O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)
almashtirib bo‘lmaslik prinsipidir. Mazkur hujjat mazmuniga ko‘ra, sudya pensiyaga chiqqunga
qadar vakolat muddati kafolotlangan bo‘lishi nazarda tutilgan. Sudyani lavozimiga doimiy
tayinlash, faqat u intizomiy yoki jinoiy javobgarlikka tortilganda yoxud o‘z sudyalik vazifalarini
bajara olmay qolganda tugatilishi mumkin. Muddatidan oldin pensiyaga chiqish faqat sudyaning
iltimosiga yoki tibbiy asoslarga ko‘ra yo‘l qo‘yilishi belgilandi.
Oliy sudning sudyalari uchun sudyalik lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi 70 yoshni,
boshqa sudlarning sudyalari uchun 65 yoshni tashkil etadi.
Ushbu kiritilgan normalar sudyalar mustaqilligini kafolotlash, mamlakatimizda
professional sudyalar korpusini shakllantirish, sud tizimini yetuk va malakali, odil sudlov sohasida
katta tajribaga ega bo‘lgan, qo‘li va dili toza sudyalar bilan to‘ldirishga imkon beradi. Shu bilan
bir qatorda, sud hokimiyatining boshqa hokimiyat organlari ta’siridan xalos bo‘lishiga xizmat
qiladi.
Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi
sudyalar oliy kengashining roli ham katta ahamiyatga ega bo‘lishi nazarda tutilmoqda. Oliy sudlov
standartlariga doir o‘z tavsiyalari bilan mashhur Venetsiya komissiyasi sudyalarni tayinlaydigan
organ ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi hokimiyatdan mustaqil bo‘lishi zarurligini e’tirof etadi.
Shu maqsadda, hokimiyatlar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash, siyosiy qarashlardan xoli va
boshqa tashqi ta’sirlardan himoyalangan organ sifatida Sudyalar Oliy Kengashi shakllantirildi.
Kengash jami yigirma bir nafar kishidan iborat tarkibda:
sudyalar;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar;
fuqarolik jamiyati institutlari vakillari;
huquq sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar orasidan shakllantirilishi lozimligi
mustahkamlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti uchchala davlat hokimiyati organlariga nisbatan
masofa saqlagani bois (O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 89-moddasi) Kengash
tarkibini shakllantirishda muayyan vakolatlarga ega. Qonunchilikka ko‘ra Kengash raisi Prezident
tavsiyasi va Senat tasdig‘i asosida shakllantirilishi belgilandi.
Navbatdagi o‘zgartirish va qo‘shimchalardan biri sud hokimiyatining ikki oliy organi –
Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudining sud tizimini boshqarishdagi vazifalarini takrorlanishiga barham
beruvchi normadir. Uning mazmuniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik
sudi birlashtirilib, fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy ish yurituvi sohasida sud
hokimiyatining yagona organi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudini tashkil qilish
mustahkamlandi. Mazkur norma ikki sud o‘rtasidagi huquqiy ishlarning taalluqliligi borasidagi
tortishuv va ziddiyatlarga chek qo‘yadi. Tegishli qonun hujjatlarini amaliyotda qo‘llash yuzasidan