Biroq ma’anviy ne’mat bo‘lgan axborotni iste’mol qilish o‘ziga xos tomonlari bilan ham ajralib
turishini ta’kidlash joiz. Xususan, axborot konkret shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat va davlat
tomonidan iste’mol qilinadi-ki, mazkur darajalarda iste’mol jarayonlari bir-biridan farq qiladi.
Masalan , biron shaxs uchun qiziqarli bo‘lgan ma’lumot, muayyan ijtimoiy qatlam yoki guruh uchun
ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin. Shuningdek, axborot makon va zamon xususiyatlariga ham ega.
Chunonchi, g‘arbda o‘ta ommabop bo‘lgan axborotlar. Sharq xalqlari tomonidan kam iste’mol
qilinishi mumkin. Bundan tashqari, ma’lum bir tarixiy davrda katta qiziqish bilan kutib olingan
ma’lumotlar, vaqt o‘tishi bilan odatiy holga aylanishi va ijtimoiy hayotda bu tarzda in’ikos etmasligi
mumkin.
Axborot iste’moli, kim tomonidan iste’mol qilinishidan qat’i nazar, qabul qilish,
tushunish, talqin etish kabi bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan bosqichlarda amalga oshadi.
Bugungi kunda, axborot iste’moli jarayoni ham o‘ziga xos madaniyatni taqozo etmoqda-
ki, madaniyatning bunday shakli insoniyat ma’naviy madaniyatining tarkibiy qismiga aylanishi zarur.
Axborot iste’moli madaniyati globallashuv jarayonlarining xarakterli xususiyatlaridan biri
bo‘lgan, Internet tarmog‘i jadal rivojlanib borayotgan hozirgi sharoitda, ayniqsa, muhim ahamiyat
kasb etadi.
Bugungi dunyoda axborot muhim ahamiyatga ega bo‘lgan siyosiy omil hisoblanadi.
Dunyo bo‘yicha xabar tarqatuvchi ommaviy axborot vositalariga ega bo‘lgan davlatlar yer yuzida
kechayotgan siyosiy voqealarni o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda talqin qiladi va boshqalarga
yetkazadi. Tarqatilayotgan xabarlar asl haqiqatdan yiroq bo‘lganligi tufayli ko‘pgina mamlakatlar va
xalqlar tajovuzkor davlatlarning ta’siriga tushib qolmoqda. Bu esa adolatsiz urushlarning davom
etishiga olib kelmoqda. Ana shu holatni nazarda tutgan holda axborot va ommaviy axborot vositalari
omilini tahlil etishga harakat qilamiz.
Ma’lumki, huquqiy fuqarolik jamiyatida eng muhim demokratik institutlardan biri –
ommaviy axborot vositalari sanaladi. Rivojlangan demokratik tizimda “To‘rtinchi hokimiyat” deb
e’tirof etilgan ommaviy axborot vositalari ikki muhim vazifani ado etadi:
˗ birinchidan, jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, ma’rifiy islohotlarni targ‘ib
va tahlil etadi;
˗ ikkinchidan, jamiyatdagi turli qatlam fikrini ifodalash barobarida ijtimoiy fikrni
shakllantiradi va yo‘naltiradi. Demak, mamlakatdagi ijobiy o‘zgarishlar, iqtisodiy yuksalishlar
Ommaviy axborot vositalarining mavqei va darajasini belgilaydi. O‘z o‘rnida axborot
vositalarining erkin va mustaqil faoliyatini ta’minlamay turib demokratik o‘zgarishlarga erishib
bo‘lmaydi. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq 9-sessiyasida
jamiyatimiz oldidagi muhim strategik vazifalar, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalish hamda
tamoyillarini ko‘rsatib, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishdagi muhim ustuvor yo‘nalish
sifatida so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash ekanini shunday tahlil etadi: “Jamiyatimizni yanada
rivojlantirish va sifat jihatidan yangilash borasidagi to‘rtinchi va o‘ylaymanki, eng muhim ustuvor
yo‘nalish – bu inson huquqlari va erkinliklarini, so‘z va matbuot erkinligini, shuningdek,
oshkoralikni, jamiyatda o‘tkazilayotgan islohotlarning ochiqligini ta’minlaydigan demokratik
tamoyillarni so‘zda yoki qog‘ozda emas, amaliy hayotda joriy qilishdir, desak har tomonlama
to‘g‘ri bo‘ladi”.
54
Ommaviy axborot hukumat va xalq o‘rtasida vositachi sifatida siyosiy partiyalar, davlat
va nodavlat tashkilotlari bilan ijtimoiy muvozanatni saqlaydi. Ommaviy axborot vositalari
davlatning siyosatini, muayyan masalalar bo‘yicha, nuqtai nazarini, shu yo‘ldagi Farmon, qaror
va qonunlarni xalqqa yetkazadi. O‘z navbatida xalq davlatning ichki va tashqi siyosatidan boxabar
bo‘ladi, uni tahlil etib, o‘ziga yarasha xulosa chiqarishga intiladi, noqonuniy hatti-harakatlarning
oldini olishga harakat qiladi. Demak, ommaviy axborot vositalarining mavjudligi bois jamiyatda
xalq hokimiyati va inson huquqlari ta’minlanadi.
Shu tariqa,
axborot xavfsizligini ta’minlash — bu, g‘animlarimiz tomonidan
Dostları ilə paylaş: