- iqtisodiy faoliyat uchun mamlakatning jo‘g‘rofiy joylashishi omili ahamiyatining
o‘zgarib borish jarayoni"
39
, - degan ta’riflar keltirilgan.
Ularning barchasini umumlashtiradigan bo‘lsak, globallashuv falsafiy ma’noda - bu
jahondagi mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huqukiy, ma’naviy-madaniy sohada o‘zaro
yakinlashuvi, yangicha sifatiy birlashuvi natijasida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarning tez
sur’atlar bilan bir mamlakat doirasidan chiqib, umumplanetar miqyosga ega bo‘lishidir.
Globallashuv jarayonlarining manbai deb, ularning kelib chiqishi, shakllanishi va
rivojlanishi uchun asos bo‘ladigan omillarga aytiladi.
Bunday asos-omillar jumlasiga: birinchidan, axborot kommunikatsiya texnologiyalari
sohasida yuz berayotgan tub sifatiy o‘zgarishlar; ikkinchidan, davlatlarning investitsiya sohasida
olib borayotgan yangicha siyosati; uchinchidan, innovatsion ta’limning qamrovlilik darajasining
o‘sib borishi; to‘rtinchidan, jahonda dunyoviy tartibning o‘zgarishi natijasida mavjud borliqqa
nisbatan yangicha dunyoqarashning vujudga kelishi va shu kabilar kiradi.
Globallashuvning umume’tirof etilgan kuyidagi asosiy belgilari mavjud: a)xalqaro
savdoning kengayishi va erkinlashishi; b) xalqaro kapital aylanmasi va uning yo‘lidagi
to‘siqlarning bartaraf etilishi; v) elektron kommunikatsiya inqilobi natijasida moliyaviy
munosabatlarda sodir bo‘lgan chuqur o‘zgarishlar; g)transmilliy korporatsiyalar faoliyatining
kengayishi, xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlarning tashkil topishi va boshqalar.
Jahon miqyosidagi bunday umumiy taraqqiyot: birinchidan, odamlar dunyoqarashi
o‘zgarishi, kommunikatsiyalar yuksalishi, xalqaro munosabatlar rivoji odamzot hayotiga ta’sirni
kuchaytiradi; ikkinchidan, davlatlar va xalqlar o‘rtasida birlashishga intilishni kuchaytirsada, ayni
vaqtda milliy xususiyatlar, an’analar va ma’naviy merosni saqlab qolish orqali mustaqil siyosiy
tamoyillarni ishlab chiqish zarurligini ham ko‘rsatib berdi.
Dostları ilə paylaş: