bunda   terror siyosiy maqsadlarni  amalga oshirish  yoki  aniq bir rejimni joriy  qilish 
uchun  amalga  oshiriladi.  «Terorizm»  tushunchasi  hamisha  terroristik  harakatning  tez  sur’atda 
amalga  oshirilishini  bildiradi.  Bunday  hodisa  siyosiy,  etnik,  diniy  va  boshqa  ko‘rinishlarda 
namoyon bo‘ladi. G‘oyaviy terorizm siyosiy yetakchilar tomonidan yaratiladi. Bunga rasmiy tor 
doiradagi istisno qilingan ichki sabablar ko‘rsatiladi. Etnik terorizm subyekti g‘oyaviy bo‘lmasdan, 
jamiyatning milliy va etnik jihatlari bilan uzviy bog‘liqdir. Diniy terorizm muayyan bir diniy sekta 
yoki guruh ta’limotining jamiyatda mutlaqlashtirilishi oqibatida paydo bo‘ladi. Bunda ushbu g‘oya 
tarafdorlari  boshqalar  fikri  va  g‘oyalarini  keskin  tanqid  ostiga  olib,  rad  etadi  va  g‘oyaviy-
mafkuraviy  parokandalikni  keltirib  chiqaradi.  Diniy  terorizmning  xatarli  jihati    u  qo‘llaydigan 
amaliy choralarda ko‘rinadi. Chunki diniy terorizm tarafdorlari aksariyat hollarda qo‘lida qurol va 
ba’zan harbiy guruhlarga tayanib harakat qiladi. Bugungi kunda yadroviy, biologik, bakteriologik 
qurollarning  terrorchilar  qo‘liga  tushib  qolishi  ehtimoli  eng  katta  xavfdir.  Hozirgi    tahlikali 
zamonda kishilar boshiga mislsiz kulfat solayotgan va ularning hayoti, farzandlari, mol-mulkiga 
tahdid  qilayotgan  jinoiy  terorizm  kundan-kunga  kuchayib  bormoqda  va  jahon  hamjamiyatida 
jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Iqt-y manfaatlarni ko‘zlaydigan va moddiy boyliklarni o‘zlashtirishni 
maqsad qilib olgan bu terorizm korrupsiya kabi katta jinoiy tizim bilan uzviy bog‘lanib ketgan. 
Unda  raqiblari  yoki  ularning  yaqinlarini  o‘ldirish,  o‘g‘irlab  ketish,  zo‘ravonlik,  tajovuz  bilan 
qo‘rqitib, o‘z hukmini o‘tkazishga urinish, mol-mulkini o‘zlashtirib olish yo‘llaridan foydalaniladi. 
Buning yana bir tomoni — ba’zan bu terror siyosiy, etnik, ba’zan esa diniy xarakter kasb etmoqda. 
Mana  shunday  vaziyatda  terrorchilarning  maqsadi  hokimiyatni  egallashga  ham  qaratilib, 
piramidasimon  xarakterga  ega  bo‘lib  bormoqda.    Individual  terorizmning  subyekti,  boshqa 
terorizm  harakatlaridan farqli o‘laroq, jamoa  emas,  yagona shaxsdir.  Individual terror ham  o‘ta 
xavfli kuch hisoblanadi, negaki u jamiyatning boshqa a’zolariga ta’sir qilishi va buning oqibatida 
terrorning  ommaviy  turlarini  keltirib  chiqarishi  mumkin.  U  o‘z  g‘oyalarini  singdirish  orqali 
boshqalarni  ham  jamiyatga  qarshi  qo‘yishi  mumkin.  Keyingi  yillarda  hatto  ommaviy  axborot 
sohasida  ham  terorizm  elementlaridan  foydalanilmoqda.  Muayyan  mafkuraviy  poligonlar 
tarqatayotgan  axborotlardagi  yovuz  va  zararli  g‘oyalar  oqimi,  teleekranlar  orqali  uzluksiz 
namoyish  etilayotgan  jangari  filmlar,  bolalarga  mo‘ljallangan,  buzg‘unchi  g‘oyalar  asosida 
yaratilgan o‘yinlar, kompyuter tarmoqlari dasturlarini ishdan chiqaradigan viruslar  tarqatish shular 
jumlasidandir.  O‘zining  yovuz  niyatlariga  erishish  uchun  hokimiyatni  qo‘lga  kiritishni 
ko‘zlaydigan kuchlarning zo‘ravonligi va qo‘poruvchiligi siyosiy terrorga misol bo‘ladi. Siyosiy 
terorizm  nafaqat  jinoyatchi  guruhlar,  hatto  ba’zi  tajovuzkor  ruhdagi  rasmiy  reaksion  siyosiy 
doiralar va kuchlar tomonidan uyushtirilishi va qo‘llanishi ham mumkin. Chorizm imperiyasining 
kolonial  va  shovinistik  siyosati,  sovet  imperiyasining  g‘oyaviy  qatag‘onlari  xalqimizga  qarshi 
o‘ziga  xos  terror  edi.  Bugungi  kunda  ham  mustaqil  riv-sh  yo‘lidan  borayotgan  mam-timizga 
nisbatan  g‘araz  niyat  bilan  qarovchi  yovuz  kuchlar  terorizm  yo‘li  bilan  taraqqiyot  yo‘limizdan 
chalg‘itishga, bizni yana qaramlik va asoratga solishga urinmoqda. Ular vatanfurush xoinlardan 
ham,  terorizmni  kasb  qilib  olgan,  buyurtma  bo‘yicha  qo‘poruvchilik  va  bosqinchilik  bilan 
shug‘ullanadigan yollanma xalqaro terrorchi, jinoyatchi guruhlardan ham foydalanmoqda. Bugun 
jahon hamjamiyati bu balo-qazolarning yechimini topish ustida bosh qotirmoqda.  Islom Karimov 
bu borada shunday degan edi: “Men madaniyat va ma’rifat dunyoni jaholat va vahshiylikdan, diniy 
va  milliy  ekstremizmdan,  etnik  qarama-qarshilik,  mintaqaviy  mojaro  va  urushlardan  saqlay 


olishiga  ishonaman”.  Terorizmga  qarshi  kurash  hozirgi    davrda  muhim  vazifa,  tinchlik  va 
barqarorlikni saqlash omiliga aylandi. 
Bugungi  kunda  odam  savdosi  inson,  uning  sha’ni,  qadr-qimmati,  shaxsiy  daxlsizligi, 
osoyishta turmushi hamda kelajagiga tahdid solayotgan, insoniyat sivilizatsiyasiga ochiqdan-ochiq 
to‘siq bo‘layotgan, jamiyat taraqqiyoti va davlat rivojiga jiddiy xavf tug‘dirayotgan, o‘z domiga 
asosan  ayollar  va  yoshlarni  tortayotgan,  hudud  va  chegara  tanlamayotgan  transmilliy  uyushgan 
jinoyatchilikning xavfli ko‘rinishlaridan biriga aylandi.   
Afsus bilan ta’kidlash joizki, mamlakatimizda ayrim shaxslar jinoyat sodir etish yo‘liga kirib, 
fuqarolarimizni  turli  aldov  va  firibgarlik  yo‘li  bilan  tuzog‘iga  ilintirib,  ulardan  o‘zlarining 
g‘ayriqonuniy  manfaatlari  yo‘lida  foydalanib,  ko‘pgina  oilalarning  boshiga  so‘z  bilan  ifodalab 
bo‘lmaydigan  kulfatlar  keltirib  odam  savdosi  bilan  shug‘ullanmoqdalar.  Buning  oqibatida 
ko‘pgina fuqarolarimiz odam savdosi jinoyatining qurboniga aylanmoqda. Eng xavflisi shundaki, 
odam savdosi o‘zining girdobiga asosan yoshlarni va ayollarni tortayotganligi bilan barchada katta 
tashvish va xavotir uyg‘otmoqda.  
Mamlakatimizda  odam  savdosi,  shaxsning  erki  va  huquqlarini  poymol  etish,  zo‘ravonlik, 
fohishabozlik qonun yo‘li bilan taqiqlab qo‘yilgan bo‘lsada, keyingi paytlarda sodda fuqarolarni 
chet elga ishga olib borish niqobi ostida ularni chuv tushurayotgan firibgarlar uchrab turibdi. Ular 
turli yo‘llar bilan fuqarolarni yollash, xorijiy davlatlarga olib borib, ulardan shahvoniy va boshqa 
maqsadlarda foydalanishni  tashkil qilmoqdalar.  
Ta’kidlash  kerakki,  hozirgi  vaqtda  chet  elga  borishni  xohlovchilarning  asosiy  qismi 
noqonuniy  yo‘llar  bilan  davlatimiz  hududidan  chiqib  ketishni  o‘zlariga  afzal  ko‘rishmoqda. 
Natijada  turli  qiyinchilik  va  muammolarga  duch  kelish  birga  odam  savdosining  qurboniga 
aylanishmoqda. Achinarli tomoni shundaki, umrida mahallasidan tashqariga chiqmagan odamlar 
kimlarningdir aldovi, yolg‘oniga uchib, bor budini sotib, katta pul bilan chet elga ketib, sog‘lig‘i 
yuqolishiga, surunkali kasalliklarga chalinish yoki bir umrga nogiron bo‘lishiga sabab bo‘ladigan 
tazyiq,  zo‘ravonlik  va  qiyinchiliklarga  duchor  bo‘lishmoqda.  Ma’lumki,  buning    asosiy 
sabablaridan  biri,  u  yerdagi  mahalliy  tilni  va  qonunlarni  bilmaslik,  eng  muhimi,  noqonuniy 
ravishda  kelganligi  va  huquqiy  himoyasiz  bo‘lganligi  uchun  qul  sifatida  ularga  munosabatda 
bo‘lishmoqda  va  qul  sifatida  ishlatishmoqda.  Bir  so‘z  bilan  aytganda,  ayrim  yurtdoshlarimiz 
soddaliklari tufayli odam savdogarlarining «qopqoni»ga tushib qolganliklarini juda kech anglab 
yetmoqdalar. 
Shuni  ta’kidlash joizki, odam  savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar transmilliy,  ya’ni hudud va 
chegara tanlamayotgan jinoyatlarning eng xavflisiga aylanmoqda. Buning oqibatida, odam savdosi 
jinoyatlari jamiyat taraqqiyoti va davlatlar rivojiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda.                          
Mamlakatimizning  asosiy  qonuni  –  Konstitutsiyaning    13-moddasida  O‘zbekiston 
Respublikasida  demokratiya  umuminsoniy  prinsiplarga  asoslanadi,  ularga  ko‘ra  inson,  uning 
hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi qat’iy 
belgilab  qo‘yilgan.  Demokratik  huquq  va  erkinliklar  Konstitutsiya  va  qonunlar  bilan  himoya 
qilinadi. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari 
daxlsizligi davlat tomonidan ta’minlanadi. Zero, davlatning bosh vazifalaridan biri inson haqida 
g‘amxo‘rlik qilishdir.   
  Odam  savdosidan  jabrlanuvchilarni  ekspluatatsiya  qilishning  asosiy  ko‘rinishlari 
quyidagilar: 
 - shahvoniy xizmatlar 
 - ishlab chiqarish fabrika va korxonalarida mehnat   
 -qishloq xo‘jaligida mehnat  
- uy-ro‘zg‘or ishlari mehnati 
 - majburiy donorlik 
- majburiy tilamchilik 
 - majburiy nikoh 
- reproduktiv vazifalar ekspluatatsiyasi (sun’iy onalik, majburiy bola tug‘ish va boshqalar). 


Bu  borada  2008  yil  17  aprelda  O‘zbekiston  Respublikasi  Parlamenti  tomonidan  “Odam 
savdosiga  qarshi  kurash  to‘g‘risida”  Qonunning  qabul  qilinishi,  2008  yil  8  iyulda  O‘zbekiston 
Respublikasi  Prezidenti  tomonidan  “Odam  savdosiga  qarshi  kurash  samaradorligini  oshirish 
bo‘yicha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi  PK-911-sonli  qarorning  imzolanishi  O‘zbekistonda  
bunday transmilliy jinoyatga qarshi kurash borasida huquqni muhofaza qilish organlariga, xususan 
ichki ishlar idoralari zimmasiga juda katta mas’uliyat yukladi. 
Yuqoridagi  fikrdan,  kelib  chiqqan  holda  xavfsizligimizga  tahdid  solayotgan  transmilliy 
jinoyatlar terrorizm, odam savdosi va boshqa jinoyatlarga  qarshi murosasiz kurashishimiz, doimo 
ogoh  va  hushyor  bo‘lishimiz  lozim.    Ana  shundagina  odam  savdosi  jinoyati  yurtimiz  bo‘ylab 
quloch yoza olmaydi va  xalqimiz bundan jabr ko‘rmaydi. 
 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   223




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin