O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)
Tendensiya - nemischa Tendens ; lotincha tendere - yo‘nalmoq, intilmoq so‘zlaridan olingan
bo‘lib, taraqqiyot yo‘nalishiidir.
Tahdid - arabcha "do‘q qilish, qo‘rqitish", degan so‘zdan olingan bo‘lib, kundalik hayotda
"birovni qo‘rqitish, unga do‘q, po‘pisa qilish hamda biror falokatning, qo‘rqinchli voqeaning sodir
bo‘lish xavfi", degan ma’nolarni anglatish uchun ishlatiladi. Falsafiy ma’noda Inson, jamiyat va
davlat hayoti hamda faoliyatiga nisbatan muayyan davr mobaynida aniq maqsadga yo‘naltirilgan
mahalliy, hududiy, mintaqaviy va umumsayyoraviy salbiy omillarning tajovuzi tufayli aniq makon
va zamonda vujudga keladigan havf-xatar shakli, muayyan barqaror siyosiy-ijtimoiy va tarixiy
vaziyatni ifodalovchi tushunchadir
Terorizm (lot. terror — qo‘rquv, dahshat) — yuksak ma’naviy tamoyillarga zid ravishda yovuz
maqsadlar yo‘lida kuch ishlatib, odamlarni garovga olish, o‘ldirish, ijtimoiy obyektlarni portlatish,
xalqni qo‘rquv va vahimaga solishga asoslangan zo‘ravonlik usulini anglatuvchi tushunchadir.
Ekstremizm (lot. yextremus — ashaddiy) — siyosatda ashaddiy qarash va choralarga moyillik.
Ekstremizmni vujudga keltiradigan omillar ko‘p va xilma-xil. Ular orasida bir tuzumdan ikkinchi
tuzumga o‘tish davrida yuz beradigan ijtimoiy tuzilmalarning buzilishi, aholi katta guruhlarining
qashshoqlashuvi, iqtisodiy va ijtimoiy tanglik kabi omillarni ko‘rsatish mumkin.