O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


Axborotlashgan jamiyat tushunchasi va uning mazmun-mohiyati



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/223
tarix02.01.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#46809
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   223
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

Axborotlashgan jamiyat tushunchasi va uning mazmun-mohiyati. XX asrning oxiri - 
XXI  asrning  boshlarida  dunyo  xalqlarining  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy  hayotda,  shuningdek, 
tabiatda  yuz  berayotgan  global  o‘zgarishlar  bugungi  jamiyatni  "Axborotlashgan  jamiyat"  deb 
atashga  asos  bo‘lmokda.  Xo‘sh  axborotlashgan  jamiyat  nima?  Bu  savolga  o‘zbek  tilida  nashr 
etilgan  adabiyotlarda:  "Axborotlashgan  jamiyat  -  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish,  eng  avvalo, 
axborotni ishlab chikarish, unga "ishlov berish", saklash va jamiyat a’zolariga yetkazish bilan 
bog‘liq  bo‘ladigan  jamiyat"
40
,  "axborotlashgan  jamiyat,  ijtimoiy-iqtisodiy  yo‘nalishda  mehnat 
qiluvchilarning,  fan  va  madaniyat  vakillarining  axborot,  ayniqsa,  uning  oliy  shakli  bo‘lmish, 
dunyoviy  bilimlar  majmuini  shakllantirish,  yaratish,  saklash,  qayta  ishlash  va  xalqaro  bozorda 
sotishni  amalga  oshirish  bilan  mashg‘ul  bo‘lgan  jamiyatdir",  "Axborotlashgan  jamiyat  - 
ko‘pchillik  ishlovchilarning  axborot,  ayniqsa,  uning  oliy  shakli  bo‘lmish  bilimlarni  ishlab 
chiqarish, saklash, kayta ishlash va sotish-ni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan jamiyatdir"
41

- degan ta’rif-lar berilgan. 
Axborotlashgan jamiyatni ijtimoiy fenomen tarzda tushuntirib berish masalalari D.Bell, 
A.Toffler,  M.  Kastels,  U.Rostou,  P.Draker,  J.Gelbreyt,  F.Uebster,  I.Masuda  kabi  olimlarning 
asarlarida mufassal bayon kilingan. 
«Axborolashgan jamiyat» atamasi dastlab Yaponiyada vujudga kelgan. Yapon faylasuf 
olimi Y.Xayashi 1969 yilda Yaponiya hukumatiga "Yaponiya axborotlashgan jamiyat bardamligi 
siyosatiga  chizgilar",  1971  yili  "Axborotlashgan  jamiyat  rejasi"  kabi  tadqiqotlarni  takdim  etdi. 
1971  yildan  boshlab  mazkur  tushuncha  ilmiy  jamoatchilik  tomonidan  keng  ko‘llanila  boshladi. 
Demak,  axborotlashgan  jamiyat  tushunchasini  birinchi  bo‘lib  fanga  Tokio  texnologik 
universitetining  professori  Y.Xayashi  kiritgan.  Uning  fikricha,  moddiy  mahsulot  emas, 
axborotlashuv mahsuloti jamiyatning shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi kuchiga aylanadi. 
Jamiyatni  axborotlashtirish  jarayoni  bir-biri  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  uch  qismdan  tarkib 
topadi: mediatizatsiya (lot.mediatus - vositachi) - axborot to‘plash, saqlash va tarqatish vositalarini 
                                                 
39
 Nazarov Q. Falsafa asoslari. -T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2012. -B.676-677. 
40
 Falsafa: ensiklopedik lug‘at. -T.: "O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2008. B.32. 
41
 S.G‘ulomov, S.SHermuhammedov, B. Begalov. Axborotlashgan jamiyatning mujassamlanishi. "O‘zbekiston iqtisodiy 
axborotnomasi", 1999., yanvar-fevral. -B.7. 


takomillashtirish jarayoni; kompyuterlashtirish - axborot izlash va unga ishlov berish vositalarini 
takomillashtirish  jarayoni;  intellektualizatsiya  -  axborot  yaratish  va  uni  idrok  etish  qobiliyatini 
rivojlantirish,  ya’ni  jamiyatning  intellektual  salohiyatini  oshirish,  shu  jumladan,  sun’iy 
intellektdan  foydalanish  jarayoni.  Umuman  olganda,  jamiyatni  axborotlashtirishni  zamonaviy 
axborot-texnika vositalari yordamida ijtimoiy tuzilma va jarayonlarni takomillashtirish deb talqin 
qilish lozim. Axborotlashtirish ijtimoiy intellektualizatsiya jarayonlari bilan uyg‘un holda bo‘lishi 
kerak. Zotan, bu shaxs va u yashayotgan axborot muhitining ijodiy salohiyatini oshirish imkonini 
beradi
42

Axborotlashgan jamiyat oldingi jamiyatlardan moddiy omillar bilan emas, balki ma’naviy 
omillar - bilim va axborot birinchi o‘rinda turishi bilan tubdan farq qiladi. Axborot va bilim olish, 
ularga ishlov berish hamda ularni saqlash va yetkazish jarayonida jamiyat a’zolarining aksariyati 
band  bo‘ladi.  Axborotlashgan  jamiyatda  axborot  tayyorlash  moddiy  ishlab  chiqarishni  siqib 
chiqarmaydi, balki uning negizida shakllanib, bu soha rivojiga turtki bo‘ladi
43

2006  yilning  BMT  Bosh  Assambleyasi  Butun  jahon  axborot  jamiyati  yili  deb  e’lon 
qilinishi ham hozirgi kunda jamiyat axborotlashuvining ahamiyati ortib borayotganligidan dalolat 
beradi.  Hozirgi  davrda  dunyodagi  barcha  davlatlarning  axborotlashgan  jamiyat  tomon  intilishi 
kuzatilmokda. 
Globallashuv  tufayli  odamlar  bir  lahzada  o‘zini  qiziktiradigan  axborotni  darhol  olish, 
unta egalik qilish imkoniyatiga ega. Ushbu jarayon mazmuni to‘g‘risida I.A.Karimov: "Bugungi 
kunda  zamonaviy  axborot  maydonidagi  harakatlar  shu  qadar  tig‘iz,  shu  qadar  tezkorki,  endi 
ilgaridek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo‘q, deb beparvo karab 
bo‘lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib 
ketishi hech gap emas"
44
, - degan edi. 
Xulosa tarzida shuni aytish mumkinki, axborot arabcha "xabar" so‘zidan olingan bo‘lib, 
"darak", "ma’lumot", "ovoza", degan ma’nolarni anglatadi
45
. Shu tariqa bugungi kunda axborot 
deganda biror kimsa, narsa  yoki  hodisa haqida darak, ma’lumot berish, bildirish,  uni  muayyan 
vositalar orqali yetkazish yoki ovoza qilish tushuniladi. 
AKTni  rivojlantirish  va  uning  natijalaridan  mamlakat  hayotining  barcha  sohalarida 
unumli  foydalanish  uchun  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  30  iyun  kuni 
«Respublikada  axborot  texnologiyalari  sohasini  rivojlantirish  uchun  shart-sharoitlarni  tubdan 
yaxshilash  chora-tadbirlari  to‘g‘risida»  Farmoni  e’lon  kilindi.  Bundan  ko‘zlangan  maqsad  - 
mamlakatimizda  AKT  uchun  xalqaro  standartlarga  muvofiq  dasturiy  mahsulotlar  ishlab 
chiqarishni rivojlantirish, mahalliy ishlab chikaruvchilar tomonidan sifatli va raqobatdosh dasturiy 
mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishni rag‘batlantirishni kuchaytirish, AKT mahsulotlapri 
eksportini kengaytirish, maxalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirishni tashkil 
etishdan iboratdir. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   223




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin