Zero, axborot xavfsizligini ta’minlash masalasi mamlakat mustaqilligi va davlat
suverenitetini mustahkamlash vositasi ekan, uning ahamiyatini birinchi navbatda yoshlar orasida
tushuntirish, amaliyotda qo‘llash sirlarini o‘rgatish borasida mutassadilar quyidagi ishlarni
bajarmoqlari shart. Bular quyidagilar:
internet tarmog‘idan maktabda va uyda foydalanish qoidalari ro‘yhatini tuzish va unga rioya
qilishni talab etish;
internet tarmog‘iga ulanadigan kompyuterning umumiy xonada bo‘lishini ta’minlash;
yoshlar bilan ularning internetdagi do‘stlari haqida suhbat qilish, ular kim ekanligi haqida
doimiy ma’lumotga ega bo‘lish;
kerak bo‘lmagan kontentga blok qo‘ying;
yoshlarni elektron pochtada shaxsiy, ya’ni xususiy ma’lumotlarni kiritmaslikka, noma’lum
xatlarga javob yozmaslikka o‘rgatish;
internetdan kelishi mumkin bo‘lgan dag‘dag‘a yoki ko‘rqitish haqida ma’lumot berib borishga
o‘rgatish;
foydalanadigan saytlar haqida ma’lumotga ega bo‘lish;
tarmoqlarda bezorilik qilmaslik yoki boshqa insonlarni qo‘rqitish uchun ishlatmaslik lozim
ekanligini tushuntirib borish kabilardan iborat.
Axborot xavfsizligini ta’minlash uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish zarur:
1. Axborot
xavfsizligiga
taalluqli
pedagogik
shartlarini
muvaffaqiyatli amalga oshirish, ya’ni kompyuter xonalarida xavfsizlik hududini tashkil
etish; kompyuter xonalarining ishlash tartibini tasdiqlash; Internet bilan ishlashda
o‘quvchilarga axborot xavfsizligi va uni amalga oshirish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar
ko‘rsatish.
2. Fuqarolarga axborot xavfsizligi hamda tahdidlar haqida tushuntirish ishlarini olib borish
va uni bartaraf etishni ta’minlash uchun ta’lim-tarbiya jarayonini axborot madaniyati,
etika, insonparvarlik g‘oyalariga yo‘naltirish.
3. Internet axborot resurslaridan olinayotgan ta’limga taalluqli ma’lumotlarni filtrlar orqali
olish, Internetga qo‘shilgan kompyuterlarda filtr dasturlari o‘rnatilgan bo‘lishi shart. Ana
shu ishlar bajarilsa, mamlakatimizda axborot xavfsizligi ta’minlanadi.
Xulosa kilib aytganda, I.A.Karimov ta’kidlaganidek: "Xavfsiz dunyo—umuman, butun
insoniyat uchun ham, huquqlari uchun kurashda oz-muncha nayzasi sinmagan har bir inson uchun
ham oliy maqsaddir "
Dostları ilə paylaş: